Abstract:
This article presents the prospects of the ferrous metallurgy industry, the causes
of steel forging viscosity, corrosion resistance, cold resistance and crack resistance, the mechanical
properties of
110Г13Л
steel, the important aspects of the melting process of high manganese
corrosion resistant
110Г13Л
steel, and the method for improving the casting technology.
Kalit so‘zlar:
metallurgiya kombinati, metall konstruksiya, konchilik, neft va gaz tarmoqlari,
mashinasozlik, transport, qishloq xo‘jaligi, yuqori marganetsli, shixta, po‘lat chiqindilar, marganets
kuyindis, shlak, transkristallanis, suspenziya.
Keywords:
metallurgical plant, metal structure, mining, oil and gas industries, machine
building, transport, agriculture, high manganese, slag, steel waste, manganese soot, slag,
transcrystallization, suspension.
So‘nggi besh yildagi islohotlar natijasida 200 ta met
allurgiya korxonalari tashkil etildi.
Ularda 25 mingdan ziyod aholi mehnat qilmoqda. O‘tgan yilning o‘zida sohada 16 trillion so‘mlik
tovarlar tayyorlangan. Temir va temir mahsulotlari ishlab chiqarish 1,8 barobar o‘sib, 2 million
tonnadan ko‘paygan.
Shu b
ilan birga, yurtimizda bunyodkorlik ishlari, sanoat loyihalari hali ko‘p. Bugungi kunda
barcha sohalarda yiliga 4 million tonna qora metall ishlatilmoqda. Xususan, metallga ketadigan
xarajatlar ulushi uy-joy qurilishi tannarxida 15 foizni, mashinasozlikda 40 foizni tashkil qilmoqda.
O‘zbekiston metallurgiya kombinatida 2022
-yil 12-avgust kuni ushbu sohani rivojlantirish
masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev metallurgiya
sanoatimizni jadal rivojlantirish orqali
maqsadga erishish mumkinligini ta’kidladi. Bu boradagi
to‘rtta asosiy vazifa ko‘rsatib o‘tildi.
Birinchisi -
metall ishlab chiqaruvchi korxonalarni xomashyo bilan kafolatli ta’minlash.
Ikkinchisi - barcha hududlarda metall ishlab chiqaruvchi
korxonalar tashkil bo‘lishini qo‘llab
-
quvvatlash. Uchinchisi -
yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan sanoat tarmoqlari uchun zamonaviy
|