RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING YANGI O‘ZBEKISTON RIVOJIGA TA’SIRI Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi Qo‘shilmalar bilan ifloslangan eritishlar soni 6 /12
Shunisi ahamiyatliki, umumiy holatda oksidlashli eritishlarda nisbatan ko‘proq metallning
zarralar chegaralari bo‘ylab joylashgan va bu bilan quymalarning me
xanik va ekspluatatsion
xossalarining butun kompleksiga salbiy ta’sir etuvchi oson eriydigan temir marganetsli
qo‘shilmalar bilan ifloslanishi ko‘proq kuzatiladi. Qayta eritish bilan olingan po‘lat nometall
qo‘shilmalar bilan kam darajada ifloslangan va “yangi” shixtada eritiladigan po‘latga nisbatan
kisloroddan yaxshiroq tozalangan. Buni shunday izohlash mumkinki, eritishni qayta eritish usuli
bilan o‘tkazishda metall uzoq vaqt tiklovchi shlak ostida bo‘ladi, buning natijasida nometall
qo‘shilmalar suyuq po‘latdan to‘liq darajada chiqarib yuboriladi va u to‘liq kisloroddan tozalangan
bo‘ladi.
110
Г
13
Л
p
o‘latning mexanik va ekspluatatsion xossalari eritish usullariga kamroq bog‘liq
bo‘ladi, eng yaxshi texnik
-
iqtisodiy ko‘rsatkichlariga uning qayta eritish us
uli bilan eritishda
erishiladi. Ta’kidlash lozimki, metallning kimyoviy tarkibini tartibga solish bunda ma’lum
qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Masalaning muhimligida - eritma shlaklarida
Ʃ
(FeO + MnO) miqdori eritmaning
kisloroddan tozalanganligini k
o‘rsatadi va quymaning mexanik va ekspluatatsion xossalarga
bevosita ta’sir qiladi –
eritmaning kisloroddan tozalanish darajasini tezkor nazorat qilish bilvosita
usullar bilan hamda texnologik jarayon o‘lchamlariga rioya qilish bilan amalga oshiriladi.
Nazoratning ushbu variantlari unchalik ishonchli emas va bugungi kun talabiga javob
bermaydi. Kimyoviy tahlil o'tkazish yordamida shlakdagi
Ʃ
(FeO+MnO)ni aniqlash bilan eritmaning
kisloroddan tozalanganlik darajasini nazorat qilish varianti mavjud. Eritmaning kisloroddan
tozalanganlik darajasini nazorat qilishning ushbu varianti
Ʃ
(FeO+MnO)ni aniqlashning kimyoviy
usuli borligi bois, juda sermehnat va harajatli. Buning ustiga u operativ- ahlil 15-
20 daqiqa, ba’zan
undan ortiqroq cho‘ziladi. Bular barchasi
chiqarishdan oldingi shlaklarda
Ʃ
(FeO+MnO)
miqdorining va eritmani kisloroddan tozalashining beqaror bo‘lishi sabablidir, bu o‘z navbatida,
po‘latning sifat ko‘rsatkichlarida va eritishning texnik
-
iqtisodiy o‘lchamlarida namoyon bo‘ladi
-
tiklash davri davomiyligi, elektroenergiya sarfi, qoplama yeyilishi oshadi, eritish agregatlaridan va
barcha texnologik jihozlardan foydalanish samaradorligi pasayadi. Eritma ortiqcha qizib ketishi
haroratining po‘lat xossalariga ta’siri ortiqcha qizish harorati oshi
shi bilan mustahkamlikning
ozroq pasayishida zarbiy qovushqoqlik oshib boradi. Mexanik xossalarning o‘zgarishi eritmaning
fizikaviy holati o‘zgarishi bilan bog‘liqdir.
Quymalar sifati shakllar bo‘yicha po‘latni quyish haroratiga oxirgi galda bog‘liq bo‘lm
agan.
Po‘latni quyishning yuqori harorati transkristallanish, zarra yuqori balining sababi sanaladi, bu o‘z
navbatida, po‘lat zarbiy qovushqoqligining, yeyilishga chidamliligining, sovuqqa bardosh
berishining va darzlilikka chidamliligining yomonlashishiga
sabab bo‘ladi. Po‘latni quyishning
yuqori harorati transkristallanish, zarra yuqori ballining sababi sanaladi, bu o‘z navbatida, po‘lat
zarbiy qovushqoqligining, yeyilishga chidamliligining, sovuqqa bardosh berishining va darzlilikka
chidamliligining yomo
nlashishiga sabab bo‘ladi.