RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING YANGI O‘ZBEKISTON RIVOJIGA TA’SIRI Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi Mamlakatimizda yoshlarning kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini oshirish, aholining
kitobxonlik koʻnikmasini yuksaltirish, milliy adab
iyotimiz va jahon adabiyotining eng yaxshi
namunalarini internet tarmoqlariga joylashtirish va keng targʻib qilish ishlariga alohida eʼtibor
qaratilmoqda. Ayniqsa, kelajak avlod uchun, bolalar adabiyotini rivojlantirish, oʻquv adabiyotlari va
darsliklarnin
g saviyasini koʻtarish uchun zarur boʻlgan barcha maʼnaviy, huquqiy va moddiy asoslar
yaratildi. Yurtimizda bolalarga sifatli kitoblar yetkazib berish borasida ham bir qancha yangi
loyihalar amalga oshirilmoqda. Natijada bolalar koʻngliga tez va oson kirib
boradigan kitoblar kun
sayin koʻpaymoqda. Ma’lumki, aholining intellektual va ma’naviy
-estetik ehtiyojini qondirish,
xususan, yoshlarni mustaqil fikrlaydigan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam
vatanparvar va ma’nan barkamol insonlar qilib tarbiyalashda kitobning o‘rni beqiyosdir.Kitob
haqida bizning buyuk bobolarimizning ham bizga qoldirib ketgan fikrlari bordir.Masalan: «Kitob -
beminnat ustoz. Har daqiqa u bizni donishmandlarning bilim xazinasi bilan oshno eta oladi», deb
yozadi buyuk shoir va
mutafakkir Mir Alisher Navoiy. Bugungi axborot asrining ilg’or
texnologiyalarisiz kunlarimizni tasavvur qilolmamasak-da, tengdoshlarimiz orasida kitobga oshno
bo’lgan yoshlarning borligi quvonarli holdir. Ko’cha ko’yda, transportlarda qo’llarida kitob tu
tgan
insonlarni ko’rib quvonamiz.Afsuski, ba’zan yoshlar orasida qimmatli vaqtini behuda ishlarga,
xususan, haddan tashqari ko’p kompyuter va qo’l telefoni o’yinlarini o’ynash, mazmunsiz filmlarni
ko’rishga sarflashlari to’g’ri emas. Buning o’rniga, o’qishdan tashqari o’tadigan vaqtini samarali
ishlar uchun rejalashtirishi maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, kunning ma’lum qismlarini foydali kitob
mutolaasi uchun ajratish muhim ahamiyatga ega. Chunki, “yoshlikda olingan ilm toshga o’yilgan
naqsh” yanglig’ o’qigan
kitobi yillar o’tsa
-da hayotda albatta asqotadi.
Kitobdan shunchaki ermak yoki bo‘lmasa zerikishda qo‘l keladigan bir vosita sifatida
foydalanish xatodir. Kitob tafakkur va qalb ehtiyojini qondiruvchi omil sifatida inson ruhini
tarbiyalaydi, uning shaxsi shakllanishida asosiy turtki beruvchidir . Kitob mutolaa qilish jarayonida
undagi ma’lumotlarni kishi nafaqat ongi va ko’zi, shuningdek ko‘nglini ham birdek uyg‘oq holda
tutishi bilan xotirasida saqlab qolishi mumkin . Kitob o‘qishdan maqsad bu –
uning mazmunini
anglab yetish , unga singdirilgan ma’no
-
mazmunni qalban tuyish va bu orqali ma’nan ozuqaga ega
bo‘lishdir . Kitob mutoalasi insonda ma’naviy bo‘shliq paydo bo‘lishiga zinhor va zinhor yo‘l
qo‘ymaydi , shunday ekan kitobni mutolaa qiluvchi har qanday inson yuksak ma’naviyatli shaxs
bo‘lib yetishishi mumkin .
Xulosa. Shunday ekan, aziz yoshlar kitob o'qing Zero, kitob insonning hayot yo‘lida yo‘ldoshi
bo‘lsa, hayot so‘qmoqlaridan ravon va mamnuniyat bilan o‘tadi.
“Kitob —
bilim manbai”, deymiz. Bu isb
ot talab qilmas haqiqat. Zero, inson bilimni asosan
kitob orqali oladi, uning tarbiyasi ham kitob yordamida shakllanadi. Yoshlarimiz badiiy
adabiyotlarni oʻqiganda, ularning dunyoqarashi kengayadi, hayotga munosabati oʻzgaradi.