Mamlakat bank tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati
Bugungi kunda har bir kunimiz mamlakatimiz iqtisodining rivojlanishida muhim omil bo‘luvchi yangiliklarga boy bo‘lmoqda, jumladan, jahon bank-moliya tizimining jadal sur’atlarda rivojlanib borishi natijasida iqtisodiyotning muhim tarmog‘idan biri hisoblangan bank sohasida ham yangi zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) dan foydalanishga yanada ko‘proq ehtiyoj sezilmoqda. Darhaqiqat, tijorat banklari tomonidan axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda ko‘rsatilayotgan barcha xizmatlarning tezkorligi, sifati va shaffofligi bugungi kun talabidir. Endilikda an’anaviy bank xizmatlari o‘rnini to‘la egallayotgan 10 zamonaviy masofaviy bank xizmatlarining turli ko‘rinishlari aynan shu tezlik, sifat va ishonchni ta’minlayotgani hech kimga sir emas. Zamonaviy bank xizmatlari mijozlarga yanada kengroq qulaylik yaratgan holda ularning imkoniyatlari oshirilishiga xizmat qiladi. Mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzada ta’kidlaganlaridek. Bugungi sharoitda, internet va elektronika davrida iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, “Elektron hukumat” tizimi faoliyatini yanada rivojlantirish ustuvor ahamiyatga egadir. Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, ayni paytda global iqtisodiyotda kompyuter va telekomunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqarish va ular asosida keng turdagi interfaol xizmatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining roli va ahamiyati tobora ortib bormoqda. Zero, keyingi yillarda O‘zbekiston bank tizimida izchil va aniq maqsadli islohotlar olib borilmoqda, chora-tadbirlar, bank-moliya xizmatlarini ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilashga doir bir qator qarorlar qabul qilindi. Jumladan, ushbu nizom talablari respublikamizda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Kliring tizimi orqali milliy valyutada naqd pulsiz chakana to‘lovlarni amalga oshirishga nisbatan tatbiq etiladi. Kliring tizimini yaratishdan maqsad unga tijorat banklari filiallari, kassalari va O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi qoshidagi Yagona umumrespublika Protsessing markazini ulagan holda, jismoniy shaxslarga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni, shuningdek, kommunal xizmatlar va mobil aloqa operatorlari uchun to‘lovlarni real vaqt rejimida amalga oshirish imkoniyatini yaratishdan iborat. Bundan tashqari, mazkur tizim mijozlarga kechayu-kunduz bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish va bank infokiosklari orqali ishlash imkoniyatini beradi.
Xulosa.
Bankdan tashqari yangi kompyuter texnologiyalarini joriy qilish uchun yanada qulay zaminni tasavvur qilish qiyin. Aslida, bankning ish jarayonida yuzaga keladigan deyarli barcha vazifalar osonlikcha avtomatlashtirilishi mumkin. Muhim ma'lumot oqimlarini tez va uzluksiz qayta ishlash har qanday yirik moliyaviy tashkilotning asosiy vazifalaridan biridir. Shunga ko'ra, kompyuter tarmog'iga ega bo'lish zarurligi aniq, bu esa tobora ko'payib borayotgan axborot oqimlarini qayta ishlashga imkon beradi. Bundan tashqari, eng zamonaviy texnologiyalardan foydalanish uchun etarli moliyaviy resurslarga ega banklardir. Biroq, o'rtacha bank kompyuterlashtirishga katta miqdordagi mablag'ni sarflashga tayyor deb o'ylamaslik kerak. Bank birinchi navbatda foyda olish uchun mo'ljallangan moliyaviy institutdir, shuning uchun modernizatsiya xarajatlari uni amalga oshirishdan kutilgan foyda bilan taqqoslanishi kerak Kompyuterlashtirilgan bank tizimlarini rivojlantirishga bo'lgan qiziqish bir lahzali foyda olish istagi bilan emas, balki asosan strategik manfaatlar bilan belgilanadi. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, bunday loyihalarga investitsiyalar faqat 35 xodimlarni o'qitish va tizimni muayyan sharoitlarga moslashtirish uchun zarur bo'lgan vaqtdan so'ng foyda keltira boshlaydi. Dasturiy ta'minot, kompyuter va telekommunikatsiya uskunalariga sarmoya kiritib, yangi hisoblash platformalariga o'tish uchun zamin yaratib, banklar, birinchi navbatda, xarajatlarni kamaytirishga va odatdagi ishlarini tezlashtirishga va raqobatda g'olib bo'lishga intilishadi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
“Bank tizimi avtomatlashtirilgan axborot tizimlari” Afzalov Zokir Shokirovich, Kenjaboev Omon, "IQTISOD-MOLIYA", 2006 -yil.
“Axborot tizimlari” Alimov, R. Xayitmatov O’. T. 2013-yil.
“ Axborot tizimlari” To’rayeva G. Fayziyeva D. “Kamolot” 2023-y
Dostları ilə paylaş: |