Raqobatbardoshlik va uni namoyon bolish shakllari Raqobatbardoshlik tushunchasining iqtisodiy mazmuni va o’ziga xos xususiyatlari?



Yüklə 16,47 Kb.
səhifə1/2
tarix04.10.2023
ölçüsü16,47 Kb.
#152133
  1   2
Raqobatbardoshlik va uni namoyon bolish shakllari


Raqobatbardoshlik va uni namoyon bolish shakllari
1. Raqobatbardoshlik tushunchasining iqtisodiy mazmuni va o’ziga xos xususiyatlari?
Javob:
Raqobatbardoshlik tushunchasi XX asrning oxiri va XXI asrning boshlarida xorijiy davlatlarda mintaqaviy siyosatni belgilab beruvchi asosiy tamoyilga aylanmoqda. Iqtisodchi olimlar tomonidan mintaqaviy raqobatbardoshlikka bag’ishlangan bir qator monografiyalar, maqolalar chop etilmoqda va maxsus ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda.
Mintaqalar raqobatbardoshligi nazariyasi endigina shakllanayotganligi sababli uning mazmuni, tushunchasi bo’yicha olimlar o’rtasida turli qarashlar va ta’riflar mavjud. Fikrimizcha mintaqa raqobatbardoshligi - uning raqobatbardoshlik afzalliklaridan samarali foydalangan holda raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish va xizmat kursatishni tashqil etish asosida aholi turmush darajasini oshirishdan iborat. Mintaqalar o’rtasidagi raqobatbardoshlik jarayoni mamlakatlar, tarmoqlar va korxonalar o’rtasidagi aniq bir ko’rinishga ega bo’lmaydi. Ushbu jarayon yetarlicha o’zoq va murakkab bo’lib, mintaqalarning raqobatbardoshligi, birinchi navbatda investitsiyalarni jalb qilgan holda har bir hududning raqobat afzalliklaridan samarali foydalanishga qaratilgandir. Mintaqaviy raqobatbardoshlikni oshirish ularning o’zoq muddatli rivojlantirish strategiyasining asosini tashqil qiladi.
Xalqaro tajriba va olib borilgan tadqiqotlarning kursatishicha mintaqaning raqobatbardoshligi ko’p jihatdan uning tabiiy-iqtisodiy salohiyatining mavjudligi va darajasi bilan aniqlanadi. Salohiyatni baholashga asoslangan yondashuv mintaqaning raqobat afzalliklarini aniq kursatib beradi. Bunda mintaqaning raqobatbardoshligini shakllantiruvchi asosiy salohiyat turlarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Mintaqa raqobatbardoshlik darajasiga ta’sir kursatuvchi asosiy salohiyatlar quyidagilar hisoblanadi: tabiiy resurslar salohiyati, inson omili, moliyaviy, ekologik va institutsional o’zgarishlar.
Raqobatbardoshlik darajasini oshirishning dastlabki bosqichida transport-geografik joylashuv, agroiqlim sharoitlari, yer-suv, mineral-hom ashyo va mahalliy resurslarni o’zida jamlovchi tabiiy resurslar salohiyati asosiy o’rin egallaydi. Mintaqa raqobatbardoshligi ko’p jihatdan nisbiy afzalliklarga, birinchidan tabiiy boyliklarga, ikkinchidan mintaqani rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solishning samaradorligiga, uchinchidan innovatsion loyihalardan unumli foydalanishga bog’liqdir.

Yüklə 16,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin