Raqobatli strategiyalar



Yüklə 173,53 Kb.
səhifə10/14
tarix17.04.2022
ölçüsü173,53 Kb.
#55620
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Raqobatli strategiyalar

Differensiatsiya
Ikkinchi aosiy strategiya – bu firma tomonidan taqdim etilayotgan mahsulot yoki xizmatlar differensiatsiyasi strategiyasidir, ya’ni soha doirasida ushbu mahsulot yoki xizmat noyob deb qabul qilinishi mumkin bo‘lgan holat. Differensiatsiya turli hil shakllarda amalga oshirilishi mumkin: dizayn yoki brendning mavqeiga muvofiq (Fieldcrest – sochiq va choyshablar ishlab chiqarish sohasi, Mercedes - mashinasozlik), texnologiyaga muvofiq (Hyster - avto yuk tashish moslamalari ishlab chiqarish, Macintosh – stereo komponentlar sohasi), funksional imkoniyatlariga muvofiq (Jenn-Air – elektr plitalar ishlab chiqarish), iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishga muvofiq (Crown Cork and Seal – metal idishlar ishlab chiqarish), dilerlik tarmog‘iga muvofiq (Caterpillar Tractor – qurilish texnikasi) va boshqa parametrlar.

Ideal ravishda firma o‘z faoliyatini bir nechta yo‘nalishlar bo‘yicha differensiatsiyalashi (ajratishi) mumkin. Masalan, Caterpillar Tractor kompaniyasi nafaqat o‘zining dilerlik tarmoqlari va ehtiyot qismlar ta’minoti bilan, balki mahsulotining sifati va ishonchliligi bilan ham nom qozongan. Bu jihat og‘ir qurilish va metallurgiya sanoati mashina va uskunalari ishlab chiqarilishi qimmatga tushadigan soha uchun juda muhim sanaladi. Ta’kidlash kerakki, differensiatsiya strategiyasi sarf-harajatlarni e’tibordan qochirish degani emas, biroq ushbu holatda sarf-harajatlarga asosiy strategik maqsad sifatida qaralmaydi.

Differensiatsiya raqobat o‘yinlaridan himoya qiladi, chunki u brendga nisbatan iste’molchilarda sodiqlik tuyg‘usini uyg‘otadi va uning mahsulot narxiga nisbatan ta’sirini pasaytiradi. U o‘z navbatida sof daromadning o‘sishiga olib keladi, shu bilan birga sarf-harajatlarga oid muammolar keskinlashuvini pasaytiradi.

Natijada differensiatsiyani amalga oshirib, iste’molchilar ishonchini qozongan korxona, raqiblariga qaraganda substitutlarga nisbatan mustahkam o‘ringa ega bo‘ladi.

Differensiatsiyani amalga oshirish ba’zi bir hollarda bozorda yuqori o‘rinni egallashda to‘sqinliklarga uchrashi mumkin, chunki differensiatsiya tushunchasi ko‘pincha mahsulotning ekslyuzivligini taqozo etadi, bu holat bozorda yuqori ulushga ega bo‘lish imkonini susaytiradi. Biroq, differensiatsiya kam sarf-harajatlilikning muqobil pozitsiyasini taqdim etadi, zero bunday vaziyatga erishish o‘z navbatida zaruriy harajatlarni talab etadi. Bunday chora-tadbirlarga misol tariqasida katta hajmdagi tadqiqot yoki konstruktorlik ishlarni, yuqori sifatli mahsulotni ishlab chiqarish yoki mijozlar bilan intensiv ravishda ishlash jarayonlarini ko‘rsatishimiz mumkin.

Hatto soha mahsulotlari iste’molchilari biron bir firmaning afzalliklarini tan olsalarda, ularning hammasi ham ushbu mahsulotlarni sotib olishga qodir bo‘lmaydilar (baland narx-navo bo‘lishi bozor talabi bo‘lgan taqdirda ham, misol uchun Caterpillar firmasi mahsulotlari). Boshqa javhalarda esa, differensiatsiya sarf-harajatlarning past darajasi bilan birmuncha mos kelishi mumkin va mahsulot narxlarini belgilashga to‘sqinlik qilmaydi.

Ushbu turdagi strategiya turli segmentlarga nisbatan ommaviy tovarlar ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatishda qo‘l keladi.



Yüklə 173,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:

1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin