Raqobatli strategiyalar



Yüklə 173,53 Kb.
səhifə6/14
tarix17.04.2022
ölçüsü173,53 Kb.
#55620
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Raqobatli strategiyalar

Bir vaqtli harajatlar - bu mahsulotni sotib olish (mahsulot narxi); soliq yig‘imlari; transportlash, yig‘ish, o‘rnatish, sinab ishga tushirish harajatlari (agar ular mahsulot narxiga kiritilmagan bo‘lsa).

Joriy harajatlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning mehnatiga haq to‘lash; yoqilg‘i va energiya harajatlari; asosiy va yordamchi materiallar; texnik va boshqa hujjatlarni olish va xodimlarni o‘qitish harajatlari.

Narxsiz omillar ancha murakkab va mexnatni ko‘proq talab qiladi. Ularni baholashdagi eng keng tarqalgan yondoshuv - foydali iste’mol samarasini aniqlash usuli. Har bir tovarning foydali samarasi sifat omilining kengaytirilgan tushunchasi bo‘lgan ko‘pgina sifat ko‘rsatkichlarining to‘plami bilan tasvirlanadi. Foydali samaraga ta’sir etuvchi hamma ko‘rsatkichlarning umumiy strukturasini 5 -rasmdagiday qilib tasvirlash mumkin. Foydali samara, raqobatbardoshlikning asosiy xususiyatlari sifatida ikki turga bo‘linadi: moddiy va nomoddiy omillar.



Moddiy omillar tovarning eng muhim funksiyalarini va ular bilan bog‘liq asosiy tavsiflarni tasvirlaydi. Shuning uchun ham ularni almashtirish faqatgina mahsulotning konstruktiv tamoyillari bilan belgilangan muayyan chegaralar doirasida amalga oshirilishi mumkin. Bu omillar guruhiga quyidagilar kiradi: ergonomik ko‘rsatkichlari; ekologik ko‘rsatkichlari; maqsadli ko‘rsatkichlari; ishonchlilik ko‘rsatkichlari.

Tovarning nomoddiy xususiyatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: estetik, malakaviy, obro‘-e’tiborli, innovatsion, axborotni himoyalash ko‘rsatkichlari.

Bozor xilma-xil tovarlar, jumladan, moddiy omillari jihatidan o‘xshash bo‘lgan tovarlar bilan to‘lgan bo‘lsa, tovarlarga o‘ziga xos jozibani beruvchi nomoddiy omillarning ahamiyati oshadi. Tovarning nomoddiy omillari to‘plamini aniqlash - uning raqobatbardoshligi tahlilining boshlang‘ich nuqtasidir. So‘ngra bu omillarni tasniflash va miqdoran o‘lchash kerak. Har biri muayyan ahamiyatga ega bo‘lgan moddiy omillar uchun buni amalga oshirish ancha oson. Ushbu ahamiyat u yoki bu birliklarda ifodalangan bo‘ladi (quvvati, o‘lchami, aniqligi va hokazo). Nomoddiy omillar bilan ishlash ancha murakkabroq. Ularni, odatda, tabiiy fizik o‘lchovga ega bo‘lmaganligi sababli, bevosita miqdoriy baholash qiyin va shuning uchun ham ular yagona uslubiy asos tanlanishini talab qiladi.

Tovarning raqobatbardoshligi ko‘p jihatdan korxonaning raqobatbardoshligini belgilaydi. Biroq ushbu ko‘rsatkichlar orasida ma’lum tafovutlar ham bor. Masalan, korxonaning raqobatbardoshligi raqib firmalardan farqlarini aks ettirib, ancha uzoq muddat davomida qo‘llanilishi mumkin. Tovarning raqobatbardoshligi ixtiyoriy, iqtisodiyot nuqtai nazaridan kichik vaqt oralig‘ida aniqlanadi.




Yüklə 173,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin