Tovarning raqobatbardoshligi deganda tovarning nisbiy va umumlashgan tavsifi tushuniladi. Ular ehtiyojlarni qondirish va ushbu qondirishga ketgan harajatlar darajasiga qarab uning raqobatchi tovardan ustunlik farqlarini ifodalaydi. Bu umumiy tushuncha quyidagi guruhlarga birlashtirilgan ko‘rsatkichlar tizimi orqali ochib berilishi mumkin:
texnik;
iqtisodiy;
ijtimoiy-tashkiliy.
Texnik ko‘rsatkichlar (asosan tovarning sifatini tavsiflaydi) eng qat’iydir, chunki ularga qarab tovarning mo‘ljallanganligi, mahsulotning muayyan turi (sinfi)ga tegishli ekanligi haqida fikr yuritish mumkin. Bu ko‘rsatkichlar, shuningdek, texnik-konstruktorlik qarorlarida aks ettiriladi. Bu yerga texnik ko‘rsatkichlarning o‘zgarish chegaralarini belgilaydigan andozalar, me’yorlar, qoidalar, qonuniy aktlar kiritiladi. Shuningdek, tovarning inson organizmi va uning psixikasiga qanchalik to‘g‘ri kelishi, aks ettiruvchi ergonomik ko‘rsatkichlar ham kiradi (ishlashning qulayligi, charchash tezligi, insonning mashina bilan mosligi darajasi).