Sarf-harajatlar borasida yetakchilikka erishish uchun iqtisodiy effektiv ko‘lamda ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish; tajriba to‘plash asosida sarf-harajatlarni kamaytirishga intilish, ishlab-chiqarish va qo‘shimcha harajatlarni qat’iy nazorat qilish, mijozlar bilan mayda operatsiyalar o‘tkazishdan tiyilish, tadqiqot, ilmiy ishlanmalar, xizmat ko‘rsatish, mahsulotni sotish tizimi reklama va shunga o‘xshash boshqa sohalarda chiqimlarni kamaytirish talab etiladi.

Buning hammasi menejment tomonidan sarf-harajatlar ustidan nazorat kuchaytirilishiga alohida ahamiyat qaratish kerakligini ko‘rsatadi. Raqiblarga nisbatan kamroq harajat qilish butun strategiyaning asosiy g‘oyasi bo‘lishi mumkin, ammo mahsulot sifati va xizmat ko‘rsatish saviyasini va boshqa sohalarni ham ko‘zdan qochirmaslik darkor.
Chiqim harajatlarini kamaytirishga erishish kuchli raqobat muhitida ham firmaga shubhasiz foyda olib keladi. Firmaning ana shunday darajaga
erishishi uni raqib firmalardan himoya qiladi, chunki raqib kompaniyalarga bunday darajaga yetishish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan sharoitda ham unga daromad olish uchun qulay imkoniyat yaratiladi.
Sarf-harajatlarni kamaytirishga erishgan firmalar yirik haridorlardan ham himoyalana oladi, chunki bunday haridorlar narxlarni faoliyati sustlashgan raqib firmalar narxlariga tenglashtirishga urinadilar. Shuningdek, kamchiqimlilik kiritilayotgan resurslarning narxini oshirishda firmaga qo‘l keladi hamda yirik yetkazib beruvchi tashkilotlardan ham himoya qiladi. Past darajadagi sarf-harajatlar pozitsiyasini ta’minlovchi faktorlar, shuningdek, masshtabga oid iqtisodiyot yoki sarf-harajatlarga oid ustunlikka bilan bog‘liq yuqori monelikni yuzaga keltirishi mumkin. Natijada, past darajadagi sarf-harajatlar pozitsiyasi firma uchun raqiblarga qaraganda substitutlarga nisbatan qulay shart-sharoitni yaratadi.

Shunday asnoda, sarf-harajatlarning past ko‘rsatkichi kompaniyani barcha besh raqobat kuchlaridan saqlab qoladi, chunki bozorga oid faktorlar daromadni pasaytirishda to raqibning daromadi nolga teng bo‘lib qolmagunga qadar harakat qilishda davom etadilar.
Past sarf-harajatlarga erishish uchun bozorda yuqori ulushga ega bo‘lish yoki boshqa ustunlikka, masalan, xom-ashyo materiallarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri olish imkoniyatiga ega bo‘lishni talab etadi.
Xulosa
Xulosa qilib shuni ayta olamanki, har qanday korxona faoliyatining muvaffaqiyati uning bozorga chiqarayotgan tovarining raqobatbardoshligiga bog‘liqdir. Tovarning raqobatbardoshligi deganda tovarning nisbiy va umumlashgan tavsifi tushuniladi. Raqobatning asosiy besh tamoyiliga qarshi turish hamda sohaning boshqa firmalariga qaraganda ijobiy ko‘rsatkichlarga erishish uchun muvaffaqiyat keltirishi muqarrar bo‘lgan uchta asosiy strategik yondashuvni ajratib ko‘rsatmoq zarur