Badiiy uslub Voqelikni badiiy obrazlar (timsollar) vositasida aks ettirib, tinglovchi yoki o‘quvchiga estetik jihatdan ta’sir qiluvchi uslub badiiy uslub deb ataladi. Badiiy asarlar (nazm, nasr va dramatik asarlar) badiiy uslubda bo‘ladi. Badiiy asar kishiga ma’lumot berish bilan birga timsollar (obrazlar) vositasida estetik ta’sir ham ko‘rsatadi: O‘lkamizda fasllar kelinchagi bo‘lmish bahor o‘z sepini yoymoqda. Badiiy uslubda qahramonlar nutqida oddiy nutq so‘zlari, sheva, vulgarizmlardan ham foydalaniladi.
So’zlashuv uslubi
So’zlashuv uslubi Uyda, ko‘chada, insonlarning o‘zaro so‘zlashuvida qo‘llanadigan uslub so‘zlashuv uslubi deb ataladi. Bu uslubning adabiy til me’yorlariga rioya qiladigan ko‘rinishi adabiy so‘zlashuv uslubi deb yuritilsa, bunday me’yorlariga rioya qilinmaydigan ko‘rinishi oddiy so‘zlashuv uslubi deb ataladi. So‘zlashuv uslubidagi nutq ko‘pincha dialogik shaklda bo‘ladi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning luqmasidan tuzilgan nutq dialogik nutq deyiladi.
So‘zlashuv uslubida ko‘pincha turli uslubiy bo‘yoqli so‘zlar, grammatik vositalar, tovushlar tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Kep qoling! Obbo, hamma ishni do‘ndiribsiz-da. Mazza qildik. Ketaqo-o-ol!
Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo‘limi bo‘lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda qo‘llanish yo‘llari, lug‘aviy, frazeologik va grammatik birliklarning qo‘llanish xususiyatlari o‘rganiladi.
Har bir uslubni yaratuvchi vositalar mavjud. Bularni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
1. Leksik vositalar: sinonim, omonim, antonim, paronim, ko‘p ma’nolilik, tag ma’no (gapning tagida yashiringan ma’no), sifatlash, o‘xshatishlar, frazeologik birlik, sheva, noadabiy so‘zlar (jargon, argo, so‘kish, qarg‘ish kabilar), kasb-hunar so‘zlari, mubolag‘a (giperbola), arxaik va tarixiy so‘zlar, atamalar.
1. Leksik vositalar: sinonim, omonim, antonim, paronim, ko‘p ma’nolilik, tag ma’no (gapning tagida yashiringan ma’no), sifatlash, o‘xshatishlar, frazeologik birlik, sheva, noadabiy so‘zlar (jargon, argo, so‘kish, qarg‘ish kabilar), kasb-hunar so‘zlari, mubolag‘a (giperbola), arxaik va tarixiy so‘zlar, atamalar.
2. Fonetik vositalar: nutq tovushlari, ohang, urg‘u.