Rasulova Dilnozaning Zoologiya fanidan



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə11/13
tarix13.06.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#129609
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
20-22 Sut emizuvchilar

2. Kavsh qaytaruvchilar (Ruminantia) kenja turkumi vakillarining
oziq tishlari chaynash yuzasining yassiligi, qoziq tishlarining juda kichik
yoki bo’lmasligi, oshqozoni juda murakkab bo’lib, 4 bo’limdan
luzilganligi, II va V barmoqlarining sust rivojlanganligi bilan
xarakterlanadi. Bu kenja turkumga zubr, bizon, qo’tos, yak, tog' qo’ylari
va echkilar, sayg'oqlar, bug'ular, jirafalar, antilopalar, jayronlar, kabargalar
va boshqalar kiradi. O’zbekistonning turli mintaqalarida jayron, sayg'oq,
morxo’r, muflon, tog' echkilari uchraydi.
Qadoqoyoqlilar (Tylopoda) turkumiga haqiqiy tuyalar va lamalar kiradi. Ular ll— vaV— barmoqlariy qligi, oziqtis Uari chaynov yuzasining yassiligi,oyog'ida kichikroq timoqsimon tuyoq borligi bilan xarakterlanadi. Yowoyi ikki rkachli tuya Gobi sahrosida yashaydi, xonakilashgan holda Markaziy Osiyoda, Oltoy lkasida, Qozog'iston va Qirg'izistonda yashaydi. Bir o’rkachli tuya faqat xonakilashtirilgan holda ma'lum bo’lib, Shimoliy Afrika, Janubiy— g’arbiy Osiyoda, MDH da esa Kavkaz bilan Turkmanistonda yashaydi. Yovvoyi Amerika tuyasiga esa lama bilan alpaka kiradi. Qadoqoyoqlilarga yana guanako va vikunyalar ham kiradi.
1. 2. 3. 4.
1 — bir o’rkachli tuya, 2 — ikki o’rkachli tuya, 3 — guanaka, 4-vikunya.
Toq tuyoqlilar (Perissodactyla) turkumining vakillari yirik o’simlikxo’r hayvonlar bo’lib, oyog'ida 1 yoki 3 ta barmog'i mavjud. O’mrov suyaklari yo’q, oshqozoni oddiy bir bo’lmali. Toq tuyoqlilarga Janubiy Amerika va Janubiy—Sharqiy Osiyo yalangliklarida tarqalgan tapirlar, Afrika va Janubiy Osiyoda yashaydigan karkidonlar, zebralar, Xitoy bilan Mo’g'uliston chegarasida tarqalgan Prjevalskiy oti, Tibetda yashaydigan yovvoyi eshaklar, qulonlar kiradi. Toqtuyoqlilar turkumiga 16 ta tur kiradi.
Primatlar (Primates) turkumi vakillari uchun oldingi miya yarim
sharlarining kuchli taraqqiy etganligi, miya yarim sharlarining po’stlogida
burma va ariqchalar murakkab sistema hosil qilganligi xarakterlidir. Bu
esa maymunlar oliy nerv faoliyati yuqori darajada rivojlanganligidan
dalolat beradi. Ularning katta barmog'i boshqa barmoqlariga qarshi turadi
va panjalari tutqich bo’ladi. Primatlar turkumiga 200 dan ortiq tur kiradi
va ular 2 ta kenja turkumga bo’linadi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin