Sut emizuvchilarning asosiy progressiv belgilari • Markaziy nerv sistemasi, 1-galda miya yarim sharlarining kulrang moddasi-oliy nerv faoliyatining markazi yuksak darajada takomillashgan. Shuning uchun sut emizuvchilarning tashqi muhit ta’siriga javob reaksiyalari juda murakkab.
• Tirik tug’adi va bolasini sut bilan boqadi. Shuning uchun sut emizuvchilar juda turli tuman sharoitda ko’payish imkoniga ega.
• Termoregulyatsiyaning juda takomillashganitana temperaturasining doimiyligini ta’minlaydi. Bu bir tomondan issiqlik hosil bo’lishini tartibga solish yo’li bilan ikkinchi tomondan fizikaviy termoregulyatsiya deb ataluvchi issiqlik chiqarilishini nafas olish va terlash jarayonida teri qon aylanishini idora qiladi. Issiqlik chiqarishni regulyatsiya qilishda jun qoplami, ayrimlarida esa teri osti yog’ qatlamining ahamiyati juda katta.
1-rasm. Sut emizuvchilar xilma-xilligi
2. SUT EMIZUVCHILARNING MORFOLOGIYASI VA ANATOMIYASI
Teri qoplami. Boshqa umurtqalilarnikidan murakkab tuzilgan. Bu ayni damda termoregulyatsiyada juda katta ahamiyatga ega. Jun qoplami suvda yashovchilarda (kitlarda, tyulenlarda) esa yog’ qavati issiqlik ko’p sarf bo’lishining oldini oladi.teri qon tomirlari kengaygan vaqtda keskin kamayadi. Tananing sovushida ter bezlari yordamida chiqadigan suvning teri orqali bug’lanishning ahamiyati ham kata. Sut emizuvchilarning terigi 2 qavat: tashqi-epidermis va ichki- kutisdan iborat. Malpigiy yoki o’sish qismi deb ataladigan tirik silindrsimon yoki kubsimon hujayralardan tashkil topgan qismi bor. Epidermis teridan hosil bo’luvchi soch, tirnoq, tuyoq, shox, tangacha turli bezlar singati muhim hosilalar hosil bo’ladi. Haqiqiy chin teri, yani kutis sut emizuvchilardajuda yaxshi rivojlangan tolali biriktiruvchi to’qimadan iborat. Kutisning ostki qismi g’ovak tolali to’qimadan iborat bo’lib bu yerda yog’ to’planadi. Bu qavat teri osti yog’ klechatkasi deyiladi. U kitlar va tyulenlarda yaxshi rivojlangan. Teri ichida joylashgan jun ildizi devorlari tashqi qavat yani jun xaltachasidan va ichki qavat yani jun qinidan iborat bo’lgan xaltacgada joylashgan. Jun xaltachasining voronkasiga yog’ bezlari ochiladi. Ularning sekr eti junni moylaydi, uni mustahkamlaydi va namlanishdan ximoya qiladi. Jun qoplamining alohida kategoriyasini vibrissalar tashkil qiladi. Bu juda uzun qattiq, jun sezish vazifasini bajarib, ko’pincha boshda, bo’yin pstida, ko’krakda qorin tomonida joylashadi. Qil va ninalar shakli o’zgargan jundir. Terining boshqa shox hosilalari tangacha, tuyoq, shox, ichi kovak shox tumshuqdan iborat. Hayvonlarning tangachasi hosil bo’lishi va tuzilishiga ko’ra reptiliyalarnikiga o’xshaydi. Haltalilar, kemiruvchilar va hasharotxo’rlarda tangachalar dumida joylashgan. Ho’kiz, antilopa, echki, qo’ylar shoxi ham shox moddadan iborat hosiladir. Ular epidermisdan hosil bo’lib, mustaqil suyak o’qda joylashadi. Bug’ularning shoxi kutisdan tuzoilgan bo’lib, suyakdan iborat bo’ladi.
Sut emizuvchilar terisidagi bezlar
Tuzlishi va funksiyasiga ko’ra ter, yog’, hid va sut bezlaridir.
Ter bezlari bevosita teri yuzasiga yoki jun xaltachasiga ochiladi. Bu bezlarning asosiy maxsuloti mochevina va suvda erigan tuzdan iborat. Ter bezlarining vazifasi suv va parchalanish maxsulotlarini tashqariga chiqarish bilan tanani sovutishdir.
Yog’ bezlari deyarli har doim jun xaltachasining voronkasiga ochiladi. Yog’ sekreti terini va junni moylab, ularni qurib qolishdan va ho’l bo’lishdan saqlaydi.
• Hid bezlari ikkala bez kombinatsiyasidan hosil bo’ladi. Hayvonlar xatti-harakatining shakllanishida hid signalizatsiyasi katta ahamiyatga ega. Yana ular ba’zi hayvonlarda jinsiy organlar stimulyatotlari deb hisoblanadi.
• Sut bezlari shakli o’zgargan oddiy naysimon ter bezlaridir. Yexidnada bez maydonchalari urchish davrida paydo bo’ladigan va bolani ko’tarib yurishga mo’ljallangan maxsus xalta ichida joylashgan. Bolalari sutni xaltalari atrofidagi jundan yalab oladi.
2-rasm. Sut emizuvchilar teri tuzilishi
Muskullari diferensiyalashgan va juda turli tuman muskullardan iborat. Ko’krak qismini qorin qismidan ajratib turuvchi diafragmaning bo’lishi xarakterlidir. Uning asosiy vazifasi nafas olish bilan bog’liq bo’lgan ko’krak qafasi hajmini o’zgartirishi. Terining ma’lum joylarini harakatlantiruvchi teri osti muskulaturasi ham ancha rivojlangan. Yuzda ular mimika muskullaridan iborat. Bu muskullar primatlarda yaxshi rivojlangan.
Skeleti. Umurtqa pog’onasi bo’yin,ko’krak, bel, chanoq, dum qismlariga bo’linadi. Bo’yin qismida o’zgarmas umurtqalar- atlant va epistrofeyning bo’lishi xarakterlidir. Bo’yin umurtqalari- 7 ta. Sut emizuvchilarda bo’yinning uzunligi umurtqalar soniga emas, ularning uzunligiga bog’liq. Ko’krak qismi 12-15 ta umurtqadan tashkil topgan. Kengatgan oldingi segment to’shning dastasi deyiladi. Bel qismida umurtqalar soni 2-9 tadan bo’ladi. Chanoq qismi o’zaro qo’shilib ketgan 4 ta umurtqadan iborat. Dum umurtqalarining soni hayvon turiga bog’liq.
Muskul va skelet sistemasi
Yuqorigi jag’i juft jag’aro va yuqorigi jag’ suyaklaridan iborat. Bu suyaklar o’simtalari va tanglay paydo bo’ladi. Pastki jag’ tangachasimon suyakka birikuvchi juft tish suyaklaridan iborat. Biriktirish suyagi eshitish kapsulasi- bolg’acha, kvadrat suyagi esa boshqaeshitish suyagi- sandonga aylanadi. Sut emizuvchilarda visseral apparatning ma’lum qismlari o’rta va tashqi quloqqa aylanadi.
Bosh skeleti miya qutisiga nisbatan katta. Miya qutisida asosiy, yon va tepa suyaklar o’zaro birikkan. Miya qopqog’I juft tepa, peshana, burun va toq tepa ora suyaklaridan tashkil topgan. Miya qutisining tubi asosiy va oldingi ponasimon suyakdan, visseral qismining tubi esa qanotsimon, tanglay va ustki jag’ suyaklaridan hosil bo’lgan. Miya qutisi tubida nog’ora suyak joylashgan.
Yelka Kamari nisbatan oddiy tuzilgan. Uning asosini kurak suyagi tashkil etadi. O’mrov suyagi oyoqlari turli vazifani bajaruvchi hayvonlarda bo’ladi. Bel Kamari 3 tipik- yonbosh, quymich, qov suyaklaridan iborat. Bu suyaklar qo’shilib nomsiz suyakni hosil qiladi. Quruqlikda yashovchilarda proksimal qism ancha uzunlashgan. Suvda yashovchi turlarda esa bu qism qisqarib, distal qism- bilakuzuk, kaft va barmoqlar falangasiancha uzunlashgan. Bu hol harakat organlarining bir-biriga nisbatan harakati kuchsiz rivojlangan. Ko’rshapalaklarning faqat 1-barmog’i normal rivojlangan bo’lib, boshqa barmoqlari juda uzunlashgan. Tez yuguruvchi hatvonlarda bilakuzuk, bilakuzuk oldi, kaft birmuncha qiya joylashgan bo’lib, bu hayvonlar faqat barmoqlariga tayanadi. Eng tez yuguruvchi tuyoqlilarda barmoqlar soni kamayadi. 1-barmoq qisqaradi, natijada 3-4-barmoqlarga yoki tayanch nuqtasi o’rtasidan o’tga
Hazm qilish organlari faqat sutemizuvchilarga xos bo’lgan go’sht, lab, lunj va jag’lar orasida joylashgan, og’iz oldi bo’shlig’idan boshlanadi. Bu yeda oziq mexanik maydalanadi va kimyoviy ta’sirga duch keladi. Tishlari kurak, qoziq, oziq oldi, soxta oziq va oziq tishlarga bo’linadi. Og’iz bo’shlig’ining orqasida xalqum joylashgan. Uning yuqori qismiga ichki burun teshiklari va yevxstaiyev nayi ochiladi. Tomoqning ostki tomonida hiqildoqqa ochiluvchi yoriq joylashgan. Qizilo’ngach yaxshi rivojlangan. Aksariyat hollarda uning muskullari silliq. Ayrim kavsh qaytaruvchilarda ko’ndalang yo’lli uskullardan iborat. Bunday tuzilish qizilo’ngachning mustaqil qisqarishiga va oshqozondan oziqning og’izga qaytishiga imkoniyat beradi. Oshqozonda bezlar ko’p bo’ladi. Oshqozonning hajmi va uning ichki tuzilishi oziq turiga bog’liq.
Aksariyat hayvonlarda oshqozon bir necha qismga bo’lingan. Oshqozonning murakkablashuvi oziqning xususiyatiga bog’liq. Masalan juda ko’p dag’al oziq iste’mol qiluvchilar yoki og’zida yetarli chaynalmaydiganlarda.
Kavsh qaytaruvchi tuyoqlilarda oshqozon murakkab tuzilgan, u 4qismdan:1) ichki qismida qattiq bo’rtmalari bo’lgan- siqma qorin; 2)ichki devoir katakchali -to’rqorin; 3)ichki devori ko’ndalang qavatli -qatqorin; 4)bezli qism-shirdondan iborat. Ichak sistemasi ingichka, yo’g’on va to’g’ri ichakdan iborat. Siqma qoringa tushgan oziq so’lak va bakteriyalar ta’sirida bijg’iydi. Siqma qorindan oziq peristaltik harakat yordamida to’rqoringa tushadi. U yerdan esa qusish tufayli yana og’izga qaytadi. Bu yerda oziq so’lak bilan yaxshi xo’llanib, chaynaladi. Shunday yo’l bilan hosil bo’lgan yarim suyuq massaog’izdan ingichka yo’lak orqali qatqoringa, u yerdan bezli qismga o’tadi. Kavsh qaytaruvchilar ozig’i qiyin hazmlanadigan dag’al oziq bo’lganligi va oshqozonda oziqni bijg’ituvchi juda ko’p bakteriyalar yashaganligi tufayli oshqozonning shunday murakkab tuzilishi juda katta ahamiyatga ega. Ichak sistemasi ingichka, yo’g’on va to’g’ri ichaklardan iborat. Dag’al oziq bilan oziqlanuvchilarda ingichka va yo’g’on ichaklar chegarasi chuvalchangsimon o’simta bilan tugaydigan uzun va keng ko’richak joylashgan. Ko’richak “bijg’itish qozoni” vazifasini bajaradi. Uning kattaligi hayvonning o’simliklar bilan oziqlanish miqdoriga bog’liq. Don va qisman o’simliklarning vegetative qismi bilan oziqlanadigan sichqonsimonlarda uning uzunligi butun ichagi uzunligining 7-10%ni tashkil qiladi. Etxo’rlarda ko’richak kuchsiz rivojlangan yoki umuman bo’lmatdi. Shu sababli yo’g’on ichakning uzunlugi ham o’zgarib turadi. Jigar diafragma ostida joylashgan. O’t yo’li ingichka ichakning 1- halqasiga qo’shiladi.
Sut emizuvchilarda yagona nafas olish organi- o’pka. Nafas olishda terining ahamiyati juda kam. O’pka yuzasi teri yuzasiga nisbatan 50-100 marta kattaroq.hiqildoq murakkab tuzilgan bo’lib, uning asosida halqasimon uzuksimontog’ay joylasgan. O’pkada bronxlar ko’p sonli mayda tarmoqlarga bo’linadi. Bronxiolalar pufakchalar –alveolalar bilan tugaydi. Bu yerda qon tomirlari shoxlanadi va gaz almashinuvi sodir bo’ladi. O’pkaning havo sig’imi qovurg’alar va gumbazsimon botuvchi diafragmaning harakati natijasida hosil bo’ladigan ko’krak qafasi hajmining o’zgarishiga bog’liq. O’pka ventilyatsiyasi faqat gazlar almashinuvini emas,balki issiqlik almashinuvini ham belgilaydi. Bu holat ter bezlari bo’lmagan hayvonlar uchun juda kata ahamiyatga ega. Ularda tanani sovutish bug’langansuvni o’pkadan chiqariladigan havo bilan birga chiqarish yo’li bilan bor.
Nafas olish sistemasi
10-rasm. Sut emizuvchilar O’pkasining tuzilishi
11-rasm. Sut emizuvchilarning
qon aylanish sistemasi
Yuragi 4 kamerali. Yurakning kattaligi turli hayvonlarda turlicha bo’lib, u hayvonning hayotiga va moddalar almashinuvi intensivligiga bog’liq. Yurakning kattaligi bilan tananing kattaligi orasidagi o’zaro bog’lanish yaqin sistematik va ekologik guruhlar yurak indekslarini taqqoslashda aniq ko’rinadi. Masalan, katta sug’urda u o,47; kata yumronqoziqda 0,61; kichik yumronqoziqda 0,82. shu bilan bir qatorda yurak indeksi hayvonning harahatchanligiga ham bog’liq. Sut emizuvchilar qonidagi eritrotsitlar yadrosi bo’lmasligi va biokimyoviy tarkibi bilan ham farq qiladi. Ularda faqat qoni ko’pligi bilan emas, balki kislorod hajmi bilan ham farq qiladi. Kislorod sig’imi turning harakatchanlik darajasiga ham bog’liq. Buramashox echki turga va xonaki qo’y echkiga nisbatan ancha harakatchan.