Rasulova iroda dilshod qizi


Markaziy bank pul-kredit siyosatining nazariy asoslari



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə7/29
tarix06.06.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#125580
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
RASULOVA IRODA DS

1.2. Markaziy bank pul-kredit siyosatining nazariy asoslari
Monetarizm pul-kredit konsepsiyasi XX asrning 70-yillarida AQShning Chikago universiteti professori M.Fridmen tomonidan yaratilgan. M. Fridmen iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi pul massasining mо‘tadil va muntazam о‘sishini talab qiladi, degan ilmiy xulosani shakllantirdi. U nazorat obyekti sifatida M2 pul agregatini tanladi.
M. Fridmenning pul qoidasi о‘zining amaliy ahamiyatga ega ekanligini kо‘rsatdi. Xususan, muomaladagi pul massasining har yili 3-5 foizdan о‘sishini kо‘zlagan siyosat natijasida AQShda XX asrning 80-yillarida inflyatsiya darajasining yillik 10 foizdan 5 foizgacha pasaytirish, YAIM hajmini esa, yiliga 3-5 foiz atrofida о‘sib borishiga erishildi.
M.Fridmenning ilmiy xulosasiga kо‘ra, pul massasining yillik 3-5 foiz darajasida о‘sishi iqtisodiyotda iqtisodiy faollikni kuchaytiradi. Pul taklifining о‘sishi yiliga 3-5 foizdan yuqori bо‘lsa, unda inflyatsiya о‘sa boshlaydi, agar, iqtisodiyotda pul taklifining о‘sishi 3-5 foizdan kam bо‘lsa, yalpi milliy mahsulotning о‘sish sur’ati pasaya boshlaydi12.
M.Fridmenning muomaladagi pul massasining о‘zgarishi iqtisodiy konyunkturaning о‘zgarishiga bog‘liq emas, degan ilmiy xulosasi amaliyotda о‘z isbotini topmadi. 1997-1998-yillarda Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida yuz bergan iqtisodiy inqiroz, 2008-yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, 2020-yilda bo’lib o’tgan pandemiya va bugungi kundagi global siyosiy vaziyat muomaladagi pul massasining hajmi bilan iqtisodiy konyunkturaning о‘zgarishi о‘rtasida bevosita aloqadorlik mavjudligini kо‘rsatdi.
M.Fridmenning monetarizm nazariyasiga kо‘ra, pullarga bо‘lgan talab kassa qoldiqlari va nominal daromadning о‘sishiga mos ravishda kamaymaydi, aksincha о‘zgarmasdan qoladi. Chunki, pullar taklifidagi har bir о‘zgarish nafaqat investitsiyalar darajasiga, balki shaxsiy iste’molning hajmiga ham ta’sir qiladi. Shaxsiy iste’molning hajmi esa, о‘z navbatida, nominal daromadlarning dinamikasiga mutanosib ravishda о‘zgarib boradi. Natijada pullarga bо‘lgan talab har bir alohida olingan davr mobaynida barqaror miqdor sifatida saqlanib qoladi, pullar taklifi esa doimiy ravishda tebranib turadi.
M. Fridmen pul massasining о‘sish kо‘rsatkichini monetar siyosatning asosiy taktik maqsadi, deb hisoblaydi.
M.Fridmen pullarga bо‘lgan talab funksiyasi va xarajatlar funksiyasini barqaror, deb hisoblaydi. Shu sababli, u pul massasini monetar siyosatning taktik maqsadi sifatida qabul qilish maqsadga muvofiq, degan xulosaga keldi.
Monetarizm pul-kredit konsepsiyasining asoschisi bо‘lgan M.Fridmen va uning izdoshlari Markaziy banklar faoliyatini tubdan isloh qilishni taklif qiladilar. Ularning fikriga kо‘ra, Markaziy bank hukumatning iqtisodiy siyosatini qо‘llab-quvatlashlari shart emas. Shu tufayli, ular Markaziy bank hukumat xarajatlarini moliyalashtirish jarayonida umuman ishtirok etmasliklari zarur, degan g‘oyani ilgari suradilar.
M.Fridmen Markaziy bank tomonidan hukumat xarajatlarining moliyalashtirilishini pul muomalasini izdan chiqaruvchi omil, deb hisoblaydi.
M. Fridmen, A.Shvars bilan amalga oshirgan tahlillarining natijalariga asoslangan holda, Markaziy bank pul massasining barqaror о‘sishini ta’minlashi kerak, degan xulosaga keldi. Bu qat’iy belgilangan qoidaga asosan amalga oshirilishi va aniq miqdorga ega bо‘lishi kerak edi.
M.Fridmen va uning izdoshlari pul massasining о‘sish kо‘rsatkichidan pul-kredit siyosatining indikatori sifatida foydalanishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydilar. Ularning mazkur xulosasi pullarga talab funksiyasi xarajatlar funksiyasiga nisbatan barqaror, degan nazariy qarashga asoslanadi13.
Monetarizm maktabi vakillari davlatning pul-kredit sohasiga aralashuvi, davlat xarajatlarining bank tizimi kreditlaridan qoplanishi kabi amaliyotlarga qarshi chiqadilar. Ular Markaziy bankning pullar taklifini nazorat qilish imkoniyatiga qattiq ishonadilar. Mazkur holatlar ham pul massasining о‘sish kо‘rsatkichidan pul-kredit siyosati indikatori sifatida foydalanish zarur, degan xulosaning shakllanishiga asos bо‘ldi.
M. Fridmen pul massasining yillik о‘sish sur’ati qat’iy kо‘rsatkich sifatida belgilab qо‘yilishi va mazkur kо‘rsatkichning bajarilishi Markaziy bank tomonidan ta’minlanishi shart deb hisoblaydi. barqaror о‘sishini ta’minlashi kerak, degan xulosaga keldi. Shu sababli, M.Fridmen pul massasining yillik о‘sish kо‘rsatkichini 4% qilib belgilashni taklif qildi. Uning fikricha, pul massasining о‘sishi pirovard mahsulot bahosining uzoq muddatli davriy oraliqdagi barqaror о‘sishiga asoslanishi lozim14.
M.Fridmen nazorat obyekti sifatida M2 pul agregatini tanladi. Demak, Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan naqd pullar, tijorat banklaridagi talab qilib olinadigan depozitlar va muddatli depozitlarning о‘sishi Markaziy bankning nazorati ostida bо‘lishi lozim.
M.Fridmenning pul massasi о‘sish kо‘rsatkichiga iqtisodiy konyunkturaning о‘zgarishi ta’sir etmasligi kerak, degan ilmiy xulosasi amaliyotda о‘z isbotini topmadi. Haqiqatda iqtisodiy konyunkturaning о‘zgarishi aholi va xо‘jalik yurituvchi subyektlarning aktivlarni shakllantirish borasidagi hatti-harakatlariga ta’sir kо‘rsatdi. Chunonchi, iqtisodiy inqirozlar paytida ularda aktivlarining asosiy qismini pul shaklida saqlashga intilishning kuchayishi amaliyotda isbotlandi.
J.Keynsning pul-kredit konsepsiyasida “Arzon pullar” siyosati muhim о‘rin tutadi. Bunda J.Keyns Markaziy bankning hisob stavkasini pasaytirish yо‘li bilan tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalarini pasaytirishga erishishni taklif qilgan. Buning natijasida kompaniyalarning bank kreditlaridan foydalanish darajasi oshadi va ularning investitsion xarajatlarini moliyalashtirish hajmi oshadi.
J.M. Keynsning konsepsiyasida pullarga ishlab chiqarishning endogen omili sifatida qaraladi va pullarni likvidli aktiv sifatida saqlashning subyektiv asoslari tahlil qilinadi. Tahlil jarayonida asosiy e’tibor ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlashda pul mablag‘laridan foydalanishga qaratildi.
J. Keynsning pul-kredit konsepsiyasida foiz stavkasi muhim о‘rin egallab, foiz stavkalariga ta’sir etish yо‘li bilan ishsizlik darajasi va iqtisodiy о‘sishga bevosita ta’sir qilish mumkin, deb hisoblaydi.
J.Keyns tomonidan taklif qilingan monetar siyosatning uzatish mexanizmi uch bosqichdan iborat:
* birinchi bosqich: pullar taklifi – foiz meyori;
* ikkinchi bosqich: pullar taklifi – foiz meyori – investitsiyalar;
* uchinchi bosqich: pullar taklifi – foiz meyori – investitsiyalar – milliy daromad.
J.Keynsning uzatish mexanizmiga kо‘ra, pullar taklifining о‘sishi natijasida foiz stavkasining pasayishi investitsiyalarning muqobil qiymatini pasaytiradi. Ayni vaqtda, foiz meyorining pasayib borishi bilan firma va kompaniyalar о‘zlarining rejali investitsiyalari hajmini oshiradilar. Bu xarajatlar rejali xarajatlarning umumiy summasi bilan qо‘shilib, tovar zaxiralarining kо‘zda tutilmagan miqdorda sarflanishiga olib keladi. Firma va kompaniyalar esa, bunday sharoitda mahsulot ishlab chiqarishni kо‘paytiradilar. Bu esa, о‘z navbatida, milliy daromadning kо‘payishiga olib keladi.
J.Keynsning mazkur uzatish mexanizmi ta’sir bosqichlari xususidagi qarashlaridan kelib chiqadigan xulosa shuki, ekspansionistik pul-kredit siyosati foiz stavkasi darajasining pasayishiga va milliy daromad о‘sish sur’atlarining yuqori darajada bо‘lishiga olib keladi. Shu sababli, Markaziy bank tomonidan muomaladagi pul massasini jilovlashga qaratilgan siyosatning amalga oshirilishi uzatish mexanizmini teskari yо‘nalish bо‘yicha ishlay boshlashiga olib keladi. Ya’ni, tijorat banklari о‘z zaxiralarining kamayishiga javoban foiz stavkalarini oshiradilar. Buning natijasida, firma va kompaniyalar о‘zlarining rejali investitsiyalari hajmini qisqartirishga majbur bо‘ladilar. Rejali investitsiyalarning qisqarishi esa, о‘z navbatida, milliy daromad miqdorining kamayishiga olib keladi. Demak, keynscha uzatish mexanizmiga kо‘ra, muomaladagi pul massasini qisqartirishga qaratilgan pul-kredit siyosati, pirovard natijada, foiz meyorining о‘sishiga va milliy daromad darajasining pasayishiga olib keladi.
Ta’kidlash joizki, hozirgi davrda pul-kredit siyosati uzatish mexanizmining ta’sir diapazonlari kengayib ketgan – muomaladagi pul massasining о‘zgarishi aktivlar portfelining umumiy tarkibiga, ya’ni aksiya, obligatsiya, xazina veksellari, depozit sertifikatlari, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar, kо‘chmas mulk va boshqa aktivlarga bevosita va kuchli ta’sir etmoqda.
О‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida J.Keyns tomonidan yaratilgan pul-kredit siyosatining uzatish mexanizmi tо‘laqonli va uzluksiz harakatlana olmaydi.
J.M.Keynsning fikriga kо‘ra, tadbirkorlar kapitalning marjinal samaradorligi kreditning foiz stavkasiga tenglashgunga qadar investitsiyani amalga oshiraveradilar. Bunday sharoitda umumiy daromadni о‘sishi investitsiyani о‘sishiga bog‘liq bо‘ladi. Shu sababli, davlat muomaladagi pul miqdorini о‘zgartirish yо‘li bilan daromadlarning о‘sish sur’atiga ta’sir etish imkoniyatiga ega.
J.M.Keynsning ilmiy xulosasiga kо‘ra, pullarga bо‘lgan talab va foiz stavkasi о‘rtasidagi о‘zaro munosabat barqaror emas. Buning sababi shundaki, foizning “mо‘tadil” stavkasi darajasi iqtisodiyot subyektlarining hatti-harakatiga bog‘liq va turli davriy oraliqlarda har xil holatlar ta’sirida о‘zgarib turadi. Ushbu beqarorlik tufayli moliya organlari foiz stavkalarining maqbul darajasiga erishish maqsadida pul massasini zarur darajada о‘zgartirish uchun zarur bо‘lgan oraliq nishonlarni tanlab olish imkoniyatiga ega bо‘lmaydi. Bunday sharoitda asosiy e’tibor byudjet siyosatining instrumentlariga qaratilish darkor. Chunki, bunday sharoitda foiz stavkasi va umumiy talab о‘rtasidagi о‘zaro munosabatlarda ham noaniqlik kuzatiladi. J.M.Kenysning fikriga kо‘ra, pullarga bо‘lgan talabning foiz stavkalariga nisbatan elastiklik darajasi juda past.
J.Tobinning portfelli tahlil nazariyasiga kо‘ra,yer, qо‘zg‘almas mulk yuqori daromad keltirish xususiyatiga ega bо‘lishi bilan birga, yuqori risk darajasiga ega. Boshqa aktivlar – naqd pullar, qimmatli qog‘ozlar, banklardagi omonatlar yuqori likvidlilikka ega, ammo ularning risk va daromadlilik darajasi past. Amaliyotda mutlaq risksiz aktiv mavjud emas. Chunki, eng yuqori likvidli aktiv hisoblangan anqd pullar ham inflyatsiya ta’sirida xarid qobiliyatini pasayish riskiga duchor bо‘ladi. Ammo, naqd pullarga о‘xshagan aktivlarning risk darajasi past bо‘lganligi uchun ularni amaliyotda “risksiz aktivlar” deb atash qabul qilingan.
Har qanday aktiv ikki xususityaga ega:
daromadlilik;
– risklilik.
Aktivning daromadliligi sifatida uning qiymatini 1 yildan keyin kutilayotgan oshishini olish mumkin. Agar W1aktivning joriy davrdagi qiymati bо‘lsa, W2aktivning bir yildan keyin kutilayotgan qiymatidir. Unda ri miqdori i aktivning daromadliligini kо‘rsatadi:

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin