Rasulova iroda dilshod qizi


Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi(tahlili)



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə5/29
tarix06.06.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#125580
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
RASULOVA IRODA DS

Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi(tahlili). Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida tijorat banklarining aktiv va passiv operatsiyalari bo’yicha foiz siyosatining nazariy asoslari xorijiy olimlardan Abramova M.A., Vinogradov D.V., Doroshenko M.YE., Keyns Dj. M., Matuk J., Miller R.L., Van-Xuz D.D., Menkyu N.G., Malkina M.Y., Moiseyev S.R., Mishkin F. S., Rudko-Silivanov V.V., Kuchina N.V., Jevlakova M.A., Soto X.U., Tarasevich L.S, Grebinnikov P.I, Leusskiy A.I., Usoskin V.M., Fridmen M. kabi iqtisodchilarning ilmiy izlanishlari o’z ifodasini topgan3. O’zbek iqtisodchi olimlaridan Azizov U.O’., Qoraliyev T.M., Sattarov O., Abdullayeva Sh.Z., Mullajanov F.M. tomonidan nazariy va uslubiy masalalar tahlil qilingan4.
Tadqiqotda qo’llanilgan metodikaning tavsifi. Dissertatsiyada nazariy (taqqoslash, konkretlashtirtish, induksiya, deduksiya, tahlil va sintez, analogiya, umumlashtirish) va empirik (monitoring, ekspert xulosalari, prognozlash)
metodlaridan foydalanildi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati shundaki, ulardan “Monetar siyosat” , “Pul va banklar” va “Bank ishi” fanlarini о‘qitishda hamda Markaziy bankning pul-kredit siyosatini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanish mumkin.
Ish tuzilmasining tavsifi tadqiqot ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi quyidagilardan iborat. Ish kirish, uchta asosiy bob, 8 ta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati hamda 6 ta jadval, 5 ta rasmdan iborat bо‘lib, jami 79 betda mujassamlashgan.
Tadqiqot ishining kirish qismida ishning dolzarbligi, maqsad va vazifalari, ahamiyati va yangiligi, nazariy va uslubiy asoslari kо‘rsatilgan.
Tadqiqot ishining birinchi bobida pul-kredit siyosatining maqsadi, turlari, nazariy asoslari va xorij tajribasi о‘rganilgan.
Tadqiqot ishning ikkinchi bobida Markaziy bank tomonidan pul muomalasini barqarorlashtirish siyosatining strategik maqsadlari hamda О‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatining amaldagi holati tahlil qilingan.
Tadqiqot ishining uchinchi bobida iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida hozirgi zamon pul-kredit siyosatining dolzarb muammolari va uni ilg’or xorij tajribasi asosida bartaraf etish yо‘llari о‘z ifodasini topgan hamda xulosa va takliflar berilgan.



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin