Rasulova iroda dilshod qizi



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə14/29
tarix06.06.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#125580
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
RASULOVA IRODA DS

2.1. Markaziy bank pul-kredit siyosatining strategik maqsadlari amaliyoti
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF-5992-sonli 2020-2025-yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to’g’risidagi farmoni ishlab chiqildi. Bu farmonga ko’ra, moliyaviy sektorni izchil isloh qilish davomida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi va natijada ilg‘or bank biznesini yuritish hamda ushbu sektorda raqobat muhitini kuchaytirish uchun zarur huquqiy shart-sharoitlar yaratildi. Xususan, xalqaro standartlarga muvofiq keladigan va moliyaviy sohaga xorijiy investitsiyalar kiritish uchun jozibador huquqiy muhitni yaratadigan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi hamda “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi yangilangan qonunlari qabul qilindi. Shu bilan birga, bank sohasidagi hozirgi holat tahlili bank sektorida davlatning yuqori darajadagi aralashuvi, davlat ishtirokidagi banklarda menejment va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatining еtarli emasligi, iqtisodiyotda moliyaviy vositachilikning past darajasi kabi bank sektorini iqtisodiy yangilanishlar va jamiyat ehtiyojlariga mos ravishda rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan qator tizimli muammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda. Moliyaviy xizmatlarning ommabopligini oshirish, banklarning hududlarga kirib borishini kengaytirish va barcha aholi punktlarida bir xil turdagi xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi lozim. Bank tizimiga zamonaviy servis еchimlari asosida axborot texnologiyalarini, moliyaviy texnologiyalarni keng joriy etish, axborot xavfsizligini lozim darajada ta’minlash, shuningdek, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda inson omili ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rish talab etilmoqda. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasida bank sektorini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:
*moliya bozorida teng raqobat sharoitlarini yaratish, kreditlashni faqat bozor shartlari asosida amalga oshirish, banklarning davlat resurslariga qaramligini pasaytirish, bank xizmati ko‘rsatishni modernizatsiya qilish, banklarning samarali infratuzilmasini yaratish va faoliyatini avtomatlashtirish, shuningdek, banklar faoliyatiga xos bo‘lmagan funksiyalarni bosqichma-bosqich bekor qilish orqali bank tizimining samaradorligini oshirish;
*kredit portfeli va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatini yaxshilash, kreditlash hajmlarining mo‘tadil o‘sishiga amal qilish, muvozanatlashgan makroiqtisodiy siyosat yuritish, korporativ boshqaruvni takomillashtirish va xalqaro amaliy tajribaga ega bo‘lgan menejerlarni jalb qilish, moliyaviy tavakkalchiliklarni baholash uchun texnologik еchimlarni tatbiq etish orqali bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash;
*davlat ulushi mavjud tijorat banklarini kompleks transformatsiya qilish, bank ishining zamonaviy standartlarini, axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish, banklardagi davlat aksiyalari paketini zarur tajriba va bilimga ega bo‘lgan investorlarga tanlov asosida sotish, shuningdek, davlat ulushi mavjud tijorat banklari va korxonalarni bir vaqtning o‘zida isloh qilish orqali bank sektorida davlatning ulushini kamaytirish;
*yetarli darajada xizmat ko‘rsatilmayotgan va zaif qatlamlarda davlat ishtirokini kuchaytirish va manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholi va kichik biznes uchun masofaviy xizmatlarni keng joriy qilish, kamxarj xizmat ko‘rsatish nuqtalari tarmog‘ini rivojlantirish, shuningdek, respublika yagona moliya tizimining o‘zaro to‘ldiruvchi qismi sifatida nobank kredit tashkilotlarining shakllanishi va rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali moliyaviy xizmatlar ommabopligini va sifatini oshirish.
Mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishining yangi bosqichida amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar doirasida О‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining maqsad va vazifalari, institusional tuzilishi tubdan qayta kо‘rib chiqildi. Pul-kredit siyosati mantiqan yangi tamoyillar asosida yuritiladigan bо‘ldi. Xususan, mamlakatda ichki narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi Markaziy bank faoliyatining ustuvor maqsadi sifatida belgilandi. Valyuta siyosati va pul muomalasini tartibga solish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar, yangi voqelikda makroiqtisodiy sohada shakllanayotgan shart-sharoitlar pul-kredit siyosatida ham muhim о‘zgarishlarning amalga oshirilishiga asos bо‘ldi.
О‘rta muddatli istiqbolda inflyatsiyaning past va barqaror darajasi ta’minlanishi makroiqtisodiy mutanosiblikning muhim omili bо‘lib, mamlakatda ijtimoiy holatni yaxshilash, investitsion faollikni rivojlantirish va tarkibiy islohotlarni amalga oshirish uchun zaruriy sharoit yaratadi. Iqtisodiyotda ichki narxlar barqarorligini ta’minlash bilan birga Markaziy bank tomonidan mamlakatimizda bank va tо‘lov tizimini rivojlantirish borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar kelgusida iqtisodiy о‘sishni qо‘llab-quvvatlab boradi.
Ta’kidlash joizki, faqatgina pul-kredit siyosatida amalga oshiriladigan islohotlar iqtisodiy о‘sishning asosiy manbai bо‘la olmaydi. Pul-kredit choralari asosan qisqa muddatli ahamiyat kasb etib, iqtisodiyotdagi yalpi talab va taklif hajmlaridagi qisqa muddatli tebranishlarni yumshatish va ishlab chiqarish tafovutlarini21 qisqartirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, О‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki tо‘g‘risidagi qonunda Markaziy bank monetar siyosatining strategik maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash ekanligi e’tirof etilgan. Ammo, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-sonli “О‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi farmonida О‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatining strategik maqsadlari qilib, quyidagilar belgilandi:
– narxlar barqarorligini ta’minlash;
– bank tizimi barqarorligi va rivojlanishini ta’minlash;
– tо‘lov tizimi barqarorligi va rivojlanishini ta’minlash.
Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit siyosatining bosh maqsadi milliy valyuta va baholar barqarorligini ta’minlashga qaratilgan. Milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash va mamlakatda baholar barqarorligiga erishish pul-kredit siyosatining strategik maqsadlari sifatida e’tirof etilgan. Masalan, V.Shenayev, O.Naumchenkoning “Markaziy bank iqtisodiyotni tartibga solish jarayonida” nomli monografiyasida, J.Matukning “Fransiya va boshqa mamlakatlarning moliya tizimlari” nomli monografiyasida milliy valyutanini barqarorligini ta’minlash va mamlakatda baholar barqarorligiga erishish monetar siyosatning strategik maqsadlari ekanligi qayd etilgan22.
О‘zbekiston 2017-2021-yillar mobaynida pul-kredit siyosati tizimini sezilarli darajada yaxshiladi. Shunga qaramasdan, inflyatsion targetlashga о‘tish jarayoni murakkab vazifa hisoblanadi, chunki, mamlakat chuqur tarkibiy islohotlar davrini boshdan kechirmoqda. Shu sababli, О‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tarkibiy islohotlarni kuzatishi va pul-kredit siyosatini shunga muvofiqlashtirib borishi lozim bо‘ladi. Ushbu tadqiqot ishida institusional va tarkibiy cheklovlar aniqlanadi va pul-kredit siyosati trasmissiyasining samaradorligi baholanadi. Institusional kamchiliklar institusional indekslar orqali, transmissiya esa - VAR modellari yordamida baholanadi. Tadqiqot ishida yaqin yillar ichida Markaziy bank boshqaruvini yanada takomillashtirish va uning mustaqilligini mustahkamlash, moliya bozorlarini rivojlantirish, bunda avvalo moliya sohasiga, shuningdek, umuman iqtisodiyotga hamon saqlanib qolayotgan davlatning katta ta’sirini kamaytirish borasidagi islohotlarni davom ettirish zarurligi ta’kidlangan. 2017-yilga qadar pul-kredit siyosati almashuv kursiga bog‘liq rejimga asoslangan edi. О‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2017-yilning sentabr oyida yangi yondashuvni qabul qildi va unga kо‘ra pul-kredit siyosati maqsadi narxlar barqarorligiga erishishga о‘zgartirildi. Qayd etish muhimki, Markaziy banki hukumat nazoratida bо‘lgan davlat organlari rо‘yxatidan chiqarildi va bu Markaziy bankga operatsion mustaqillikka erishish imkonini berdi. Bundan tashqari, xorijiy valyutani xarid qilishga bо‘lgan cheklovlar bekor qilindi va bu rasmiy almashuv kursining 50 foizga qadrsizlanishi va kursning unifikatsiyasiga olib keldi. Markaziy bankni qо‘llab-quvvatlash uchun Xalqaro valyuta jamg’armasi keng kо‘lamdagi texnik kо‘mak dasturlarini taqdim etdi. 2019-yilning oktabr oyida yangi tahrirdagi “О‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki tо‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unda narxlar barqarorligi pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi sifatida belgilandi va Markaziy banki inflyatsion targetlash rejimiga о‘tishni boshladi. Ushbu hujjatda ITga о‘tishdagi Markaziy bankning yutuqlari baholanib, pul-kredit siyosatining trasmission mexanizmi samaradorligini baholash orqali о‘z еchimini kutayotgan institusional va tarkibiy muammolarni aniqlash vazifasi qо‘yilmoqda. Markaziy bank 2019-yilning dekabr oyida inflyatsion targetlash 2023-yilga qadar joriy qilinishini e’lon qildi. Garchi, ITga о‘tish 2017-2018-yillarda boshlangan bо‘lsada, 2020-yil yanvarda Markaziy banki ITga о‘tish va 2021-yilning oxirida inflyatsiyani 10 foizga hamda 2023-yilning oxirida 5 foizga tushirilishi maqsad sifatida belgilangan rasmiy IT strategiyasini qabul qildi.
Strategiya, shuningdek, quyidagilarni o’z ichiga oladi:
*ITga samarli o’tish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish uchun Markaziy bank va Vazirlar Mahkamasi o’rtasida yaqin hamkorlik;
*amaldagi tartibga solinadigan narxlar (eng kamida xarajatlarni qoplash darajasigacha) indeksatsiyalash rejasi;
*imtiyozli shartlarda beriladigan kreditlashni qisqartirish;
*umumiy fiscal taqchillikni YAIMga nisbatan 1,5 foiz darajasigacha pasaytirish.
AQSH FZT tо‘g‘risidagi qonunda ham milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash va baholar barqarorligini saqlab turish monetar siyosatning strategik maqsadi ekanligi о‘z ifodasini topgan.
Shunisi xarakterliki, Markaziy banklar ichida faqat Yevropa Markaziy bankining Nizomida uning monetar siyosatining strategik maqsadi еvrozonada baholar barqarorligiga erishish ekanligi qayd etilgan. Demak, еvroning barqarorligini ta’minlash YEMB monetar siyosatining strategik maqsadi hisoblanmaydi.
V. Rudko-Silivanov, N.Kuchina, M.Jevlakova hammuallifligida chop etilgan “Markaziy bank faoliyatini tashkil qilish” mavzuidagi о‘quv qо‘llanmada monetar siyosatning quyidagi strategik maqsadlarining mavjudligi e’tirof etiladi:
– baholar barqarorligini ta’minlash;
– tо‘liq bandlikka erishish;
– ishlab chiqarish real hajmining о‘sishini ta’minlash;
– tо‘lov balansining muvozanatini ta’minlash23.
Bu еrda monetar siyosatning asosiy strategik maqsadi – milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash e’tirof etilmagani holda, ishlab chiqarish real hajmining о‘sishini va tо‘lov balansining muvozanatini ta’minlash uning strategik maqsadi sifatida qayd etilmoqda.
S.Moiseyevning fikriga kо‘ra, monetar siyosatning quyidagi tо‘rtta strategik maqsadlari mavjud:
baholar barqarorligi;
– milliy valyutaning barqarorligi;
– mamlakatda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash;
– muvozanatlashgan iqtisodiy о‘sish24.
R.Miller va D. Van-Xuzning fikriga kо‘ra, monetar siyosatning ikki strategik maqsadi mavjud: tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishning yuqori va barqaror darajasini ta’minlash; inflyatsiyaning past va barqaror darajada bо‘lishiga erishish25.
Ushbu iqtisodchi olimlar haqli ravishda e’tirof etadilarki, Markaziy bankning monetar siyosat yordamida tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishning yuqori va barqaror darajasini ta’minlashi ishsizlik darajasini pasaytirish imkonini beradi. Bu esa, Hukumat iqtisodiy siyosatining strategik maqsadlaridan biri bо‘lgan ishsizlikning past va barqaror darajasini ta’minlash maqsadiga mos keladi.
O.Namozov monetar siyosatning strategik maqsadlari sifatida moliyaviy barqarorlik, iqtisodiy о‘sish va tо‘lov balansining barqarorligini kо‘rsatadi26.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin