6-jadval
О‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy zaxira stavkalari
(2021-yil 5-avgustdan, foizda) 28
Majburiy zaxira talabnomasi qо‘llaniladigan obyekt
|
Majburiy zaxira stavkalari
|
Yuridik va jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi depozitlari
|
4
|
Yuridik va jismoniy shaxslarning xorijiy valyutadagi depozitlari
|
18
|
Jadval ma’lumotlaridan kо‘rinadiki, Markaziy bank majburiy zaxira stavkalarini о‘rnatishda asosiy e’tiborini depozitlarning muddatiga qaratgan. Bu esa, majburiy zaxira siyosati orqali tijorat banklarining uzoq muddatli depozit bazasini shakllantirish jarayonini qо‘llab-quvvatlash imkonini beradi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-oktabrdagi O’RQ-573-sonli “Valyutani tartibga solish to’g’risida”gi qonunida pul-kredit siyosatini takomillashtirish bо‘yicha quyidagi ustuvor yо‘nalishlar belgilangan:
– milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini belgilashda faqat bozor mexanizmlarini qо‘llash;
– milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan qat’iy monetar siyosatni amalga oshirish, bu borada monetar instrumentlardan faol va moslashtirilgan holda foydalanish, davlat qimmatli qog‘ozlari bozorini rivojlantirish, shuningdek, ochiq bozorda operatsiyalar hamda davlat qimmatli qog‘ozlarini banklar likvidliligiga garovga berish bо‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishni amaliyotga joriy etish;
– monetar va fiskal siyosatni muvofiqlashtirish hamda Davlat byudjetining mutanosibligini ta’minlash orqali pul massasi haddan ziyod о‘sishining oldini olish.
Dostları ilə paylaş: |