Rasulova iroda dilshod qizi


-jadval О‘zbekiston Respublikasida makroiqtisodiy monetar indikatorlar haqida ma’lumot



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə16/29
tarix06.06.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#125580
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29
RASULOVA IRODA DS

5-jadval
О‘zbekiston Respublikasida makroiqtisodiy monetar indikatorlar haqida ma’lumot
(2019-2023yy. Yil boshi ma’lumotlari asosida)27

Kо‘rsatkichlar

Yillar

2019y.

2020y.

2021y.

2022y.

2023y.

Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi, %

16,0

16,0

14,0

14,0

15,0

Tijorat banklarining sо‘mda berilgan kreditlarining о‘rtacha yillik foiz stavkasi, %

22,6

25,8

20,8

21,5

22,2

Inflyatsiyaning yillik darajasi, %

13,0

14,3

11,6

9,8

12,2

Tijorat banklari kreditlari, mlrd. sо‘m

328 982

324 119

325 811

330 965

396 313

Tijorat banklari depozitlari, mlrd. sо‘m

98 234

112 367

123 765

153 790

206 009

Tijorat banklari kapitali, mlrd. sо‘m

49 756

51 876

66 875

72 332

82 853

Jadval ma’lumotlaridan kо‘rinadiki, 2023-yilda oldingi yillarga nisbatan Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasini biroz, tijorat banklarining sо‘mda berilgan kreditlarining о‘rtacha yillik foiz stavkasini va inflyatsiya darajasini keskin oshib ketishi yuz berdi. Bu esa, milliy iqtisodiyot rivojiga nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltiradi. О‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Hukumatga tegishli pul mablag‘laridan, masalan, Davlat byudjeti mablag‘laridan muomaladagi pul massasini tartibga solishda foydalanadi. Davlat byudjeti daromadlarini kelib tushish vaqti bilan byudjet xarajatlarini moliyalashtirish vaqti о‘rtasidagi farq tufayli ma’lum miqdordagi pul mablag‘larini tо‘planishi yuz beradi. Markaziy bank ana shu pul mablag‘laridan vaqtinchalik foydalanadi. Germaniya Markaziy banki, ya’ni Bundesbank amaliyotida ushbu pul mablag‘lari muomaladagi pul massasini boshqarishning “nozik vositasi” deb ataladi.


Markaziy bank tijorat banklarining “Nostro” vakillik hisobraqamlaridagi ortiqcha pul mablag‘larini о‘zining depozit hisobraqamlariga jalb etish yо‘li bilan bank tizimining likvidligiga va tijorat banklarining kreditlash imkoniyatiga sezilarli darajada ta’sir kо‘rsatadi. Shunisi muhimki, Markaziy bankning depozit siyosati qayta moliyalash va ochiq bozor siyosatlari bilan uyg‘unlikda olib borilsa katta samara berishi mumkin. Ammo respublikamizda mazkur instrumentlar о‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlashning hozircha imkoni yо‘q. Buning sababi shundaki, Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga lombard kreditlari berish amaliyoti mavjud emas. Buning ustiga, Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalari amalga oshirilmayapti.
Markaziy bankning monetar siyosati tijorat banklarining kreditlash salohiyatiga ham ijobiy, ham salbiy ta’sir kо‘rsatmoqda. Shu sababli, qator xorijiy davlatlar tajribasini monetar siyosat aniq yо‘naltirilgan restriksion yoki ekspansionistik mazmunga ega bо‘lishi lozim. Xususan, AQSH FZTning tajribasi kо‘rsatdiki, iqtisodiy о‘sishni rag‘batlantirish va bank tizimining likvidligini ta’minlash maqsadida nollik hisob stavkasi qо‘llanilmoqda. Bu esa, birinchidan, tijorat banklarining likvidliligiga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi va ularni kreditlash imkoniyatini oshirishga xizmat qiladi; ikkinchidan, tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalarini oshishiga va natijada xо‘jalik yurituvchi subyektlarining tijorat banklari kreditlaridan foydalanish darajasini oshirish imkonin beradi.
Shunisi xarakterliki, respublikamizda iqtisodiyotning pul mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasi bilan tijorat banklarining kredit ekspansiyasi о‘rtasida ikki tomonlama aloqadorlik mavjud. Mazkur aloqadorlikning mohiyati shundaki, bir tomondan, tijorat banklari kredit ekspansiyasi kо‘lamining keng emasligi (kreditlarning YAIMga nisbatan darajasi bilan о‘lchanadi) iqtisodiyotning pul mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasini oshirishga tо‘sqinlik qilsa, ikkinchi tomondan iqtisodiyotning pul mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasining past ekanligi tijorat banklari faolyaitidagi kredit riski darajasining yuqori bо‘lishiga sabab bо‘lmoqda. Buning sababi shundaki, xо‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan еtkazib berilgan tovarlar va kо‘rsatilgan xizmatlar haqini о‘z vaqtida tо‘lanmasligi ularning pul oqimi barqarorligiga salbiy ta’sir kо‘rsatmoqda.
Pul-kredit siyosati ushbu instrumentining bank tizimida likvidlilikni tartibga solishdagi imkoniyatlari keng bо‘lib, uzoq yillar mobaynida faol qо‘llanilmay kelingan. 2021-yilning о‘tgan davrida pul-kredit siyosati bozor instrumentlarini, ya’ni foiz instrumentlarini ishlatish orqali moliyaviy resurslar qiymatiga ta’sir kо‘rsatish tamoyili asosida ishlaydigan instrumentlarni joriy qilish uchun sharoit yaratish maqsadida tijorat banklarining majburiy rezerv talablariga о‘zgartirishlar kiritildi. Bunda ilg‘or xalqaro tajribadan kelib chiqib, banklarning uzoq muddatli resurs bazasini kengaytirish, milliy valyutadagi depozitlar jozibadorligini oshirish va iqtisodiyotdagi dollarizatsiya darajasini pasaytirish tamoyillariga asoslanildi.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin