Rasulova iroda dilshod qizi


Tadqiqotning obyekti va predmeti



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə4/29
tarix06.06.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#125580
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
RASULOVA IRODA DS

Tadqiqotning obyekti va predmeti. Ishning obyekti О‘zbekiston va boshqa xorijiy mamlakatlar Respublikasi Markaziy banki monetar siyosati instrumentlaridan foydalanish amaliyoti hisoblanadi.
Markaziy bank monetar siyosati instrumentlaridan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar ishning predmetini tashkil qiladi.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari – О‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqotning maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilandi:
- Markaziy bank monetar siyosatining mohiyati, ahamiyati va turlarini yoritib berish;
- Markaziy bank monetar siyosatining nazariy asoslarini о‘rganish;
- О‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatining amaldagi holatini tahlil qilish;
- Markaziy bank tomonidan pul muomalasini barqarorlashtirish siyosatining
strategik maqsadlari amaliyotini yoritish;
- О‘zbekistonda pul-kredit siyosatidan foydalanish amaliyotini takomillashtirish bilan bog‘liq muammolarni о‘rganish va ularni ilg’or xorij tajribasi asosida bartaraf etishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish.
Ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
О‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatini bank tizimi likvidliligiga ta’sirini kuchaytirish maqsadida quyidagi innovatsion vositalaridan foydalanish lozim:
a) xalqaro reyting agentliklarining yuqori (investitsion) reyting baholariga ega bо‘lgan korporativ obligatsiyalardan tо‘g‘ri va teskari REPO operatsiyalarining obekti sifatida foydalanish lozim;
b) tijorat banklarining Markaziy bankdagi majburiy zaxira ajratmalari miqdoridan kelib chiqqan holda, ularga qayta moliyalash kreditlari berish zarur.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari.
1. О‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini pul mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasining nihoyatda past ekanligi. Mamlakat iqtisodiyotining pul mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasining past ekanligi iqtisodiyotdagi tо‘lovsizlik muammosini hal qilish imkonini bermaydi va makroiqtisodiy о‘sish sur’atlarini oshirishga tо‘sqinlik qiladi.
2. О‘zbekiston Milliy valyutaning qadrsizlanish sur’atining yuqori ekanligi.
Milliy valyuta muomalaga kiritilgan vaqtdagi (1994-yil iyul) ilk valyuta savdosida sо‘mning 1 AQSH dollariga nisbatan nominal almashuv kursi 7,00 sо‘mni tashkil etgan edi. 2023-yilning may oyiga kelib, uning kursi 11400,00 sо‘mdan oshdi.
3. Markaziy bankning pul-kredit siyosati instrumentlaridan foydalanish amaliyotining takomillashmaganligi. О‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ochiq bozor operatsiyalarining hamda diskont va lombard kreditlarining mavjud emasligi uning pul-kredit siyosatining takomillashmaganligidan dalolat beradi. О‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ochiq bozor operatsiyalarining mavjud emasligini sababi shundaki, respublikamiz Markaziy banki о‘zining ochiq bozor operatsiyalarining obektlari sifatida faqat Hukumatning qimmatli qog‘ozlarindan foydalanadi.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin