4-jadval
Xitoyda pul massasining yillik о‘sish sur’atlari va naqd pullarning M2 pul agregatidagi salmog‘i
(2019-2023-yy., yil boshi ma’lumotlari asosida, foizda)20
Kо‘rsatkichlar
|
2019 y.
|
2020 y.
|
2021 y.
|
2022 y.
|
2023y.
|
Pul massasining yillik о‘sish sur’ati (M2 pul agregati bо‘yicha)
|
10.7
|
9,1
|
10,1
|
9,19
|
12,9
|
M2 pul agregati tarkibida naqd pullarning salmog‘i
|
3,4
|
3.2
|
3,4
|
3,7
|
3,5
|
Jadval ma’lumotlaridan kо‘rinadiki, Xitoyda pul massasining о‘sish sur’ati 2019-2023-yillarda barqaror bо‘lgan. Buning ustiga, 2023-yilda pul massasining о‘sish sur’ati 2019-yilga nisbatan 2,2 foizli punktga oshgan. Bu esa, pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish kerakligidan dalolat beradi. Jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan kо‘rinadiki, Xitoyda 2019-2023-yillarda naqd pullarning M2 pul agregati tarkibidagi salmog‘i past va barqaror darajada bо‘lgan. 2023-yilda naqd pullarning M2 pul agregatidagi salmog‘i 2019-yilga nisbatan 0,1 foizli punktga oshganligiga qaramasdan, naqd pullarga bо‘lgan talabning barqaror ekanligi va naql pul aylanmasini tо‘g‘ri tashkil qilinganligini kо‘rsatadi. 2015-yil 30-noyabrda Xalqaro valyuta fondi (XVF) Xitoy yuanini xalqaro rezerv valyuta sifatida tan oldi. Chunki, ushbu sanada XVF tomonidan yuanni SDRning valyuta savatiga kiritish tо‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.
Dostları ilə paylaş: |