Rasulova Sabinaning O’zbek adabiyotini o’qitish metodikasi


ADABIYOT DARSLIKLARIDAGI JADID



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə2/6
tarix27.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#200762
1   2   3   4   5   6
kuuuuuuurs

ADABIYOT DARSLIKLARIDAGI JADID
ADABIYOTI NAMOYONDALARI IJODI
Xalq maʼnaviyatini boyitish yo‘lida olib borilgan kurashlar, milliy matbuot, adabiyot va teatrning odamlar tafakkurini oshirishdagi ahamiyati haqida asarlarida kuyunib yozgan, bu borada fidoyilik ko‘rsatgan, alaloqibat qatag‘onga uchraganlar haqida so‘z borarkan, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Usmon Nosir, Isʼhoqxon Ibrat siymolari ko‘z oldimizda gavdalanadi. Ular o‘z asarlarida ko‘targan muammolar hamon bizning qarshimizda bo‘y ko‘rsatib turibdi.
Har bir kishi o‘zini shu vatanning ongli fuqarosi, vatani va millati taqdiri uchun masʼul inson sifatida namoyon qilishga o‘zida jurʼat topadi. Abdulla Avloniy axloqiy-ta’limiy asarlari bilan o‘zidan keyingi avlodni ezgulik, yuksak axloqiylik, ziyolilik ruhida tarbiya-lashga hamon xizmat qilmoqda. Ma’rifatparvar adib tarbiya masa-lasini hayotda birinchi o‘ringa qo‘yadi. Barcha ishlarning muvaffa-qiyatini tarbiyalanganlikda ko‘radi. Bilimsizlik, johillik, jinoyatlar-ning sababini tarbiyasizlik bilan bog‘laydi. Uning e’tiroficha, «har bir millatning saodati, davlatning tinchi va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog‘liqdir».3 E’tibor bering: Adib jamiyat va davlat ta-raqqiyoti, insonlarning kelajagi uchun tarbiya muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidlab, shunday deydi: «Tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasi-dur». Adib «Vatanni suymak» asarida Vatan tushunchasining ma’-nosini, inson uchun o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurtining qadr qimmati ni-malarda iborat ekanini sodda, ta’sirchan uslubda tushuntiradi. Mana bu satrlarga e’tibor beraylik: «Biz turkistonlilar o‘z vatanimizni jo-nimizdan ortuq suydig‘imiz kabi, arablar Arabistonlarini, qumlik, issig‘ cho‘llarini, eskimo‘lar shimol taraflarini, eng sovuq qor va muzlik yerlarini boshqa yerlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson yerlarga o‘z vatanlarin tashlab hijrat qilurlar edi. Bobolarimiz: «Kishi yurtida sulton bo‘lguncha, o‘z yur-tingda cho‘pon bo‘l», demishlar». Adib Vatan tuyg‘usini eng inso- niy, eng mo‘tabar tuyg‘ulardan biri sifatida ta’riflaydi. Vatanni shunchaki sevish mumkin emas. Uning dardi bilan yashamoq, uning baxtidan quvonmoq, u bilan faxrlanmoq kerak. Vatan onadek mu-qaddas. Uni qadrlash, e’zozlash, uning shodlik va quvonchiga sherik bo‘lish, g‘am-hasratini baham ko‘rish farzandning burchi. Vatanni tanlamaydilar. Vatanni, u qanday bo‘lmasin, sevish kerak. Avloniy Vatan haqidagi o‘z fikrini xilma-xil misollar bilan asoslaydi. Masalan, ayrim kishilar o‘z uy-joylarini sotib Makkaga borishadi. Ammo shularning aksariyati yana o‘z vatanlariga qaytib keladilar. Adib Vatanga intilishning sababini bunday izohlaydi: «Buning saba-bi, ya’ni bularni tortub kelturgan quvvat o‘z vatanlarining, tuproq-larining mehr-u muhabbatidur...» Lavha so‘ngida Payg‘ambarimiz-ning: «Hubbul-vatani minal-imoni» – «Vatanni suymak imondan-dur», – degan muqaddas so‘zlarini keltiradi. Abdulla Avloniy Vatan haqidagi fikrlarini o‘zining 1916-yilda chop etilgan «Maktab gulis-toni» kitobidagi she’rlarida ham davom ettiradi. Ayniqsa, ushbu ki-tobdagi «Vatan» she’ri diqqatga sazovor. Ushbu asarni Vatan sha’-niga bitilgan madhiya deb atash mumkin.
Sening isming bu dunyoda muqaddasdur,
Har kim sening qadring bilmas – aqli pastdur...
Onamizsan! Bizni(ng) mushfiq onamizsan!
Javlon urub yashaydurgon xonamizsan!
Ushbu she’rda ona yurtning ko‘rkam, ulug‘vor manzarasi chiziladi. Uning tuyg‘usi yuraklarga g‘urur soladi, kishini dardlardan xalos etadi. Uni sevmaslik, e’zozlamaslik, qadriga yetmaslik kishini tubanlashtiradi. E’tibor bering:
Shoir fikricha, farzandlar ham har xil bo‘ladi. Onaning baxtiga sherik bo‘lib, baxtsizligida yolg‘iz tashlab ketadigan farzandlar ham topiladi. Vatanning ham go‘zal tabiatini, ko‘rkam bog‘- rog‘larini xush ko‘radigan, lekin tashvish-g‘amlarini o‘ylamaydigan farzandlari yo‘q emas.
Bizlar uchun xizmat qilur barchalari,
Har birlari noz-u ne’mat parchalari.
Sendan tug‘ub, katta bo‘lub, qaytib borub,
Yana senga kiradurmiz bag‘ring yorub.
Onamizsan! Bizni(ng) mushfiq onamizsan!
Javlon urub yashaydurgon xonamizsan!
Seni sotmoq mumkinmidur, o‘zing o‘yla,
Tiling bo‘lsa, hasratlaring tuzuk so‘yla!
Abdulla Avloniy tarjimai holida aytilganidek, ma’rifatparvar adib Turkiston bolalarining ta’lim-tarbiyasi yo‘lida qo‘lidan kelgan barcha ishlarni qildi. O‘z mablag‘lari evaziga yangi usul maktablari tashkil etish bilan birga, ular uchun ilk darslik va qo‘llanmalar ham yozdi.
Mahmudxo‘ja Behbudiyning «Padarkush» dramasi 1911-yilda yozilgan bo‘lib, oradan ikki yil o‘tgach, ya’ni 1913-yilda kitob holida nashr qilinadi. Behbudiy o‘zbek adabiyoti tarixida birinchilardan bo‘lib dramatik asar yozdi va u Turkistonning barcha shaharlarida namoyish etildi. Bu bilan Behbudiy o‘zbek teatrining tamal toshini qo‘ydi. Dramada jaholat, ilmsizlik, tarbiyasizlikka qarshi ma’rifat ulug‘lanadi.4 Muallif «o‘qimagan bolaning holi»ni, ayanchli oqibatlarini bayon etishni maqsad qilib oladi. Behbudiy yoshlar ta’lim olishi va kamolga yetishida ijtimoiy va oilaviy muhit alohida o‘rin tutishini «Padarkush» dramasi negizidadir.
Ilm-fan hamma zamonlar uchun zarur va muhim bo‘lgan. Olimlar jamiyat taraqqiyoti uchun ma’naviy tayanch vazifasini bajaradi. Shu jihatdan «Padarkush» dramasida aytilgan ilmga doir qarashlar, jaholatga qarshi ma’rifat yo‘lidan yurish zarurligi bugun ham ahamiyatli. Mahmudxo‘ja Behbudiyning ushbu dramasi XX asr boshlarida yozilgan bo‘lsada, hozirgi kun bilan ham chambarchas bog‘liq. Chunki uning zamirida ma’naviy-ruhiy, tarbiyaviy ma’no yotadi. Tarbiya hech qachon eskirmaydigan hamda tugal yechimi topilishi mushkul bo‘lgan masalalardandir. Insonni yoshligidan tarbiyalash lozim. Odam farzandini ham navnihol daraxtga mengzash mumkin. Uni qay tomonga yo‘naltirib tarbiyalansa, umrining oxirigacha ana shu yo‘ldan boradi. Mahmudxo‘ja Behbudiy juda qisqa sahna asari vositasida o‘z ma’naviy dunyosini, ilm-ma’rifatning qadr-qiymatini zo‘r mahorat bilan bayon qiladi. Aynan din ilmlaridan boxabar bo‘lgani uchun uning qahramonlari nutqida «Ilm olish barcha erkak va ayollar uchun ham farzdir», «Beshikdan mozorgacha ilm izlash lozim» yoki «Xitoyga borib bo‘lsa ham ilm talab qilinglar» kabi hadisi shariflarning mazmuni berib boriladi. Domla va Ziyoli nutqini muallif hikmatlar, ibratli gaplarga boy tarzda beradi. Ilmdan yiroq bo‘lgan obrazlar nutqida esa ancha kambag‘al va ko‘cha-ko‘yda qo‘llanadigan so‘zlar ishlatiladi. Shuni ham unutmaslik kerakki, farzandlar aynan ota-onasidan o‘rnak oladi. Bu hayotiy hikmatni Mahmudxo‘ja Behbudiy Toshmurod misolida yetkazmoqchi bo‘lgan, albatta. Xulosa qilib aytganda, «Padarkush» dramasi ana shunday ilm-ma’rifatga targ‘ib va tashviq qilish e’tiboridan juda katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. 5
Turkistondagi maktablar islohoti Behbudiy nomi bilan bog‘liq. Behbudiy yangi usuldagi maktablar tashkil etish ishida jonbozlik ko‘rsatadi. Tirikchilikka o‘zini urgan xalqni dunyoning eng ilg‘or millatlari qatoriga qo‘shish uchun maktablarning o‘zi kamlik qilar edi. Shu bois Behbudiy Samarqand shahrida 1913-yili «Samarqand» nomli gazeta va «Oyna» jurnalini nashr ettira boshlaydi. Ularda millat ahvoli, uning haq-huquqi, milliy til qadri, chet tillarini o‘rganish va tarix masalalariga doir maqolalar e’lon qiladi. Behbudiy o‘z davrida ziyolilarning yetakchisi, ma’rifat fidoyisi, millatparvar sifatida taniladi. Butun umrini jaholat va zulmatni ilm-ma’rifat yog‘dusi bilan yoritishga bag‘ishlagan Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va faoliyati bugungi yoshlarga o‘rnak bo‘lishga arziydi.

Abdulla Qodiriy o‘z davrining ilg‘or bir ziyolisi sifatida Vatan va millat taqdiri xususida qayg‘urdi. Zamon taloto‘plari adib qalbini iztirobga soldi. “O‘tkan kunlar” romani orqali xalqning milliy ongini uyg‘otmoqchi, “tariximizning eng kir, qora kunlari”- yurtni mustamlaka balosiga yo‘liqtirgan keyingi noahil “xon zamonlari”dan so‘z ochib, bu ayanchli haqiqatdan xalqqa saboq bermoqchi bo‘ldi.
Romanning ma’no-mundarija doirasi nihoyatda keng. Unda xilma-xil insoniy taqdirlar, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy, oilaviy-ishqiy muammolar qalamga olingan. Biroq ular orasida yurtning taqdiri, mustaqilligi masalasi alohida ajralib turadi. Asarning bosh qahramonlari Otabek va Yusufbek hoji shu yurt istiqloli, farovonligi, osoyishtaligi yo‘liga hayotini, jonini tikkan fidoyi kishilar sanaladi. “O‘tgan kunlar” romanidagi obrazlarning har biri o‘zicha bir olamki, ular hech qachon bir-birini takrorlamaydi. Ularning hammasi ham yuksak darajada mahorat bilan yaratilgandir. Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” asari - o‘zbek romanchiligining birinchi cho‘qqisidir. Ijodkorning mahorati yana shunda ko‘rinadiki, u o‘zi mansub bo‘lgan xalqning hayotini milliy til vositasida tasvirlayotganida tarixiy hodisalar orqali milliy qahramon va milliy urf- odatlarni bir - biriga uyg‘unlashtirib yuboradi.
“O‘tkan kunlar” romani badiiy niyatiga mavzuni o‘z ona yurti, ona xalqi tarixi, mentalitetidan kelib chiqib ifodalash orqali erishadi. Ikkinchidan, mavzu, g‘oya, obraz yechimi islom ma’rifati hamda jadidchilik ta’limotiga yo‘g‘rilgan va bu esa milliylikni yanada chuqurlashtirgan.
Bundan tashqari , adib folklor asarlarining umumiy ruhidan ilhom olib, o‘zi yaratgan obrazlar xatti-harakatida, ularning faoliyatini tasvir-lashda oilaviy-maishiy muhit, xalqning urf-odatlari va marosimlaridan oziqlanib ijod qildi. Albatta, Abdulla Qodiriyning folklor an’analariga munosabati bevosita emas, balki bilvosita soniyaga ega. Ana shunda ham adib o‘zi yaratgan obrazlarning realistik qiyofasini ishonarli
aks ettirishda, romanlar konfliktini hayotiy asoslarda rivojlantirish va hal etishda xalq og‘zaki ijodi an’analariga murojaat etdi. Aniqroq qilib aytganda, Abdulla Qodiriyning folklor an’analaridan foydalanishi sintezlash asosida amalga oshdi. Adib asarlariga diqqat bilan yondashilsa, ularda xalq hayotiga oid lavhalar, ayniqsa, folklorga xos komik obrazlarni o‘z asari tarkibiga singdirib yuborganligi sezilib turadi.



Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin