Rasulova Sabinaning O’zbek adabiyotini o’qitish metodikasi


JADID ADABIYOTI VAKILLARI IJODINI O‘RGANISHDA FOYDALANILADIGAN METODLAR



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə4/6
tarix27.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#200762
1   2   3   4   5   6
kuuuuuuurs

JADID ADABIYOTI VAKILLARI IJODINI O‘RGANISHDA FOYDALANILADIGAN METODLAR

Adabiyot darslarida "O'tgan kunlar" romanini o'rganishdan avval qisqagina bo'lsa ham kirish mashg'uloti tashkil etish orqali Abdulla Qodiriy o'zbek romanchiligining asoschisi ekanligi, uning o'zbek nasrida realizmni boshlab berganligi, XX asr millat ma'naviy hayotida "O'tkan kunlar" romanining o'rni kabi masalalar yoritiladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ta’lim bosqichlarida jadid adabiyotiga kengroq o’rin ajratilsa, maqsadga muvofiq bo’lar edi.


Masalan, umumta’lim maktablarida Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi 5–7–10 sinflarda 1 soatdan о‘tiladi. Xо‘sh, bu sinflarda yozuvchi hayoti va ijodi bir xilda о‘rganiladimi? Men ushbu masalaga о‘z imkoniyatim darajasida tо‘xtalmoqchiman.
Shu о‘rinda, metodist olim Q. Yо‘ldoshev “Adabiyot о‘qitishning ilmiy–nazariy asoslari” nomli qо‘llanmasida, shu tо‘g‘ridagi fikrlarni keltirishni lozim topdim.
«...adabiyot darslarida hamisha yozuvchilarning tarjimai hollariga oid ma’lumotlar beriladi. Bu ma’lumotlar, kо‘pincha, bir necha sinflarda takror–takror keltiriladi va biri– biridan jiddiy farq qilmaydi. Yuqori sinflarda esa tarjimai holga juda katta о‘rin ajratilib, adibning hayoti va ijod yо‘liga ancha batafsil tо‘xtalinadi. Shuning uchun ham о‘quvchilarimiz adiblarni faqat ism-u sharifi va yozgan asarlaridangina farqlay olishardi, xolos,» – deb yozgan va barchaning diqqatini yozuvchi hayoti va ijodini о‘rgatishdagi asosiy kamchiliklarga tortgan. Adabiyotshunos olim B. Tо‘xliyev esa, “Adabiyot о‘qitish metodikasi” nomli о‘quv qо‘llanmasida ham yozuvchi tarjimai holini о‘rgatish masalasiga tegishli quyidagi mulohazalarni bayon qilgan: “Badiiy asarlarni о‘rganishda uning muallifi haqidagi ma’lumotlar ham ayricha ahamiyat kasb etadi. Bu ma’lumotlar kо‘pincha, asarning g‘oyaviy badiiy mazmunini teranroq anglashda, asarning ijtimoiy–estetik mohiyatini tо‘g‘ri belgilashda yordam beradi.
Mazkur ma’lumotlar qayerlardan olinadi? Ularni adiblarning о‘zlari yozib qoldirgan tarjimai hollaridan, adib haqida aytilgan zamondoshlari, uning tengdoshlari, ustozlari yoki shogirdlari, tanish–bilishlari yoki yozma holida yetib kelgan manbalardan olinishi mumkin. Bu boradagi eng yaxshi omillardan yana biri adib va yozuvchilarning asarlarida saqlanib qolgan materiallardir”.
Darhaqiqat, mustaqillik davri adabiy ta’limining yetakchi xususiyatlarini о‘quvchi ma’naviyatini yuksaltirish, ijodkorning hayoti haqidagi ma’lumotlarni о‘rgatish vositasida yoshlarda ham yaratuvchilik, bunyodkorlik xislatlarini tarkib toptirish, ularning mustaqil fikrlash salohiyatini rivojlantirish, ijodkor shaxsiga xos namunaviy sifatlar ta’sirida о‘quvchilarning ilmga, san’at va adabiyotga mehrini, hurmatini о‘stirish, muayyan ijodkor ruhiyatini his qilish vositasida о‘quvchilarni о‘zga odamlar qalbini anglashga о‘rgatish, о‘zgalar dardini anglashga yо‘llash kabilar tashkil etadi.
Shu tamoyildan kelib chiqib qarasak, Abdulla Qodiriy faqat asarlari bilan emas, balki bosib о‘tgan hayot yо‘li, о‘zining yaxshi fazilatlari bilan ham о‘quvchilarga katta ta’sir kо‘rsatadi. “О‘tkan kunlar” ning ma’no – mundarijasi doirasi keng, unda xilma–xil ijtimoiy, ma’naviy muammolar sharoit, vaziyatdagi turmushi, ahvol–ruhiyati, aks ettirilgan. “О‘tkan kunlar” romanida xalqimizning muayyan tarixiy ma’naviy dunyosi, bо‘y–basti, qiyofasi keng kо‘lamda aniq–ravshan gavdalantirilgan, xalqning dunyoqarashi bor holicha kо‘rsatilgan. О‘zbekning urf–odatlari, oila qurish, uy–rо‘zg‘or tutish, mehmon kutish, er–xotin, ota–bola munosabatlari, tо‘y-yu aza, har xil majlislar, quvonchli, zavqli damlar, dramatik–fojiaviy voqealar, kechinmalar, hayot –mamot ahamiyatiga molik ulkan ijtimoiy–tarixiy hodisalar, о‘rda hayotidan tortib, oddiy miskin kimsalarning xilma–xil tabaqaga mansub kishilarning turmush tarzi, tashvish–quvonchlari mujassam.
Bundan tashqari A.Qodiriyning “О‘tkan kunlar” romanida pok muhabbat tarannum etilgan. Adib romanda yaxshi odamlar qalbidagi zakovat va saxovat, ular orasidagi mehr–ehtirom, bir – biriga muhabbat, samimiyat, sevgi – sadoqat, fidoiylik tuyg‘ularini topib tasvirlaydi.
“Bitta narsani hammamiz bilishimiz kerak. Adabiyotsiz iqtisodiyot ham, ma’naviyat ham bo‘lmaydi. O‘zini hurmat qilgan inson Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”ini bir emas, bir necha marta o‘qigan bo‘ladi. Nimaga desangiz, uni o‘qigan odam hech qachon oilaga xiyonat qilmaydi, kerak bo‘lsa vatanga xiyonat qilmaydi, deb aytgan edi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurgan chog’idan. Haqiqatdan ham, yurtimizda “O’tkan kunlar” asari kirib bormagan biror bir xonadon bo’lmasa kerak. “O’tkan kunlar” romani yaratuvchilikka, ezgulikka, gо‘zallikka intiluvchan yoshlarni tarbiyalash, ular kо‘nglida yetuk insonlarga havas hissini uyg‘otish, el e’zoziga sazovor bо‘lgan sо‘z san’atkorlari kabi qalbi uyg‘oq shaxslarni voyaga yetkazish mumkin.
Umumiy o’rta ta’limning 10–sinfda va akademik litseylarning I bosqichida “О‘tkan kunlar” romanini ana shu maqsadlardan kelib chiqib о‘rganishdan avval kirish mashg‘uloti tashkil etish maqsadga muvofiq. Bunday kirish mashg‘ulotida о‘quv dasturida belgilangan vazifalar qisman hal etiladi:
– Abdulla Qodiriy о‘zbek romanchiligining asoschisi ekanligi; –о‘zbek nasrida realistik metodning qaror topishida Qodiriyning xizmatlari;
–XX asr millat ma’naviy hayotida “О‘tkan kunlar” romanining о‘rni.
Demak, romanning ijodiy tarixi va taqdiri kabi masalalar yoritilаyotganda, о‘qituvchi adabiyotshunos olimlardan Ozod Sharafiddinov, Umarali Normatov, Naim Karimovning “О‘tkan kunlar” haqidagi risola va maqolalaridan ayrim kо‘chirmalarni о‘qib bersa, dars yanada mazmunli о‘tadi. Shuningdek, Abdulla Qodiriyning о‘g‘li Habibullo Qodiriyning “Otam haqida”, shoir Shukrulloninng “Kafansiz kо‘milganlar” tarixiy hujjatli asarlaridan ham qiziqarli ma’lumotlarni keltirib о‘tish foydalidir. Xullas, dars jihozlari sifatida adibning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan adabiy albom, matbuot materiallari, adabiyotshunos olimlar asarlari tanlanadi. Ular sinfda yaxshigina kо‘rgazma holida qо‘yilib, о‘quvchilarga taqdim etiladi. Romanda turli ijtimoiy guruh vakillarining obrazlari mavjud. Hech kimga sir emaski, obraz yaratish murakkab jarayondir. Har bir obraz tarixiy, hayotiy voqea va badiiy tо‘qima faktlarning tajassumidir. Otabek, Yusufbek hoji, Mirzakarim qutidor, Ziyo shohichi, Homidlar– davlamand va savdogarlar muhiti vakillari: Azizbek, Musulmonqul, Xudoyorxon, О‘tabboy qushbegilar–hukmdor sinf vakillari bо‘lib, adib bu obrazlarni yaratar ekan, real protiplarga va tarixiy xronikal mateialga tayangan; Usta Olim, Hasanali –fuqarolar sinfidan bо‘lishsa, xilma–xil xarakterdagi xotin–qizlar obrazi: Kumush, Oftoboyim, Xushrо‘y, О‘zbek oyim timsolini yoritish yozuvchidan ancha mahorat talab qilgan va shuni e’tirof etmoq joizki, buni adib uddasidan chiqqan. Yozuvchining shu mahoratidan kelib chiqib, dars jarayoninida asarni tahlil qilishda “Teskari test” metodidan foydalanish ham asar qahramonlarining portretini chizishda juda qo’l keladi. Bunda testning javobi belgilanadi va o’quvchilar shu javobga muvofiq savol tuzadilar va bu metod javobga nisbatan qanday fikrlar borligini ko’rsatadi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin