Rasulova Sabinaning O’zbek adabiyotini o’qitish metodikasi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə1/6
tarix27.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#200762
  1   2   3   4   5   6
kuuuuuuurs



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
Navoiy davlat pedagogika instituti
O’zbek tili va adabiyoti fakulteti
O’zbek adabiyoti kafedrasi
4’’D’’- guruh talabasi
Rasulova Sabinaning
« O’zbek adabiyotini o’qitish metodikasi» fanidan
«Umumta’lim maktablarida jadid adabiyoti vakillari ijodini o’qitish» mavzusida yozgan

KURS ISHI


Ilmiy rahbar: D.O. Fayziyeva
Navoiy-2023
MAVZU: UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA JADID ADABIYOTI VAKILLARI IJODINI O'QITISH
Reja:
I. KIRISH
II. ASOSIY QISM
1.BOB. Adabiyot darsliklaridagi jadid adabiyoti namoyondalari ijodi.
2. BOB. Umumta'lim maktablarida jadid adabiyotini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish.
3. BOB. Jadid adabiyoti namoyondalari ijodini o‘qitishda foydalaniladigan metodlar.
III. XULOSA
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Bugungi kunda bilimli va ma'naviyatli shaxs tarbiyasi ko‘p jihatdan umumta'lim maktablari zimmasiga tushishi ko‘p bora ta'kidlab kelinmoqda. Ayniqsa, adabiyot ta'limi bu borada yetakchi va asosiy o'rinda turadi. Shundan kelib chiqib, adabiyot darslarida darslikda berilgan badiiy asarlarni o‘rganishni o‘qituvchi shunday tashkil etishi kerakki, bu jarayonda o‘quvchisining diqqat- e'tibori asarda nima deyilayotganligigagina emas, balki asaridagi fikr qanday aytilayotganligiga, to‘g'rirog'i muallifning mahorati qay darajada ekanligiga, ifodaning go'zallik darajasiga e'tibor qaratilishi lozim.
Badiiy asar matni tahlilga tortilishi jarayonida o'z- o'zidan asar qahramonlarining xarakterli tomonlari, boshqalarnikiga o'xshamaydigan o'ziga xos xususiyatlari ( bu ularning gap-so'zlarida va xatti-harakatlarida, boshqalar bilan muomala- munosabatlari tasvirida namoyon bo'ladi, albatta) ko'rinadi va yana mahorat bilan tasvirlangan joy va tabiat tasviri ham o'quvchi ko'z o'ngida asar voqealarini to'laqonli jonlantiradi. Buning uchun badiiy asar matnini alohida e'tibor va mahorat bilan tahlilga torta olish ham o'qituvchidan talab qilinadi.
Yosh avlodning kitobxonlik saviyasini oshirish, estetik didini yuksaltirishga, asarni yaratishda yozuvchi ruhiyatida kechgan holatlarning mohiyatini anglatishga, tuyg'ularini o'quvchi qalbida qayta jonlantirishga erishish yo'llarini aniqlash orqali o'quvchida ham o'ziga xos muayyan tuyg'u va fikr, nuqtai nazar, mushohada-muhokama, munosabatni yuzaga keltirish mumkin.
Ilm-ma'rifat, ta'lim-tarbiya hamma davrlar uchun ham dolzarb bo'lib kelgan. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 24-yanvarda « Mamlakatni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to'g'risida» parlamentga Murojaatnomasida1 ta'lim-tarbiya va o'qitish tizimi haqida gapirar ekan, ilm-ma'rifat va texnologiyalar rivojiga ham alohida ahamiyat qaratdi. «SHARQ donishmandlaridan aytganidek, — Eng katta boylik-bu aql—zakovat va ilm, Eng katta meros— bu yaxshi tarbiya, Eng katta qashshoqlik— bilimsizlikdir. Shu sababli, hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o'zlashtirish, chinakam ma'rifat va yuksak madaniyat egasi bo'lish, uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak,» deb ta'kidladilar yurtboshimiz o'z ma'ruzalarida. Murojaatnomada yana ona tili va adabiyotini qaytadan isloh qilish, ona tili tizimini shakllantirish, adabiyotga alohida e'tibor berish masalalariga ham alohida to'xtalib o'tdilar. Jadid adabiyoti vakillari ijodini chuqur o'rganib, yoshlarni ularning asarlari, yashagan adabiy muhiti bilan yaqindan tanishtirish haqida so'z yuritdilar. O’tgan 2019-yilning 26-dekabrida Abdulla Qodiriy tavalludining 125 yillik to’yiga yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan Rossiya kinofondida saqlanib kelinayotgan “O’tkan kunlar” romani asosida ishlangan kinofilmning asl rangli nusxasi xalqimizga to’yona sifatida taqdim etildi.2 Bu ham asarning xalqimizning sevimli asari ekanligidan dalolat beradi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin