15
asosiy sababi, transaksiya sektorining o‘sishi hisoblanadi,
va u rivojlangan
mamlakatlarda milliy YIMning 70%dan ortig‘ini tashkil qiladi. Bu sektor tarkibiga
quyidagilar kiradi: davlat boshqaruvi, konsalting va axborot hizmatlari ko‘rsatish,
moliya, ulgurji va chakana savdo, shuningdek, turli kommunal, personal va ijtimoiy
hizmatlar ko‘rsatish.Iqtisodiyotda dinamika va diversifikatsiya darajasi qanchalik
yuqori bo‘lsa, mamlakat ichkarisida va tashqarisida shunchalik katta hajmdagi
noyob ma’lumotlar aylanadi,
mos ravishda, milliy iqtisodiyot doirasida ham
kattaroq axborot trafigi vujudga keladi. Shu sababli, raqamli iqtisodiyot hamda
elektron tijorat information texnlologiyahizmatlarining kirib borish darajasi yuqori
va qatnashchilar soni ko‘p bo‘lgan bozorlarda eng samarali faoliyat
ko‘rsatadi.Birinchi
navbatda, bu e-segmentning ulushi YIM 10%ini tashkil
qiladigan, bandlik 4%dan yuqori bo‘lgan va bu ko‘rsatkichlar yaqqol o‘sish
tendensiyasiga ega bo‘lgan internetga qaram tarmoqlar (transport, savdo, logistika
va h.k.) bilan bog‘liq. Texnologik jihatdan, raqamli iqtisodiyot va elektron
tijoratning rivojlanishini to‘rtta asosiy trend belgilab beradi: bular, mobil
texnologiyalar, biznes-modellar, bulutli texnologiyalar va ijtimoiy media vositalari.
Bu esa o’z
navbatida shuni anglatadiki, milliy segmentni shakllantirishda ularning
imkoniyatlaridan to’liq foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.Shu bilan bir
vaqtda, milliy raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratga ichki va tashqi
investitsiyalarni samarali jalb etish va undan dividendlar olish uchun qulay
ishbilarmonlik
muhitini yaratish, salmoqli inson kapitalini tayyorlash, boshqaruv
jarayonini ham rivojlantirish zarurdir. Bularning barchasi iqtisodiy o‘sishning
poydevori hisoblanadi va xuddi shu sababli, ularni rivojlantirish chora-tadbirlari
majmuini aniqlash lozim. Raqamli iqtisodiyot va elektron
tijorat sohasiga oid
yuqorida aytib o’tilgan fikrlarni keng halq ommasiga va ayniqsa, talaba-
magistrantlarga yetkazish maqsadida yozilgan
ushbu o’quv qo’llanmaxuddi shu
va shunga o’xshash masala va muammolari ommabop ravishda taqdim etishga
va imkoniyat darajasida yoritishga bag’ishlangan.
Dostları ilə paylaş: