207
yuqori turg’unlikka ega bo’lgan kriptotizimlarni yaratishni taqozo qildi. Bunday
kriptotizimlarni yaratish usullaridan biri shifrlash usullarning kombinashiyalangan
tartibda qo’llanilishidir. Quyida eng kam vaqt sarf qilgan xolda kriptoturg’unlikni
jiddiy ravishda oshirish imkonini beruvchi shifrlashning kombinatsiyalangan usuli
haqida gap boradi. Shifrlashning ushbu kombinatsiyalangan usulida ma’lumotlarni
shifrlash ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda ma’lumotlar standart
usul (
masalan, DECusuli
) yordamida shifrlansa, ikkinchi bosqichda shifrlangan
ma’lumotlar ikkinchi bor mahsus usul bo’yicha qayta shifrlanadi. Mahsus usul
sifatida ma’lumotlar vektorining elementlarini noldan farqli bo’lgan son
matritsasiga ko’paytirishdan foydalanish mumkin. Gammalashni qo’llashda agar
shifr gammasi sifatida raqamlarning takrorlanmaydigan ketma-ketligi ishlatilsa,
shifrlangan matnni fosh qilish juda ham qiyin bo’ladi. Odatda shifr gammasi har
bir so’z uzunligidan katta bo’lsa va dastlabki matnning hech qanday qismi ma’lum
bo’lmasa, shifrni faqat to’g’ridan-to’g’ri saralash orqaligina fosh qilish mumkin.
Bunda kriptoturg’unlik kalit o’lchami orqali aniqlanadi. Shifrlashning bu usulida
ko’pincha himoya tizimining dasturiy ko’rinishda amalga oshirilishida
foydalaniladi va shifrlashning bu usuliga asoslangan tizimlarda bir soniyada
ma’lumotlarning bir nacha yuz kilobaytini shifrlash imkoniyati mavjud.
Rasshifrovka qilish jarayoni – kalit ma’lum bo’lganda, shifr gammasini qayta
generatsiyalash va uni shifrlangan ma’lumotlarga singdirishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: