Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma



Yüklə 5,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə211/414
tarix20.11.2023
ölçüsü5,77 Mb.
#163352
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   414
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

Chronopay
kompaniyasining R&D-
bo’limi boshlig’i 
Dmitriy Artimovich
quyidagi fikrni bildiradi: “
Bitkoin uni dollar 
yoki boshqa turdagi valyutaga almashtirish mumkin bo’lmagani qadar mavjud 
bo’ladi. Hech qanday mamlakat o’z moliyaviy tizimini qandaydir tushunarsiz 
valyuta ixtiyoriga berib qo’ymaydi. Chunki bitkoinning rivojlanishi bir qancha 
savollarni yuzaga keltiradi: Kim bu ishni moliyalasjtirgan? Kim birinchi marta 
kriptovalyuta almashtirish punktlarini tashkil qilgan? Kriptovalyutalar ko’proq 
kimning qiziqish va intilishlariga mos keladi? Kriptovalyutalar kimlarning 
maqsadlarini amalga oshirish uchun hizmat qiladi? va xakazolar. Boshqa 
tomondan qaraganda, jahondagi ko’pchilik moliyaviy oqimlarni mahsus hizmatlar 
nazorat qilishga intiladilar. Shuning uchun ham kriptovalyutalar tizimi o’z-o’zidan 
paydo bo’lgan degan fikrga ishonish biroz qiyin. Balki uni g’arb mahsus 
hizmatlari tashkil qilib, uni qandaydir usulda nazorat qilish va boshqarish 
mexanizmini ham ishlab chiqqan bo’lsalar ajab emas
”. Lekin 
CyberFund
blokcheyn platformasini ishlab chiqqan dasturchi Valeriy Litvin bu borada 
boshqacha fikrni bildiradi: “
Binkoinni mahsus hizmatlar ishlab chiqqan va uni 
bekdoor (tizimni izdan chiqarish imkoniyati) bilan ta’minlaganlar degan fikr 


315 
dunyo miqyosidagi fitna nazariyasi kabi asosga ega emas, chunki blokcheyn 
loyihalarning bacha kodlari ochiq va ularni istalgan inson (yoki tashkilot) istalgan 
paytda tekshirib audit qilishi mumkin. Undan tashqari, xuddi bitkoin singari 
boshqa turdagi kriptovalyutalar ham paydo bo’layapti va ular ham blokcheyn 
texnologiyasi asosida yaratilgan. Ular bitkoinga nibatan ancha katta bo’lgan 
anonimlilik darajasiga ega bo’lishlari mumkin
”. Ammo dunyodagi yirik va ko’zga 
ko’ringan moliyachilarning kriptovalyutalar bo’yicha turli-tuman munozaralariga 
qaramay, raqamli kriptovalyutalar borgan sari ko’proq jahon iqtisodiyotiga ta’sir 
qilayaptilar va ularga bo’lgan investitsiyalar miqdori kun sayin ortmoqda. Nima 
uchun kriptovalyutalar kursi juda tez o’zgaradi va unga egalik qilishda 
tavakkalchilik miqdori juda ham katta miqdorda degan savolga quyidagicha javob 
berish mumkin. Moliyaviy ekspertlarning fikricha, kriptovalyutalarning ortida real 
iqtisodiyot, tovar va hizmatlar harakati, kapital harakati, to’lov qobiliyati pariteti 
kabilar turmaydi, xuddi shu tufayli ham kriptovalyutalar ularni boshqarish 
bo’yicha yangiliklar va shu kabi boshqacha stress faktorlarga juda ham 
sezgirdirlar. Shu tufayli turli mamlakatlarda kriptovalyutalarga turlicha yondoshuv 
mavjud: Ba’zi mamlakatlarda ular umuman nazorat qilinmaydilar, boshqalarida esa 
kriptovalyutalar allaqachon to’lov vositasi sifatida ishlatiladilar. Bu yo’nalishda 
umumjahon qonunlari paydo bo’lishi ham ehtimoldan holi emas. Kriptovalyutalar 
bozorining kelajakdagi xolatiga nazar solsak, bu bozorda tavakkalchilik xali-hanuz 
ancha yuqori bo’ladi. Shuning uchun ham uzoq va qisqa muddatli perspektivalarda 
ko’tarilish va pasayishga tayyor bo’lgan investorlargagina bu bozorda o’ynash 
tavsiya etiladi. Quyida nima sababli, kriptovalyutalar kursi tez-tez va shiddatli 
tarzda o’zgarishining yana boshqa bir qancha sabablari keltiriladi:Bularning 
birinchisiga xuddi oddiy pullar va qimmatli qog’ozlar bozorida bo’lgani kabi

ruhiy
” faktorlarni kiritishimiz mumkin. Masalan, investorlarni kutish, talabning 
vaqtinchalik ko’payib ketishi, talab o’sishining sekinlashuvi, juda tez o’sishdan 
so’ng charchoqlik xolati kabilar. Kriptovalyutalar bozorining boshqa turdagi 
aktivlar bozoridan asosiy farqi - uning iqtisodiyot bilan uzviy bog’liq emasligidir. 
Mamlakatlar iqtisodiy hayotiga bitkoinlar kursining o’sishi yoki kamayishi 


316 
xozircha ta’sir qilmaydi. Aksincha, dollar kursi tebranishi yoki neft narxi 
o’zgarishi iqtisodiyotga katta ta’sir ko’rsatadi. Ikkinchi sabab, kriptovalyutalarning 
yangi raqamli valuta turiga mansubligidir. Ko’pchilik uning nimaligini juda yaxshi 
tushunmaganligi sababli informatsion o’yinlar vositasida kriptovalyutalar kursini 
ko’tarish yoki tushirib yuborish mumkin. Bunda ommaviy axborot vositalari va 
ijtimoiy tarmoqlar katta ahamiyatga ega. Internetdagi qandaydir yangilik uning 
kursini tushirsa, boshqasi kursni ko’tarib yuboradi. Bu boradagi ko’pchilik 
ma’lumotlarni tekshirishning o’zi ham katta muammodir. Uchichi sabab sifatida 
kriptovalyuta dastur kodining yangilanishini (
hardfork
) keltirish mumkin. Kurs 
ma’lum maksimal darajaga yetgandan so’ng, oldi-sotti vaqtincha to’xtatilishi 
mumkin, ammo bu umumiy xolatga katta ta’sir ko’rsatadi. Bitkoinning kursi juda 
ham o’zgaruvchan (
volatil)
bo’lgani uchun yirik investorlarning savdoga aralashuvi 
kursni anchagina o’zgarishiga olib keladi. Bu esa bitkoin puffagi xali bir necha bor 
kattalashishi va kichiklashishi mumkinligini anglatadi. Bitkoin kursi qachon 
stabillashishini xozircha hech kim bashorat qila olmaydi, shuning uchun bitkoin 
egalariga sabr qilish tavsiy etiladi.
Qaysi kriptovalyutani sotib olish kerak va qaysisini sotish kerak degan 
savolga javob berish ham juda murakkab masala. Ammo hozirgi sharoitlarni 
hisobga olgan xolda bitkoindan voz kechish ham unchalik to’g’ri bo’lmas. Negaki 
xozirgi paytda investorlar unga juda qattiq ishonadilar. Bitkoinga bo’lgan ishonch 
bitcoin cash
va 
bitkoin gold
ga bo’lgan ishonchga nisbatan ancha katta miqdorda. 
Undan tashqari, bitkoinning boshqa koinlarga nisbatan ishonch zahirasi anchagina 
kattaligini payqash mumkin. Agarda eng ommabop raqamli valyuta – bitkoinga 
al’ternatuva qidirilsa, u xolda bir qancha variantlarni taklif etish mumkin. Masalan, 
bitkoin daromad darajasi bo’yicha bir qancha kriptotokenlardan quyiroqda yuradi. 
Misol uchun, 

Yüklə 5,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   414




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin