311
Shu munosabat bilan 2017 yilni qo’rqmasdan
bitkoin yili deb aytish mumkin,
chunki yil boshida uning narxi 1000 dollar bo’lgan bo’lsa, yil davomida 20000
dollargacha o’sish kuzatildi, kelajakda esa uning narxi 100 000 dollagacha
ko’tarilishi mumkin ekan. Bunday ma’lumotni
JPMorgan Chase
amerika
moliyaviy
xoldingi bosh direktori
Delivering Alpha
deb nomlangan bank
konferentsiyasida aytib o’tdi (12/09/2017 yil). Ammo uning fikricha,
kelajakda
kriptovalyutalar bozori bir ko’pik sifatida juda katta miqdorga yetganidan so’g
yorilib ketadi, chunki unga bo’lgan talab ko’pchilik xollarda sun’iy talabdir – u
an’anaviy pullar bozori bilan to’liq integratsiyalashmagan. Kriptovalyutalar
bozorining rivojlanishini qisqacha ravishda quyidagicha tavsiflash mumkin:
Bitkoin tushunchasi birinchi marotaba 2008 yilda Satosi Nakomoto ismli
inson nomidan kiritilgan.
Bitkoinning asosida elektron zanjir orqali ma’lumotlar uzatish texnologiyasi
– blokcheyn yotadi.
Blokcheynning turli elementlari har xil komp’yuterlarda
saqlanadi va
ularning xaqiqiyligi aniq matematik algoritmlar orqali nazoratchi organlar
ishtirokisiz tasdiqlanib turadi .
2017 yil 1 avgustda bitkoin ishlab chiqaruvchilar uning tezroq ishlaydigan
analogi Bitcoin Cashni yaratdilar.
Bitkoinning kriptovalyutalar bozoridagi eng
asosiy raqobatchisi rossiya-
kanada dasturchisi tomonidan 2013 yilda ishlab chiqilgan kriptovalyuta
Etherium
yoki Efir hisoblanadi.
Kiptovalyutalar bozorining rivojlanishini 2000 yillar boshida ro’y bergan
“
dotcom
” lar bo’yicha katta qiziqish va uning nima
bilan tugagani bilan ham
solishtirishimiz mumkin. O’sha davrda domen ismlari
.com
bilan tugaydigan
texnologik kompaniyalar aktsiyalariga juda katta
qiziqish kuzatilgani tufayli,
birjalarda zamonaviy nomlar bilan atalgan,
.com
domen nomi bilan tugaydigan,
ammo amalda mavjud bo’lmagan kompaniyalarning
aktsiyalari faol sotila
boshlandi. Bu firibgarlik ma’lum bo’lib qolganidan so’ng,
dotcom
kompaniyalarning aktsiyalari juda ham tushib ketdi va ko’pgina kompaniyalar
312
buning oqibatida xonavayron bo’ldilar.
Dostları ilə paylaş: