Reja: Rossiya federatsiyasi: xo’jaligi, sanoati, tuzilishi va boshqa ko’rsatkichlari Rossiyadagi asosiy iqtisodiy islohatlar yo‘nalishlari Rossiyaning tashqi siyosati va savdo aloqalari Rossiya federatsiyasi REJA : Jahon xo‘jaligida Rossiyaning o‘rni va roli Tabiiy resurslar va mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlarining o‘ziga xosligi Rossiyadagi asosiy iqtisodiy islohatlar yo‘nalishlari Rossiya tashqi savdo aloqalari
Rossiya Federatsiyasi (RF) 17,1 mln. kv. km. lik katta hududga ega bo‘lib, u egalab turgan terrritoriyasi jihatdan dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Rossiya Sharqiy Yevropaning katta qismini va Osiyo qit’asining ma’lum maydonini tasarruf etgan. Rossiya hududi jihatidan butun G‘arbiy Yevropa davlatlari egallab turgan maydondan ham bir necha bor ziyod va 14 ta chet el davlatlari bilan chegaradoshdir.
Mamlakat aholisi – 146 mln. kishidan iborat bo‘lib, u aholi soni jihatidan dunyoda Xitoy, Hindiston, AQSH, Indoneziya va Braziliyadan keyin 6-o‘rinda turadi. Aholi tarkibi xilma-xil bo‘lib, unda 100 dan ortiq turli millat vakillari istiqomat qiladi. Shuning 83 foizi ruslardan iborat. 75 foiz aholi esa shaharlarda yashaydi.
Rossiya Federatsiyasi mustakil davlat sifatida 1991 yil 12 iyulda e’lon qilindi. U BMT va MDH a’zosi. Davlat tuzumi – federativ respublika. Rossiya Federatsiya 20 ta avtonom respublika va 10 ta avtonom okrugi ma’muriy hududdan iborat.