Asatov Farxod Rossiya federatsiyasi


O`zbekiston-Rossiya munosabatlari



Yüklə 23,05 Kb.
səhifə8/9
tarix07.01.2024
ölçüsü23,05 Kb.
#201836
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Rossiya

O`zbekiston-Rossiya munosabatlari

Rossiya o`rtasida tovar ayirboshlash hajmi 1 mlrd. 149,1 mln. AKSH dollariga yetdi. UzR dan Rossiyaga paxta tolasi, yengil avtomobil, mevasabzavot mahsuloti va b. yuboriladi. Rossiyadan mexanik va elektr mashinauskuna, transport vositalari, qora metall, plastmassa va undan tayyorlangan mahsulotlar, doridarmon, yogʻoch, kimyo sanoati mahsulotlari va b. keltiriladi. Ikki mamlakat ishbilarmonlarining hamkorligi tufayli OʻzR da 520 ta qoʻshma korxona barpo etilgan. Ular orasida Rossiya sarmoyasi 100% boʻlgan oʻnlab korxona bor. Ular oziq-ovqat, toʻqimachilik, yogʻochni qayta ishlash, doridarmon i.ch., mashinasozlik, q.x. mahsulotlarini qayta ishlash sohasida faoliyat yuritadi. Rossiyaning salkam 40 ta kompaniyasi, jumladan, "Aeroflot", "Avtovaz", "Zarubejneftgaz", "LUKoyl", "Texmashimpeks" va b. oʻz vakolatxonalariga ega. Rossiyada oʻzbek rezidentlari ishtirokida tashkil etilgan 167 korxona, shu jumladan, 72 qoʻshma korxona bor. I.ch. sohasida, ayniqsa, aviasozliqda avvalgi kooperatsiya aloqalari sakdanib qolgan.


Oʻzbek gazini Rossiya orqali oʻzga davlatlarga oʻtkazish, shuningdek, yangi neft va gaz manbalarini qidirib topish, ularni qazib olish va qayta ishlash sohasida oʻzaro hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Rossiyaning "Gazprom" aksiyadorlik jamiyatlari birlashmasi bilan "Oʻzbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi oʻrtasida strategik hamkorlik qilish toʻgʻrisida hamda "Oʻzbekneftgaz" bilan "LUKoyl" oʻrtasida mahsulotni taqsimlashga oid bayonnoma tayyorlash hakida imzolangan hujjatlar bu borada muhim voqea boʻldi. Ikki mamlakat regionlarining iqtisodiy hamkorligi uzluksiz rivojlanmokda. Moskva sh. va viloyati, Sankt-Peterburg , Yaroslavl viloyati, Boshqirdiston, Mordoviya, Tatariston respublikalari, Sibir va Ural regionlarining ishbilarmon doiralaridan OʻzR ga delegatsiyalar kelib turadi, ular OʻzR xoʻjalik yurituvchi subʼyektlari bilan oʻzaro manfaatli shartnomalar tuzdi. Chkalov nomidagi aviatsiya i.ch. birlashmasi, "UzDEUavto", "Oʻzavtoyoʻl" bilan tuzilgan shartnomalar shu jumlaga kiradi.

Yüklə 23,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin