Tabiiy resurslar va mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlarining o‘ziga xosligi
Rossiya dunyoda ma’danli xom ashyo resurslar zahirasi mavjudligi bo‘yicha asosiy rol o‘ynaydi. Mamlakatning bugunda mavjud bo‘lgan qimmatbaho yerosti va yer usti boyliklari zihirasi 28,6 trln. dollarni tashkil etadi. Hozirda Rossiya dunyodagi jami yerosti qazilmalarini qazib olish bo‘yicha yetakchi sanaladi. Xususan, bu yerda dunyoning 10 % nefti, 30 % tabiiy gazi, 10 % toshko‘miri, 14 % temir rudasi, 15 % rangli va kam uchraydigan metallar qazib olinadi. Rossiya MDH mamlakatlari ichida zahira foydali qazilmalari borligi jihatidan ham oldinda. U MDH mamlakatlar ichida 85 % neft zahirasiga, 53 % - simob, 95 % - nikel, 78 % - boksit zihirasiga ega sanaladi. Rossiyada o‘rmonlar aholi jon boshiga 5 gektardan ortiqroq to‘g‘ri keladi (bu Kanadada 8,6 gektarni, AQShda esa 0,8 gektarni tashkil etadi).
Rossiya tabiiy-xomashyo kapitalining 25-30 foizi milliy-boylik sanaladi. 30-60 %i zahira esa rentabellsiz hisoblanadi. Shu bois milliy boylik summasining 8-10 %ini ma’danli – xomashyo bazasi tashkil etadi va uning taxmin qilingan 28 trln. dolaridan 1,5 trln. dollarigina hozirda foydalanishga yaroqli sanaladi.
Rossiyadagi asosiy iqtisodiy islohatlar yo‘nalishlari
Ma’lumki, Rossiya bozor iqtisodiyotiga 1990 yillar boshidan o‘ta boshlagandi. Mamlakatda pala-partish holatda bozor munosabatlariga o‘tilishi mayda korxonalarni, zamonaviylashmagan ishlab chiqarish tizimini, tashqi iqtisodiy aloqalarda tartibsizlik va korxonalarni xususiylashtirishda qiymat va baholash borasidagi mutanosibliklarni keltirib chiqardi. Bu esa mamlakatni ancha obro‘sizlantirdi. Endi Rossiya hukumati oldida bu muammoni hal etish uchun ikkita yo‘l mavjud edi. Birinchidan, iqtisodiy ahvolni to‘la o‘zgartirish uchun aksariyat korxonalarni ishlab chiqarilgan qat’iy tartiblar ostida xususiylashtirish. Ikkinchidan, bozorni rivojlantirish uchun davlat nazoratini, rolini o‘rnatish.
Davlat byudjeti amalda iqtisodiy siyosatga qaratilgan bo‘ladi. Aksariyat mamlakatlarda davlat byudjeti shitob bilan o‘smoqda. Dunyo tajribasidan ma’lumki, agarda mamlakatda iqtisodiy tahchillik sezilsa, davlat ushbu byudjet hisobidan aholi turmush tarzini ma’lum muddatlargacha barqaror ushlab turadi. Rossiyada esa ko‘pdan buyon davlat byudjetida taqchillik sezilib qoldi va hozirgi kunda u ijobiy holga kelmoqda.