Yangi soliqlar tizimiga o‘tish, korxonalar foydasi va fuqarolardan undiriladigan soliqlar darajasini oshirish byudjetni muntazam ta’minlaydi. Shu jihatdan Rossiyada soliqlar tizimi uch xil – federal, oblastlar va mahalliy. Yaqinda isloh etilgan bu soliqlar tizimi Rossiya byudjetining to‘lishga ko‘mak bera boshladi.

Pul-kredit siyosati-davlatni moliyaviy tartibga solishning g‘oyat muhim usullaridan biridir. U pirovordida jamiyatda makroiqtisodiy barqarorlikka erishishga qaratilgan. Rossiyada pul-kredit siyosatini amalga oshiruvchi muassasa Markaziy Bank (MB) hisoblanadi. U bu siyosatni uch xil vosita orqali boshqaradi: mavjud pul zahirasi, MB ning stavkalaridagi foiz darajasi, tijorat banklari moliyalashtirayotgan mablag‘larni boshqarish.
Davlat qurilishi tofoautlari nuqtai nazaridan hozirda rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiy munosabatlarni boshqarish vazirlik va idoralarga yuklatilgan. Chet el tajribasining ko‘rsatilishicha, bu borada boshqaruv 12-15 ta vazirlikdan oshmasligi kerak. Rossiyada esa buning aksi, bu yurtda davlat boshqaruvi -24 ta federal vazirlik, 18 ta davlat ko‘mitasi, 17 ta federal xizmat, 5 ta federal agentlik, 3 ta federal komissiya va 1 ta boshqarma faoliyat yuritib keladi. So‘nggi yillarda boshqaruv tizimida ham juda katta qisqarish ro‘y berdi va u ijobiy tomoniga o‘zgardi.