Rossiya Federatsiyasi mustakil davlat sifatida 1991 yil 12 iyulda e’lon qilindi. U BMT va MDH a’zosi. Davlat tuzumi – federativ respublika. Rossiya Federatsiya 20 ta avtonom respublika va 10 ta avtonom okrugi ma’muriy hududdan iborat.
Rossiya jahon iqtisodiyotida jiddiy o‘rin tutadi. Dunyo xo‘jaligidagi YAIMda Rossiyaning ulushini solishtirganda, u AQSH ulushidan 10 martaga, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya va Eron ulushidan 5 martaga kam ekanligi ma’lum bo‘ladi. Jahon iqtisodiyotida Rossiya investitsiyasining solishtirma salmog‘i bor-yo‘g‘i 1 % ni tashkil etadi. Tashqi savdo borasida ham u jiddiy ulushga ega, 1,4 %. Bu esa rivojlangan mamlakatlar salmog‘idan ancha kam, janubiy Koreya ulushidan esa 2 baravar kam ekanini ko‘rsatadi. Ammo Rossiya qurol-aslaha zihirasiga egaligi jihatdan dunyoda birinchi o‘rinda turadi (55%), harbiy harajatlari esa AQShnikidan 16 baravarga, Xitoy qiladigan harajatdan esa 4 baravarga past. Rossiyaning tashqi dunyodagi qarzi deyarli yo‘q hisobida.
Davlat tuzumi
Rossiya — boshqarishning respublika shakliga ega boʻlgan demokratik federativ respublika. Amaldagi Konstitutsiyasi 1993 y. 12 dek.da qabul kilingan. Davlat boshligʻi — prezident (2000 y.dan V. V. Putin), u umumiy, teng va toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan Rossiya fuqarolari tomonidan 4 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi — 2 palata (Federatsiya Kengashi va Davlat dumasi)dan iborat Federal majlis (parlament). Ijrochi hokimiyatni rais boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Hukumat raisini Davlat dumasi bilan kelishgan holda prezident tayinlaydi.
Xo`jaligi
Rassiya — industrialagrar mamlakat. Uning hududi 12 yirik iqtisodiy rn (Shim., Shim.Gʻarbiy, Markaziy, VolgaVyatka, Markaziy qoratuproq, Volgaboʻyi, Shim. Kavkaz, Ural, Gʻarbiy Sibir, Sharqiy Sibir, Uzoq Sharq va Kaliningrad viloyati)ga boʻlingan. Milliy daromadda sanoatning ulushi 44,5%, q.x. ulushi 10%, qurilish 11,5%, transport, aloqa, moddiytexnika taʼminoti, tayyorlov va b. tarmoqlarning ulushi 34%. Iqtisodiyotda davlatga qarashli korxonalar bilan bir katorda xususiy, aralash korxonalar ham bor.