Rassiya kumir, neft, tabiiy gaz qazib olishda, elektr energiya, mineral oʻgʻit, gazlama, poʻlat, prokat, sement i.ch.da dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Mamlakat eksporti va yoqilgʻienergetika balansida neft hamda tabiiy gazning ahamiyati katta. Neftning koʻp qismi VolgaboʻyiUral regionida, Gʻarbiy Sibir, R. Yevropa qismi shim., Saxalin va b. joylarda qazib olinadi. Neft xom ashyosining aksariyat qismi "LUKoyl", "Slavneft", "Rosneft", "Bashneftexim" kompaniyalarining korxonalarida kanta ishlanadi. R.da qazib olingan neftning 99,5% "Transneft" birlashmasining magistral kuvurlari (jami uz. 48,5 ming km) orqali tashib beriladi. Aniqlangan gaz zaxiralari boʻyicha R. dunyoda 1oʻrinda (32% dan koʻproq) turadi va dunyoda qazib olinayotgan gazning 30% ni taʼminlaydi. Tabiiy gazning asosiy qismi YamalNenets muxtor okrugidagi Urengoy, Yamburg , Zapolyarye, shuningdek, Orenburg konlaridan olinadi. Jami gazning 94% ni "Gazprom" birlashmasi qazib chiqaradi. Magistral gaz quvurlari uz. — 150 ming km. Ichki bozorga yetkazib beriladigan gazning 15% kommunalmaishiy sohaga, shu jumladan, aholi ehtiyojiga, qolgan qismi sanoat i.ch.ga ishlatiladi. Kumir zaxiralari 22 yirik koʻmir havzasida va 115 ta alohida konda joylashgan. Kuzbass va Pechora, KanskAchinsk, Jan. Yakutiya havzalari R.ning eng yirik kumir konlaridir.
Sanoati
Rassiyada 72 aksiyadorlik jamiyati va 6 davlat unitar korxonasi koʻmir qazib olish bilan shugʻullanadi. Ular tarkibida 114 shaxta va 125 ochiq kon bor. 68 boyitish va 1 briket fkasi ishlaydi. Neft va gaz bilan bir qatorda kumir R.da elektr va issiklik energiyasi i.ch.ning asosiy manbalaridan biri; metallurgiya, kimyo va b. sanoat tarmoklari uchun tengsiz xom ashyodir. 2001 y. R.da 888 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilindi. Barcha elektr stansiyalar R. tutash elektr energetika tizimiga birlashgan. Unga qarashli magistral elektr liniyalari va elektr podstyalarini R. energetika va elektrlashtirish ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati ("EES Rossiya") boshkaradi. Kimyo va neft kimyosi sanoatida plastmassa, kimyoviy tola, mineral oʻgʻit, sulfat kislota, sintetik smola va kauchuk, avtopokrishka, lokbuyoq, agrosanoat majmuasi va tibbiyot sanoati uchun turli moddalar ishlab chiqariladi. Uning yirik korxonalari xom ashyo manbalariga yaqin joylar — Perm viloyati, Kola ya.o., Tatariston, Boshqirdiston, Gʻarbiy Sibir, Uralda qurilgan. Keyingi vaqtlarda xom ashyo manbalaridan uzoqroq bulsa ham, isteʼmolchilarga yaqin joylarda kimyo korxonalari kurila boshladi. Bu korxonalar "Akron" (Novgorod viloyati), "Yaroslavl shina zdi", "Stavropolpolimer", "Voskresensk mineral ugʻit" (Moskva viloyati), "Era" va "Fosforit" (Leningrad viloyati), "Kuybishevazot" va "Volgapromxim" (Samara viloyati) aksiyadorlik jamiyatlari hamda Angara neft kimyosi kompaniyasi va b.lar tarkibiga kiradi. Metallurgiya mamlakat sanoatining eng rivojlangan tarmoklaridan biridir. Uning tuliq siklli korxonalari Ural (Magnitogorsk, Chelyabinsk, Nijniy Tagil), Markaziy iqtisodiy rnlarida (Lipetsk, Tula) va Gʻarbiy Sibirda (Novokuznetsk) joylashgan bulib, chuyan, pulat, tayyor prokat ishlab chiqaradi. Kalay, mis, qoʻrgʻoshin, pyx, alyuminiy, volfram, nikel, molibden rangli metallurgiyaning eng muhim mahsulotlaridir.