Google kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan “Xujjatlar –
Google.doc ”, “Kalendar –
Google calendar ” va
Google presenter kabi
xizmatlarga o‘xshash ko‘plab bulutli xizmatlardan foydalanish juda qulay va ayni
vaktda bo’ldi. Bulutli texnologiyalardan foydalanish uzluksiz rivojlanib va
muvaffaqiyatlarga erishib borayotganligining sababi juda oddiy: ularni qo‘llash
turli-tuman antiqa imkoniyatlarga ega hamda infratuzilma tashkil qilish, xizmat
ko‘rsatish va tashkilot xodimlarga sarflanadigan bir qancha xarajatlarni tejaydi.
Masofadagi ma’lumotlarni qayta ishlash markazida ma’lumotlarga ishlov berish va
axborotlarni saqlashga imkon beruvchi dasturiy-texnik ta’minot yetarli darajada
soddalashtirilishi mumkin. Bunday masala va muammolarning deyarli barchasi
xizmat ko’rsatuvchi provayder zimmasiga to‘liq yuklatiladi. Bunday yondashuv
korxona kompyuterlarida turli operatsion tizimlar (
Windows, Linux, MacOS va boshqalar ) o‘rnatilgan bo‘lsa ham ularni qandaydir ma’noda standartlashtirishga
imkon beradi. Bulutli texnologiyalar kompaniyaning umumiy ma’lumotlariga
kirishni va undan foydalanishni tashkilot ofisidan tashqarida yurgan, ammo
Internetga ulanish imkoniga ega bo‘lgan xodimlar va mijozlar uchun xam birdek
oson ta’minlab beradi. Foydalanish uchun ko‘plab qulayliklariga qaramay, bulutli
texnologiyalar bir qator juz’iy kamchiliklarga ham ega. Jumladan,
foydalanuvchining xizmatlarni yetkazib beruvchi global tashkilotga to‘liq
bog‘lanib qolishi. Haqiqatan ham, bulutli xizmatlar yaratilishi tamoyiliga ko‘ra,
korxona faoliyati xizmatlar provayderi va Internet provayderning qanday ish olib
borishiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Zamonaviy bulutli texnologiyalar nafaqat tayyor
tarmoq va server qurilmalari, balki, asta-sekin ichki tizimlar (
embedded cloud )
bozoriga ham jadal kirib bormoqda. Turli xildagi qurilmalarni global tarmoqqa
ulash va boshqarish g‘oyasi “
buyumlar interneti ” (
Internet of Things –