335
xususiy virtual tarmoqlar (
Virtual Private Network – VPN
) orqali bir-biridan
ajratib qo‘yilishi mumkin.
4.
Xususiy bulut (ommaviy bulut kabi) – bu nafaqat infratuzilmali xizmat.
Serverli virtuallashtirish – yirik yo‘nalish va shuning uchun xam xususiy bulutlar
hisoblashning katta quvvatli harakatlantiruvchi omili hisoblanadi. Infratuzilma
sifatidagi xizmat ko’rsatish (
IaaS – Infrastructure as a Service
) ishlash
tamoyillarini tubdan o‘zgartirib yubormagan holda xususiy bulutlar eng quyi daraja
resurslaridan foydalanish uchun juda qulay bo‘lgan sodda shaklda taqdim etiladi.
5.Xususiy bulut xususiy bo‘lmay qolishi xam mumkin.
Bir tomondan, xususiy
bulut keng ko‘lamli, samarador, ommaviy bulutlar uchun xarakterli bo‘lgan real va
salohiyatli xamda xavfsizlik tahdidlarini bartaraf qilishda bir qancha afzalliklarga
ega. Ikkinchi tomondan, elektron biznesning asosiy talablaridan biri bo‘lgan
xizmat ko‘rsatish, xavfsizlik va me’yoriy talablarga rioya etishni nazorat qilish
darajasi vaqt o‘tishi bilan ommaviy bulut xizmatlarida ham ortib boradi. Standart
va texnologiyalar milliy institutining (
NIST - National Institute of Standards and
Technology, USA
) “
The NIST Definition of Cloud Computing
” nomli hujjatida
informatsion bulutlarning quyidagi tasniflari aniqlab berilgan:
Dostları ilə paylaş: