Big Data ) – inson idrok qiladigan natijalar olish
maqsadida strukturalangan va strukturalanmagan (jumladan, mustaqil manbalardan
olingan) ma’lumotlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan usullar, vositalar va
yondashuvlar yig‘indisidir. Katta ma’lumotlarkatta hajm bilan, xizma-xillik va
yangilanish tezligi bilan tariflanadi, bu esa axborot bilan ishlash standart usullari
va vositalarini yetarli darajada samarasiz qilib qo‘yadi. Shunday qilib, katta
ma’lumotlar texnologiyasi bu –katta hajmdagi axborot asosida qaror qabul qilish
vositasidir.Katta ma’lumotlar boshlang‘ich ma’lumotlar katta tanlamasi mavjud
bo‘lgan joylarda paydo bo‘ladi. Ularning asosida makrodarajadagi hodisalarni
tahlil va bashorat qilish, ijtimoiy xulq-atvor modellarini o‘rganish, shuningdek,
ilmiy tajribalar statistika ma’lumotalri asosida trendlarni aniqlash mumkin.Tijorat
loyihalari uchun ham, davlat loyihalari uchun ham katta ma’lumotlar sohasidagi
asosiy muammo - ma’lumotlarni yakuniy qo‘llash bo‘yicha vazifalarni
boshlang‘ich ma’lumotlar asosida amalga oshirish hisoblanadi.Tahlil algoritmidagi
eng so‘nggi zamonaviy trendlarni biladigan va kelgusi hisob-kitoblar tezligini
baholay oladiganlar emas, balki ushbu texnologiyalarni qo‘llash asosida uzoq
muddatli va asoslangan moliyaviy modellar yarata oladiganlar bugungi kunda katta
ma’lumotlar sohasidagi ekspertlar hisoblanadi.Hozirgi kunga kelib,katta
ma’lumotlarni qayta ishlashga imkon beradigan ko‘p sonli usullar va kompleks
dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaradigan kompaniyalar mavjud, masalan,
IBM, Oracle, Microsoft, Hewlett-Packard, EMC, Apache Software Foundation (HADOOP) va boshqalar. Katta ma’lumotlar bilan ishlash uchun zarur bo‘lgan
axborot manbalari bo‘lib, quyidagilar hizmat qilishi mumkin:
Internetda fodylanuvchilar xulq-atvori loglari;
avtomobillardantransport kompaniyaiga keladigan
GPS -signallar;
bankning barcha mijozlaritranzaksiyalari haqidagi axborotlar;
yirik chakana tarmoqdagi barcha xaridlari haqidagi axborotlar;
ko‘p sonli shahar
IP -videokameralaridan olingan axborotlar;
sanoat interneti texnologiyalari bilan jihozlangan katta ishlab chiqarish
datchiklaridan kelgan axborotlar va boshqalar.
32
Endi elektron tijorat va elektron biznesda keng miqyosda ishlatiladigan va
hozirgi zamonda borgan sari ommabop bo’lib borayotgan virtual valyutalar haqida
mulohaza qilib ko’ramiz.