373
yangi arxitekturani yaratish uchun pul sarflamasdan turib, sof foyda olishga imkon
beradi.
Fintexning yaratilishi moliyaviy ma’lumotlarga ochiqlik hossasini berish
inovatsion g’oyasini amalga oshirishga imkon berdi. Britaniy hukumati huddi shu
g’oyani tadbiq qilgan holda mamlakatni jahon moliyaviy texnologiyalari
markaziga aylantirmoqchi. Shuning uchun ham ular bank tashkilotlari uchun
yagona va ochiq
API
-standartni ishlab chiqish rejasini tuzganlar va hozirgi davrda
bunday standart vositasidagi ochiq bankingning foydalanuvchilar uchun foydalilik
darajasini aniqlashga hamda uni optimallashtirishga harakat qilmoqdalar. Britaniya
davlati bank va to’lov tizimlari sohasidagi yangi startaplarning kuch-g’ayrati XI
asrda moliyaviy tarmoqning rivojlanishiga katta hissa qo’shishiga ishonadi.
Har qanday fintex kompaniya tashkil qilayotganda o’sha joydagi qonunlar
bilan yaxshi tanishib chiqish talab qilinadi, chunki tarmoq bo’yicha mavjud
normativ-huquqiy bazani bilmasdan turib, biror bir ishga qo’l urish juda havflidir.
Masalan, agar misol sifatida AQSH ning Kaliforniya shtatining San-Frantsisko
shaxrida joylashgan
LendingClub
kompaniyasini olsak, uning faoliyatini
boshqarish piramidani eslatadi: uning eng pastida investorlar va kreditorlar bozori
turadi, undan yuqorida bir qancha nazorat qiluvchi organlar uning faoliyatini
tekshirib turadilar (mahalliy boshqaruv organlar, federal boshqaruv organlari,
Dostları ilə paylaş: