planeta.ru va
Boombaster 2012 yilda tashkil
qilinganlar. Hozirgi paytda esa bunday platformalarning soni 30 dan oshib ketgan.
Planeta.ru tomonidan sakkiz mingta loyihaga 660 mln rubl yig’ilgan bo’lsa,
Boombaster tomonidan huddi shu vaqt intervali davomida 1,5 mingta loyihaga 330
mln rubl yigilgan. Ammo huddi shu davrning o’zida taniqli xorijiy kraudfunding
platforma
Kickstarter tomonidan 3 mlrd dollar mablag’ yig’ilib, 126 mingta
muvaffaqiyatli loyihalar amalga oshirilgan.
Korporativ boshqaruv uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan texnologiya
blokcheyn bo’lib, u nafaqat virtual pullar bo’yicha operatsiyalarni amalga oshira
oladi, balki u yangi turdagi biznesning arxitekturasi ham bo’la oladi. Raqamli
iqtisodiyotning kelajakda rivojlanishida ushbu progressiv texnologiya dunyo
miqyosida yanada ommabop bo’lib ketishi kutilmoqda. Bulutli texnologiyalar ham
kelajak korporativ va moliyaviy boshqaruv uchun alohida ahamiyatga molik
bo’lib, virtual iqtisodiyot uchun yangidan-yangi va kutilmagan imkoniyatlar
yaratmoqda.
Ma’lumotlarni
bulutli
uslubiyatda
saqlash
va
on-line
texnologiyalardan foydalanish ma’lumotlar havfsizligini ta’minlash hamda
operatsion harajatlarni keskin qisqartirishga shart-sharoitlar yaratmoqda. Masalan,
hozirgi kunda
Amazon bulutida 10 mingta serverni ijaraga olish soatiga tahminan
90 dollarga tushmoqda. Bu esa ushbu turdagi hizmatlarning narxini yanada
pasayishini bashorat qilishga va respublikamizda ham bunday texnologiyalarda
48
keng miqyosda imkon beradi hamda keyinchalik bu texnologiyalardan kichik va
o’rta biznes ham bemalol foydalana oladi.
Virtual reallik (virtual reality, VR) va qo’shimcha virtual reallik
(