425
tranzaktsion ma’lumotlarga ommaviy ma’lumotlardan ko’ra ko’proq ahamiyat
beradilar. Bu tushunarli albatta, chunki ular saytga kiruvchining harakatlari natijasi
bo’lgani uchun ham ularda ko’proq ishonch uyg’otadi. Statistik izlanuvlarga ko’ra,
bu turdagi ma’lumotnomalarni chiroyli qilib yozish va uni taqdim qilish ommaviy
tijoriy ma’lumot jo’natishlardan ko’ra 3-5 barobar ko’proq foyda keltirar ekan.
Lekin hozirgi davrda bizdagi kompaniyalar bunday marketing yondoshuvini
unchalik ko’p ishlatmaydilar.
Endi elektron tijoratda iste’molchi bilan muloqotda katta ahamiyatga ega
bo’lgan
kontent
haqida ham biroz to’xtalib o’tamiz.
Marketing strategiyasi
sifatidagi kontent iqtisodiy jihatdan foydali bo’lib, investitsiyalar rentabelligiga
samarali ta’sir qiladi. Xuddi shuning uchun ham, marketing bo’limlarining
ko’pchilik rahbarlari foydalanuvchilar kontentini kelajak rivojlanish garovi deb
biladilar. Kontentlarga asoslangan brendlar har bir yangi mijozni jalb qilishda $14
dollargacha iqtisod qiladilar. Blogni ishga tushirish
yoki katalog yaratish uchun
minimal miqdordagi resurslar talab qilinadi. Ammo bunda yondoshuvingizning
strategiyasini diqqat bilan ishlab chiqishingiz kerak bo’ladi, shu jumladan,
foydalanuvchilarning diqqat-e’tibori istalgan paytda o’zgarib qolishini,
har bir
auditoriyaning o’z yuqori standartlari borligini, ularning xoxish-istaklarini,
nimalarni ko’rishni yoki nimalarni eshitishni istayotganlarini va xakozolarni
hisobga olgan xolda. Agarda to’g’ri
strategiyani tanlay olsangiz, muvaffaqiyatga
erishdim deyavering.
Dostları ilə paylaş: