Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma



Yüklə 5,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə341/414
tarix20.11.2023
ölçüsü5,77 Mb.
#163352
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   414
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

Startap – start-upstage
– startapning ishga tushirilishi, pilot versiyada mahsulot 
yaratigan, uni testlashtirish jarayoni boshlangan va birinchi mijozlarga hizmat 


466 
ko’rsatish boshlangan. Bu bosqichda g’oyaning mualliflari vechur fondlardan 
investitsiya olishlari mumkin.
3. 
O’sish bosqichi – Early Stage
– Mahsulot bozorga chiqarilishga tayyor, 
startapning rivojlanishi amalga oshirilayapti, mahsulot sotuvi o’sayapti, stabil 
iste’molchilar paydo bo’layapti. Bu bosqichda venchur fondlar yoki banklardan 
investitsiya olinishi mumkin. 
4. 
Kengayish bosqichi – Expansion Stage
– kompaniya faoliyati tezlik bilan o’sib 
borayapti, sotuv bozorlari kengayayapti, aktiv sotuvlar amalga oshayapti. Bu 
bosqichda qo’shimcha moliyalashtirish talab qilinishi mumkin. Bu bosqichda 
banklardan investitsiya olinishi mumkin. 
5. 
Rivojlanishning keyingi bosqichi – Later Stage
– bu bosqich kompaniyaning 
keyingi rivojlanishi va uning katta ommaviy tashkilotga aylanishi bilan bog’liq. 
6. 
Chiqish bosqichi – Exit
– bu bosqichda investor biznesdan chiqib ketishi 
mumkin, kompaniya esa hech kimning yordamisiz o’z faoliyatini davom ettirishi 
mumkin. 
Tashqi moliyaviy mablag’larni jalb qilishning keng tarqalgan usullaridan biri 
moliyaviy royalty (
Royalty Financing
) hisoblanadi. Bunda investor ustav kapitalda 
ulush emas, balki kelishilgan vaqt davomida daromaddan ma’lum bir qismini olish 
bo’yicha shartnoma tuzadi. Bunday kelishuvlar odatda loyihaga investitsya 
qilingan summa miqdoridan 3-6% ko‘proq pulni qaytarib olishni ko’zda tutgan 
holda tuziladi. Ushbu moliyalashtirish usulida kichik biznes egalari biznesga 
bolgan egalikni saqlab qoladilar. Bu usulda moliyalashtirishga erishishda 
investorni kelajak mahsulotning foyda bera olishiga ishontirish kerak bo’ladi.

Yüklə 5,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   414




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin