119
uchun tegishli bo‘lgan muammoni raqamli huquqlarni
boshqarishning mavjud
tizimlaridan foydalangan holda yaxshiroq hal qilishga imkon beradi va natijada
rassomintellektual mulkini qaerda va qachon e’lon qilishni o‘zi hal qilishi mumkin
bo‘ladi.Blokcheyn asosidagi ishonch protokolishirkatlar –
umumiy maqsadlarni
ko‘zlaydigan qatnashchilar jamoasi tomonidan tashkil qilinadigan va nazorat
qilinadigan mustaqil uyushmalar tashkil bo’lishiga turtki beradi.«
Uber
ni
birgalikdagi iste’mol iqtisodiyoti kompaniyasi deb atash – bema’nilikdir,
- deydi
Garvard professori Benkler.
Uber
iste’molchilar uchun tashuvlar qiymatini
pasaytiradigan biznes yaratish uchun mobil texnologiyalar
imkoniyatlaridan
foydalandi. Bu uning yagona va yiriq yutug‘idir». Devid Tikollning izoh
berishicha: «Birgalikda foydalanish deganda, biz odatda moliyaviy tranzaksiyalar
emas, balki pulsiz almashinishni tushunamiz. Bu xuddi bolalar o‘yinchoqlarini
almashganidek bir amaldir. Afsuski, bu hozir asta-sekinlik bilan yo‘qotilmoqda».
Uning fikriga ko‘ra, «nimanidir birgalikda foydalanish bu –
odamlar va boshqa
turlar vakillari millionlab yillar davomida, homilador bo‘lishdan boshlab,
ne’matlar almashinishi uchun ishlatilib kelingan asosiy usuldir.
Garchi ayrim
internet-kompaniyalarto‘liq ma’noda moddiy va ma’naviy ne’matlardan birgalikda
foydalanishni haqiqatda qo‘llab-quvvatlasada, boshqalari birgalikda foydalanish
iqtisodiyoti atamalari va ijtimoiy munosabatlarni tijoratlashtirishni o‘zlashtirib
olgan, xolos».Birgalikda foydalanish iqtisodiyoti kompaniyalarining
aksariyati
aslida agregatorlar deb hisoblanadilar. Ular ta’minotchilarning bo‘sh zahiralarini
(
avtomobil,
asbob-uskunalar,
bo‘sh
xonalar,
ta’mirlash
uskunalari
)
markazlashtirilgan platforma orqali sotish istagini agregatsiyalaydi, so‘ngra ularni
qayta sotadi, bu vaqt mobaynida esa keligusda tijorat
maqsadlarida foydalanish
uchun qimmatli axborot to‘playdi.
Dostları ilə paylaş: