115
dasturlarini tushunamiz.
Shunday qilib, smart-shartnomalar ushbu bitimlrani
muhokama qilish va tavsiflashda ham ishtirok etadilar. Sabo ushbu atamani 1994
yil, birinchi web-brauzer,
Netscape
bozorga chiqqan vaqtda taklif etgan
edi.
Smart-shartnoma
–shartnoma
shartlarini
ijroga
keltiradigan
kompyuterlashtirilgan
aqlli
tranzaksiya
protokolidir.
Smart-shartnomalar
sxemasining asosiy maqsadlari–umumiy muayyan shartlarni qondirish (
masalan,
to‘lov shartlarini, garov huquqlarini, mahfiylikni, hatto sanksiyalar kabi shartlarni
ham
), ataylab qilingan va tasodifiy istisnolarni minimal holatga keltirish, ishonchli
vositachilarga ehtiyojni pasaytirishdan iborat. Bunday kontraktlar o’zaro
bog‘langan iqtisodiy maqsadlarni amalga oshiradi, firibgarlik tufayli yo‘qotishlarni
minimallashtiradi, arbitraj va majburiyatlarni majburiy
ijro etish harajatlari va
boshqa tranzaksiya harajatlarini pasaytirishni o‘z ichiga oladi.Smart-shartnoma
g‘oyasi tajribaga asoslanmagan, sinalmagan bo‘lib ko‘ringan bir paytda hech qaysi
mavjud texnologiyalar uni Sabo tavsiflaganidek amalga oshirishga imkon
bermagan bo‘lardi. Strukturalangan axborotni sotuvchilar va xaridorlar
kompyuterlari orasida uzatish uchun standartlarni ta’minlaydigan elektron
ma’lumot almashinish (
EDI
–
Elektronic Data Interfeys
) kabi kompyuter tizimlari
bo‘lgan, lekin hech qanday raqamli texnologiya bungacha qadar real to‘lovlar
bilan
ishlash tashabbusi bilan chiqmagan va bevosita pul mablag’lari almashinishni
amalga oshira olmagan.Bitkoyn va blokcheyn tizimi bun xolatni tubdan o’zgartirib
yubordi. Endi tomonlar o’zaro bir tomonlama yoki ikki-uch tomonlama bitimlar
tuzishi va bitim shartlari bajarilgandagina bitkoinlarni avtomatik ravishda sotishi
mumkin. Oddiy misol: agar siz akangiz billan xokkey o‘yini
natijasi borasida
garov boylashgan bo‘lsangiz, u to‘lovdan qochib qola olmaydi. Murakkabroq
misol: agar siz aksiyalar xarid qiladigan bo‘lsangiz, bitim darhol tartibga solinadi
va aksiyalar shu ondayoq sizga o‘tkaziladi. Yanada murakkab bir misol: pudratchi
tadbirkorga mos keladigan daturiy kod jo‘natishi bilan u avtomtik ravishda to‘lov
oladi. Cheklangan smart-shartnomalarni amalga oshirishning texnologik vositalari
hozirda mavjud va bir qancha platformalarda ishlab ham turibdi. Demak, bunday
smart-shartnomalar –uni amalga oshirishning qonuniy yo‘li bilan avtomatik
116
ravishda ta’minlanadigan, shartnoma shartlarini intellectual
ravishda avtomatik
holda bajara oladigan, blokchyn tarmoqlarida mavjud bo’lgan hamda dastlabki
muhokama va sinovdan o‘tgan virtual qiymatlar almashinishiningaqlli elektron
texnologiyasidir, desak yanglishmaymiz.
Dostları ilə paylaş: