Internet tarmogidagi firibgarliklarning turlari
Internetdagi ko’pchilik foydalanuvchilar undan o’zlari uchun kerakli bo’lgan
ma’lumotlarni qidiradilar, qiziqarli musiqa va filmlarni yozib oladilar, bloglarda
yoki turli chatlarda yozishmalar qiladilar, ijtimoiy tarmoqlarda boshqa insonlar
bilan tanishadilar, turli mahsulotlar sotib oladilar yoki hizmatlardan foydalanadilar,
228
qiziqarli saytlarga kiradilar, elektron pochtadan foydalanadilar va shularga
o’xshash turli-tuman ishlarni amalga oshiradilar. Lekin kunlardan bir kuni ular
juda qisqa vaqtda kattagina pul ishlab olish xaqidagi taklif bilan to’qnash keladilar.
Ushbu taklif shunchalik qiziqarli, ishonarli, chiroyli va foydali qilib
tushuntiriladiki, internetda ishlovchi oddiy (
va laqma
) fuqaroning unga
ishonmasdan ilojisi qolmaydi. Ozgina pul sarf qilib, kattagina mablag’ ishlab
olishga qiziqish shunchalik bo’ladiki, bu inson ko’rsatilgan elektron (
yoki pochta
yoxud bank hisob raqamiga
) manzilga talab etilgan pulni o’tkazadi va chidam
bilan yaxshigina daromad olishni kuta boshlaydi. Lekin afsuski, bu birodarimiz
qancha kutgani bilan orzu qilgan pulini ololmaydi, firibgar esa unga o’xshash
boshqalarni ham chuv tushira beradi. Xozirgi paytda shunga o’xshash firibgarliklar
internet tizimida keng miqyosda amalga oshirilayapti va sodda hamda ishonuvchan
insonlardan pul olishning yangidan-yangi usullari kashf qilinib, xayotga bemalol
tadbiq qilinayapti. Bunday virtual fazo firibgarlarining javobgarlikka tortila
olinmasligi, ularning anonim ravishda ishlashi va ishonuvchan insonlarning juda
ham ko’pligi bunday «
tadbirkorlik faoliyati
» ning o’ziga xos yoqilg’isi sifatida
namoyon bo’layapti. Ko’pchilik foydalanuvchilar internetda ham xuddi real
xayotdagidek qonun va qoidalar amal qilayotganligini tushunmaydilar yoki
tushunishni istamaydilar. Agar xayotda kartadan yoki biror turdagi qimordan katta
yutuq olish mumkin emasligini ko’pchilik bilsada, ular internetdagi xuddi shunday
faoliyat turlaridan katta pul ishlab olish mumkin deb o’ylaydilar. Lekin shuni aniq
va ravshan qilib ta’kidlash mumkinki, «
tekin ovqat faqat qopqondagina bo’ladi
».
Xaqiqiy pullarga o’xshash elektron pullar ham xech yerda yo’qdan bor bo’la
olmaydilar. Internet esa ma’lumot uzatish va almashinish vositasigina xolos. Pul
ishlash uchun asosiy vositalar esa faqatgina qandaydir maxsulot ishlab chiqarish
yoki xizmatlar ko’rsatishdir. Bu xolatni internetga tadbiq qilsaq, quyidagini
olamiz: internetda pul ishlash uchun unda intellektual mulk yaratish kerak yoki
unda ko’pchilik uchun kerakli bo’lgan qandaydir xizmatlar ko’rsatish lozim.
Firibgarlik bilan bog’liq bir askiyani keltiramiz: «
Endigina ish boshlagan
kompyuter xakeri boshqasidan kompyuter forumida suradi:
229
-
Menga aytingchi, qanday qilib internetda pul ishlash mumkin?
- Menga 20 dollar yuborsang, men senga aytib beraman, - dedi malakali
xaker boshlovchi xakerga.
- Xozirgina pul yubordim.
- Internetda ana shunday qilib pul ishlanadi!»
Dostları ilə paylaş: |