Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma



Yüklə 5,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə192/414
tarix20.11.2023
ölçüsü5,77 Mb.
#163352
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   414
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

ICO
jarayoniga u yoki bu 
ko’rinishda ishtirok etgan hamkorlarga hamda maslahatchilarga berilishi 
mumkin.Tokenlarni birja orqali, 
ICO
jarayonida yoki boshqa insonlardan sotib 
olish mumkin. Ba’zi xollarda 
ICO
saytida registratsiya qilinish talab etilishi 
mumkin – shartlarga rozilik beriladi va tokenlar sotib olinadi. Shundan so’ng, 
tokenlar birjalarda turli narxlarda sotilishi mumkin, ammo hech qachon uning narxi 
ortadi deb ishnosh mumkin emas. Investorlar o’z tokenlarini birjalarga kiritishi va 
uni boshqa kriptoaktivlarga yoki an’anaviy valyutalarga almashtirishlari ham 
mumkin. Albatta token sotib olgan investor uni keyinchalik sotib foyda olishni 
yoki 
ICO
tashkil qilgan kompaniya hizmatlaridan foydalanib, nimalargadir 
erishishni rejalashtiradi. Tokenlarni sotish uni sotib olingan joyida amalga 
oshirilishi yoki bunga qiziqqan haridorga sotilishi mumkin. Tokenlarni muomalaga 
chiqarish uchun mo’ljallangan mahsus platformalar ham mavjud, masalan, 
ularning ichida eng ommaviylari - 
Ethereum, Waves, NEM, EOS 
va 
KickICO
lardir. Ularning har birining ijobiy va salbiy tomonlari mavjud. Masalan, 
Ethereum 
da eng katta auditoriya (
foydalanuvchilar soni 5 million
) bo’lsa, 
Waves
da tokenlarni juda tezkorlik bilan chiqariladi, 
KickICO
da esa 
ICO
tashkil etish va 
uni amalga oshirish uchun tayyor uskunalar mavjud. Shuning uchun yangi tokenlar 
paydo bo’lishini 
ICO
-chilar amalga oshiradigan platformalar orqali kuzatib turish 
ham mumkin. I
CO
larga qancha mablag’ jalb etish maqsadga muvofiq bo’ladi 
degan savolga javob barcha turdagi yuqori tavakkalchilik darajasiga ega bo’lgan 


291 
investitsiyalarga bo’lgan kabidir – ya’ni, 
ICO
ga o’zingiz yo’qotib qo’yishdan 
qo’rqmaydigan summani investitsiya qilgan ma’quldir. Yuqoridagilarni diqqat 
bilan o’qib chiqqanlarda kriptovalyutalarning yoki tokenlarning hammaga ma’lum 
va mashxur bo’lgan moliyaviy piramidalarga o’shab ketishini anglash mumkin. 
Eslatib o’tamiz, moliyaviy piramidalarning asosiy maqsadi — uning yaratuvchisini 
yangi ishtirokchilar kiritgan mablag‘lar hisobidan boyitishdir. Bunday 
piramidalarning aktivlari tashqi bozorda hech kimga kerak emas, ular 
foydalanishda hech qanday afzalliklarda ega emas, hech qanday muammoni ham 
hal qilmaydilar. Kriptovalyutalar bilan bog‘liq holatda esa hammasi aksincha — 
ular moliyaviy bozorning katta muammosini hal qiladi, ularning aylanmasi qulay 
va ishtirokchilar uchun manfaatli bo‘lib, bu ularni harid qilishga real talabni 
yuzaga keltiradi.Biroq ertaga bozor texnologik jihatdan yanada mukammal va 
qulay nimanidir ixtiro qilsa, yirik o‘yinchilar va investorlar bitkoinga bo‘lgan 
ishonchini yo‘qotishi mumkin. Bu esa kursning tushib ketishi va kapitalning 
boshqa qulayroq vositaga o‘tib ketishiga olib kelishi mumkin. Ammo hozirda 
bitkoinlar va boshqa kriptovalyutalarni mukammallashtirish ustida dunyo bo‘ylab 
shunchalik ko‘p iqtidorli programmistlar va matematiklar mehnat qilmoqdaki, 
navbatdagi keskin texnologik o‘zgarish ehtimol mavjud texnologiyalar doirasida 
yuz berishi mumkin.Bitkoin va boshqa kriptovalyutalar qiymati oshishining asosiy 
sababi bozorga yirik o‘yinchilarning kirib kelishidadir. Investitsiya jamg‘armalari, 
xalqaro korporatsiyalar, milliarderlar va hatto ba’zi davlatlar ham bir qator valyuta 
va texnologik blokcheynlarni qo‘llab-quvvatlashi va foydalanishni boshlashi 
haqida ma’lum qildi. Bu esa investorlar va kriptovalyuta sohiblarida ishonch 
uyg‘otadi.Bitkoinni murakkab, ammo, real moliyaviy aktiv deb atash 
mumkin.
ICO
esa kriptovalyutalardan foydalangan xolda kompaniya tomonidan 
moliyaviy mablag’ yig’ishning zamonaviy usulidir. Bu usul ko’proq birjada 
qimmatli qog’ozlarning joylashtirilishiga o’xshab ketadi. Bitkoin va efiriumlarning 
egalari esa kompaniyadan token deb atalmish boshqa turdagi kriptovalyutani 
oladilar. Tokenlarni esa 

Yüklə 5,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   414




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin