45
moliyalashtirish miqdori keyingi o’ttiz yilda 130 martadan ko’proq ortdi.
Informatsion innovatsiyalarni tarkib toptirish uchun
dunyo miqyosida faoliyat
ko’rsatuvchi global kompaniyalarga misol sifatida quyidagilarini ko’rsatib
o’tishimiz mumkin: YouTube, Facebook, Google, Wikipedia, Wikileaks, Amazon,
Alibaba va boshqalar. G’oya juda ham oddiy – yangi progressiv imformatsion
texnologiyalar biznes masalalarini hamda tijorat muammolarini hal qilib beradilar
va information tizimlarning har bir yangi avlodi bir qancha yangi innovatsion
hizmatlarning vujudga kelishiga va yanada rivojlanishiga sabab bo’ladi. Yangi
texnologiyalarning barcha sohalarga kirib kelishi iqtisodiyotning elektron
ko’rinishga o’tishiga olib kelmoqda. Natijada yangi elektron hizmat turlari paydo
bo’ldi, yangi bozorlar shakllandi va an’anaviy biznes modellar elektron shaklga
transformatsiya qilina boshlandi. Zamonaviy raqamli
iqtisod bir qancha atamalar
bilan nomlangan, shu jumladan, e-economy, digital economy, internet economy,
network economy va virtual economy. Agarda BCG (The
Boston Consulting
Group) ga murojaat qilsak, raqamli iqtisodiyotming yana bir diqqatga sazovor
ta’rifini ko’rishimiz mumkin: “Iqtisodiy tizimning barcha ishtirokchilari - alohida
insonlar, firma va kompaniyalar hamda davlat tomonidan online va innovatsion
raqamli texnologiyalarning keng miqyosda ishlatilishi iqtisodiyotni raqamlashtirish
yoki raqamli elektron iqtisodiyot jarayonidir”.
Xozirgi
davrda
ko’pchilik
raqamli
iqtisodiyotdagi
bir
qancha
transformatsiyalarning, shu jumladan,
biznes modellar, yangi bozorlar hosil
bo’lishi, yangi turdagi hizmat turlari paydo bo’lishining guvohi bo’lib turibdi.
Raqamli iqtisodning xarakterli ko’rsatgichlari sifatida yangi ishlab chiqarish
usullarini (pear-to pear production), ommaviy hamkorlikni, ommaning intellectual
mulkka egalik qilishini, iste’mol modellaring o’zgarishini (sharing economy) va
ochiq mehnat bozorini keltirish mumkin. Ammo, hozirgi paytda raqamli iqtisod
(internet-savdo, internet-hizmatlar,
kontentlar, elektron to’lov va boshqalar)ning
O’zbekiston Respublikasi yalpi milliy daromadidagi hissasi 1% ga ham bormaydi.
Lekin mamlakatimizning rivojlanish tendentsiyalari shuni ko’rsatadiki, yuqorida
ko’rsatilgan bozorlar kelajakda tezlik bilan rivojlanib ketadi. Bundan tashqari,
46
to’rtinchi sanoat revolyutsiyasi va 4.0 Industriya texnologiyalari bilan bog’liq
bo’lgan texnologik o’zgarishlar, ya’ni, ommaviy robotlashtirish, qo’shimcha va
virtual reallik texnologik platformalari hamda 3D-printerlar texnologiyalari ushbu
jarayonni yanada tezlashtiradi. Yuqorida aytib o’tilgan 4.0 Industriya atamasi 2011
yilda Gannover yarmarkasida iste’molga kirdi va uning ma’nosi qiymat hosil qilish
global zanjirini ko’rsatishdan iborat. “Aqlli zavodlar”, “aqlli texnologiyalar” va
“aqlli robotlar” kabi texnologiyalarining jahon bo’ylab tarqalishini amalga
oshirgan holda, to’rtinchi sanoat revolyutsiyasi global darajada virtual va fizikaviy
tizimlarning bir-biriga o’zaro ta’sirini amalga oshiradi. Bu esa o’z navbatida
mahsulotlarning to’liq moslashuvchanligiga hamda
yangi operatsion modellar
yaratilishiga olib keladi. Demak, 4.0 Indistriya – mamlakat va biznesning
raqobatbardoshligini oshirishga mo’ljallangan, raqamli texnologiyalarning jamiyat
hayotiga kirib kelishi bilan bog’langan hamda ishlab chiqarish jarayonida vujudga
keladigan munosabatlarning majmuidan iborat. Bundan kelib chiqqan holda 4.0
Industriyani iqtisodiyot barcha tarmoqlarining raqamli transformatsiyasi deb ham
tushunish mumkin. Shuning uchun ham kelajakda korporativ boshqaruvda bu
holatlarni hisobga olish zamona talabi bo’lib qoldi.
Raqamli iqtisod va 4.0 Industriyaning korporativ miqyosdagi joriy qilinish
yo’nalishlariga misol sifatida quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin:
Dostları ilə paylaş: