Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


.3. Raqamli iqtisodiyotning ijobiy va salbiy tomonlari



Yüklə 5,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/414
tarix20.11.2023
ölçüsü5,77 Mb.
#163352
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   414
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

1
.3. Raqamli iqtisodiyotning ijobiy va salbiy tomonlari 
Mamlakatimizning ko’pchilik rivojlangan mamlakatlar kabi, raqamli 
iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘lini tanlaganligi axborot texnologiyalari sohasida va 
umuman, elektron hujjatlar aylanmasi sohasida yangi yo‘nalishlar ochib beradi.
Jamiyatning raqamli texnologiyalar tomon burilishi ro’y berishiga butun 
jahon internet tarmog‘ining sifati oshishi hamda aloqa tizimlarining rivojlanishi 
sababchi bo‘ldi. Natijada katta hajmdai ma’lumotlar almashinish va ularni to‘plash 
imkoni paydo bo‘ldi, bu esa, o‘z navbatida, to‘plangan axborotni qayta ishlashga, 
bashorat qilishga, asoslangan qarorlar qabul qilishga va xilma-xil usullarda foyda 
olishga imkon beradi. Bularning barchasi uchun esa mos keluvchi infratuzilma, 
boshqacha qilib aytganda, global axborot platformalari ekotizimini yaratish zarur 
bo’ladi.Biroq bunda ma’lumotlarni yo‘qotish, biznesni yo‘qotish, ish o‘rinlarining 
qisq’arishi, havfsizlikka putur yetishi riski va modernizatsiya qilish zarurati 
vujudga keladi. Bu masalalarni tezda hal qilish zarur, chunki bu borada kechiqish 
jiddiy risklarga olib kelishi mumkin. Hozirda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarda 
raqamli iqtisodiyotning afsona yoki haqiqat ekanligi emas, balki bu 
o‘zgarishlarning jamiyatga qanday hizmat qilishi muhim rol o‘ynaydi. Hozirgi 
davrda biz texnologiyalar qanday qilib ommaviy hizmat ko‘rsatish sohasini tubdan 
o‘zgartirayotganini ko‘ryapmiz. Vositachilarni olib tashlaydigan, mijoz va 


35 
ta’minotchi o‘rtasidagi aloqalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirilishiga olib 
keladigan Uber kabi yangi biznes-modellar paydo bo‘lmoqda. Avvalroq xuddi 
shunga o‘xshash o‘zgarishlar moliya sektori va telekommunikatsiyalarda ham ro‘y 
bergan edi.Sanoatda ham bir qancha printsipial o‘zgarishlar kuzatilmoqda, chunki 
raqamli korxona va insonning raqamli qiyofadoshi – robotlar paydo bo‘lishi butun 
insoniyat funktsional modelini jiddiy ravishda o‘zgartirib yuborishi mumkin. Bu 
esa shuni ko‘rsatadiki, axborot texnologiyalari asta-sekinlik bilan odamlarning 
o‘rnini egallab boradi. Huddi mana shu holat raqamli iqtisodiyotning namoyon 
bo’lishi hisoblanadi.To‘g‘ri, mamlakatimizda raqamli iqtisodiyot tufayli qanday 
keskin o‘zgarishlar ro‘y berishi hozircha hech kimga ma’lum emas. Hozirgi texnik-
texnologik qoloqlik sharoitlarida sanoatning raqamli o‘zgarishi tez ro‘y berishiga 
ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko’ra, bir qancha shubha-gumonlar 
mavjud.Raqamli platformalarning rivojlanishga yorqin misollardan biri sifatida 
Alibabaelektron savdo tizimiga ega bo‘lgan Xitoy kompaniyasini keltirib o‘tish 
mumkin. Undan foydalanish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ma’lumotlar to‘plash 
jarayoni iqtisodiyotning turli sektorlariga ekspansiya uchun o‘ta raqobatli 
ustunliklar yaratadi. Alibaba bu –oddiygina raqamli platforma emas, balki 
platformalar ekotizimidir. Tushunarliki, bunday ekotizim qudrati alohida 
platformalar kuchidan katta bo‘ladi. Xatto AQSH ham hozirgi kunda bu poygada 
yutqazmoqda, chunki u yerda turli platformalarni integratsiya qilishga to‘g‘ri 
keladi, Xitoyda esa bu sohada rivojlanish samaradorlikni oshirish hisobiga – bir 
platformadan boshqa platformaga qarab o’tish asta-sekinlik bilan ro‘y 
berdi.Raqamli iqtisodiyotga o‘tish kabi global bir ishda ko‘p narsa davlatning 
tutgan pozitsiyasiga ham bog‘liq, albatta. Barchasi hamma narsani birlashtiradigan 
va «raqam»ga o‘tkazadigan yagona davlat platformasiga borib taqalmasligi 
muhim,ya’ni, «Davlatning vazifasi, biznesning o‘rniga biron bir narsa qilish emas, 
balki oddiygina - biznesga halal bermaslikdir». Xitoyda ham Alibaba tizimi davlat 
uning uchun qandaydir platforma yaratgani tufayli paydo bo‘lmagan. U bunday 
platforma paydo bo‘lishi uchun sharoit yaratdi, xolos. Garchi davlat Alibabaga 
yordam beragan bo‘lsada, buni davlat korporatsiyasisifatida emas, balki tijorat 


36 
korxonasi sifatida yordam berdi va uning hizmatlaridan u raqobatbardosh ekanligi 
uchungina foydalaniladi.Davlatning vazifasi–umumiy qoidalar yaratish, biznes esa 
shu umumiy qoidalar asosida o‘zgara va rivojlana boshlaydi, chunki qonunlar 
ta’sirida ishbilarmonlik muhiti o‘zgaradi va raqobat o‘sadi. Jiddiy kumulyativ 
samarayangi umumiy platforma yaratish tufayli emas, balki har biri o‘z ishi bilan 
shug‘ullanadigan ko‘plab mustaqil tashkilotlar va mahsulotlar yig‘indisi bilan 
chambarchas bog‘liq bo‘lgan infratuzilma paydo bo‘lishi tufayli vujudga kelishi 
mumkin. Lekin bunda kerakli standartlar va protokollarni eng yuqori sifat 
darajasida ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Bizning fikrimizcha, ushbu 
holat – davlatni uning maqsadlari bilan do‘stlashtirib qo‘yadigan qadam, ya’ni o‘z 
natijalaridan iqtisodiyot ehtiyojlarini belgilab berishi mumkin bo‘lgan fandan 
manfaatdor bo‘lgan biznes. Boshqacha qilib aytganda, raqamli iqtisodiyot davlat, 
biznes va fanni birlashtirishi mumkin. Raqamli iqtisodiyotda boshqa xalqaro 
tizimlar va amaliy mexanizmlar bilan birga bo‘la olishga erishish uchun «umumiy 
darcha» mexanizmidagi ma’lumotlar modellari va hujjatlar xalqaro standartlari va 
tavsiyalari asosida tashkil qilinishi lozim. Uyg‘unlashtirish lozim bo‘lgan xabarlar 
va hujjatlar boshlang‘ich ro‘yxati ma’lumotlarini qamrab oladigan ma’lumotlar 
ro‘yxatini tuzishda, shuningdek,milliy ma’lumotlar modelini shakllantirishda 
ularni xalqaro standartlar talablariga muvofiq tavsiflash va belgilash zarur. 
Raqamli iqtisodiyotning bir qismi bo’lgan elektron tijoratning O‘zbekistonda 
rivojlanishini shartli ravishda ikki davrga ajratish mumkin: 2015 yilgacha bo‘lgan 
va undan keyingi davr. 2015 yilgacha bizning mamlakatda normativ-huquqiy baza 
ishlab chiqish va tayyorlash bo‘yicha faol ishlar olib borilgan edi.2015 yildaesa 
O‘zbekiston Respublikasida 2015-2018 yillarda mo’ljallangan elektron tijoratni 
rivojlantirish Konsepsiyasi qabul qilindi, va uo‘rta muddatli istiqbolda elektron 
tijoratni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini, raqobatli muhitni kengaytirishni, 
zamonaviy infratuzilmani tashkil qilishni va qo‘shimcha ish o’rinlari yaratishni, 
shuningdek, elektron tijorat haqidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish 
shakllarini va yo‘llarini belgilab berdi.Biroq, bugungi kunga kelib,konsepsiyada 
aks ettirilgan chora-tadbirlar to‘liq amalga oshirilmaganligi haqida gapirish 


37 
mumkin. Masalan, normativ–huquqiy bazada elektron tijoratni rivojlantirishga 
qaratilgan qator qarorlar qabul qilinmagan. Xususan, elektron tijoratda elektron 
xabarlar yoki elektron hujjatlar ommaviy jo‘natmalari, reklamani joylashtirish 
tartibi tasdiqlanmagan. Shu bilan bir paytda, 2018 yil 14 mayda O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev «Elektron tijoratni jadal rivojlantirish 
bo‘yicha 
chora-tadbirlar 
to‘g‘risida»gi 
Qarorni 
imzoladi. 
Ushbu 
hujjatdaO‘zbekistonda elektron tijoratni takomillashtirishga qaratilgan bir qator 
tadbirlar aks ettirilgan. Ammo, umuman olganda, aytish mumkinki, O‘zbekiston 
ushbu yo‘nalishda, juda tezkor rivojlanadigan tarmoqda yo‘l qo‘yish mumkin 
bo‘lmagan darajada sekin va cho‘zib harakatlanmoqda. Ta’kidlash joizki, bugungi 
kunda foydalanuvchilar oziq-ovqat mahsulotlariga buyurtma berish uchun telegram 
botlaridan faol foydalanmoqdalar. O‘zbekistonlik iste’molchilar, shuningdek, 
internet tarmog‘i yoki telefoniya hizmatlari uchun mobil ilovalar vositasida faol 
pul to‘lashmoqda. Bu esa O‘zbekiston aholisi elektron bitimlarni amalga 
oshirishga ishonishidan dalolat beradi, faqat hozirgi kungacha foydalanuvchilar 
katta harajatlar talab qilmaydigan kichik bitimlarni amalga oshirgan holda o‘rtacha 
xarid hajmini oshirishga unchalik tayyor emaslar. O‘zbekistonda elektron bitimlar 
foydalanuvchisining o‘rtacha hajmi 50 mingdan 200 ming so‘mgachani tashkil 
qiladi.O‘zbek iste’molchisi elektron bitim amalga oshirishda uyali aloqa 
telefonidan foydalanadi, chunki u birmuncha qulayroq bo‘lib, bir qator qulay 
ilovalarga ham ega. Mahsulot tanlashga keladigan bo‘lsak, ko‘pchilik 
respondentlar Internet orqali kiyim-bosh, shuningdek, maishiy texnikava 
elektronika xarid qilishni afzal ko‘rishgan. Avtomobil va ko‘chmas mulk 
predmetlari internet orqali eng kam xarid qilinadigan tovarlar bo‘lgan. Buni shu 
bilan izohlash mumkinki, ayni paytda foydalanuvchi «onlayn» rejimida yirik 
miqdordagi pullarni berishga hali tayyor emas.Bundan tashqari, foydalanuvchilar 
UzCard, VISA, MasterCard kabi to‘lov tizimlaridan faol foydalaniladilar. 
Ommaviylik darajasi eng past tizimlar Union Pay, WebMoney va kriptovalyutalar 
hisoblanadi. Mahsulotlarni onlayn xarid qilishdagi muammolarga keladigan 
bo‘lsak, deyarli barcha respondentlar to‘lov vaqtidagi qiyinchliklar, tovar/hizmat 


38 
sifatining pastligi, yetkazib berish vaqti uzoqligi, shuningdek, narx qimmatligini 
aytib o‘tishgan. Shunday qilib, ijtimoiy so‘rov natijasida olingan ma’lumotlardan 
kelib chiqib, O‘zbekistonda elektron tijoratning rivojlanishini to‘xtatib turgan bir 
qator muammolar va kamchiliklarni aytib o’tishimiz mumkin: 
1. Aholining elektron bitimlar tuzishga unchalik ishonmasligini; 
2. Yetkazish berish qiymatining yuqoriligini; 
3. Tovar/hizmatlar sifatining pastligini; 
4. Firibagrliklardan qo’rqishni; 
5. Kompyuter savodxonligi darajasining pastligini. 
Ammo, shu bilan bir vaqtda aholi o’rtasida o‘tkazilgan boshqa ijtimoiy 
so‘rovlar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston aholisi elektron bitimlar amalga 
oshirishga nisbatan tayyor, biroq ularni amalga oshirish vaqtida foydalanuvchi 
o‘rtacha iste’molchini nari itaradigan va O‘zbekistonda elektron tijoratning 
rivojlanishini sekinlashtiradigan bir qator muammolarga duch keladi. 
Axborot texnologiyalari asri iqtisodiyot rivojlanishi uchun bir qancha yangi 
g’oyalar va qoidalarni belgilab berdi. Hozircha tor doiradagi nazariyachi-olimlar 
uchun qiziqarli bo‘lgan raqamli iqtisodiyot sohasi mamlakatimizda ulkan 
salohiyatga ega bozor modeli hisoblanadi, chunki: 
axborot ustuvor tovar hisoblanadi va bu resurs umuman chegaralanmagan; 
tarmoq bozori ulkan va demokratik va asosiysi unda tarmoqlar chegaralari 
oson «yuvilib» ketadi; 
loyiha yoki kompaniya muvaffaqiyatlariendi xodimlar soni va moliyaviy 
aktivlar hajmiga bog‘liq emas; 
apparatli 
quvvatlarko‘p 
martalik, universal, eskirmas va sifatini 
yo‘qotmaydigan vositaga aylanadi; 
raqobat kurashi sharoitlari o‘zgaradi, chunki raqamli muhitda tezkor 
intellektual yechimlar har qanday kuchli jismoniy bazadan ham ustun keladi. 
Davlatimizning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlari 
information texnologiyalar va elektron hujjat aylanishi sohasida bir qancha yangi 
samarali yo’nalishlar hosil bo’lishiga olib keladi. Ammo, iqtisodiyotni 


39 
raqamlashtirishda quyidagi savollarga alohida ahamiyat berish kerak bo’ladi: 
Iqtisodiyotni raqamlashtirsh qanday natijalarga olib keladi? 
Bunday yangi sharoitlarda harakat dasturi qanday bo’lishi lozim? 
Iqtisodiyotni raqamlashtirishda nimalarga asosiy diqqat-e’tiborni qaratish 
kerak bo’ladi? 
Raqamli iqtisod o’zi nimaligi bo’yicha ham mutahassislarning fikrlari turli 
tumandir. Bir qator olimlarning fikrlaricha, “raqamli iqtisodiyot navbatdagi 
marketing tadbiridir, negaki biz shudog’ ham 15-20 yillar davomida information 
texnologiyalarning barcha sohalarga kirib borishiga guvoh bo’layapmiz, hech 
qanday kardinal o’zgarish yoki qandaydir inqilob haqida so’z ham bo’lishi 
mumkin emas. Raqamli iqtisodiyot g’arbdan kirib kelgan marketing brendidir, gap 
raqamli transformatsiyadan boshlanib, endi raqamli iqtisod degan so’zlar ham 
yangray boshladi”. Boshqa bir olimlar guruhining fikrlaricha, hozirgi zamonda 
amalga oshayotgan raqamli transformatsiya jarayoni uning afsona yoki real haqiqat 
ekanligida emas, balki bu texnologiyalarning jamiyatga qanday yangiliklar olib 
kelishidadir: “Bizga raqamli texnologiyalar ommaviy hizmat ko’rsatish sohasini 
qanday o’zgartirib yuborganligi yaqqol ko’rinib turibdi. Hozirda esaUber, Alibaba 
Group, Amazon, Kriptovalyuta va Blokcheyn kabi butunlay yangi biznes modellar 
paydo bo’layapti va ular xaridor va mijoz orasida bevosita munosabat o’rnatishga 
imkon berayapti. Huddi shunday transformatsiya moliya, bank, sug’urta kabi 
sohalarda ham ro’y berayapti. Raqamli ishlab chiqarish va insonning raqamli 
nushasi paydo bo’lganidan so’ng, ishlab chiqarish modeli ham tubdan o’zgarib 
ketadi. Bular esa information texnologiyalarning asta-sekinlik bilan insonlar 
o’rnini egallashiga olib kelib, ishlab chiqarish unumdorligini keskin oshiradi – 
huddi shu holatni raqamli iqtisodiyot deb tushuniladi”. Ammo mamlakatimizning 
texnik jihatdan anchagina qoloqligni hisobga olsak, raqamli iqtisodiyotdan 
olinadigan foyda miqdori, unga sarf qilinadigan harajatlardan birmuncha ko’p 
bo’lishini ko’rishimiz mumkin.
Hosirgi paytda Xitoyda elektron savdo uchun Jahon savdo tashkilotiga 
o’xshash global platforma tashkil qilish bo’yicha ishlar olib borilmoqda. Bu holda 


40 
global elektron savdoning barcha ishtirokchilaridan soliq undirishni ham Xitoy 
davlati o’z qo’liga oladi. Ammo bu sohada boshqa davlatlar – AQSH, Yaponiya, 
Evropa Ittifoqi va Rossiya ham faol ishlar olib borib, elektron savdodagi o’z 
ulushlarini qo’lga kiritish umididadirlar. Bunday katta ekotizimlarda katta 
kompaniyalar bir birlari bilan kurashadilar, kichkina kompaniyalar esa elektron 
savdoning yangi imkoniyatlaridan foydalangan holda ushbu ekotizimda o’z 
joylarini topa oladilar.
Raqamli iqtisodiyotga o’tish kabi global masalada ko’p narsa davlatning unga 
qanday munosabatda bo’lishiga bog’liq bo’ladi. Hozirgi paytda mamlakatimiz 
raqamli iqtisodiyotga o’tish tomon ilk qadam tashladi, keyin ishlar qanday 
kechishini yaratilgan dastur va raqamli iqtisodiyotga o’tish kontseptsiyasi ko’p 
jihatdan aniqlab beradi. Kelajak nuqtai-nazaridan raqamli iqtisodiyotni qanday 
tasavvur qilish mumkin? Fikrimizcha, bu ob’ektiv jarayon bo’lib, uni to’xtatib 
turishga bizda imkon yo’q. Ammo har qanday rivojlanayotgan jarayon singari, 
unda ham ijobiy hamda salbiy tomonlar mavjud. Eng birinchi navbatda raqamli 
iqtisodiyotning 
rivojlanishi 
va qo’l mehnatining texnologiyalar bilan 
almashtirilishi hisobiga ish o’rinlari ancha miqdorga kamayadi. Ijobiy tomonlar esa 
qulaylikning vujudga kelishi, ishlab chiqarish unumdorligining oshishi, oldin 
hayolga ham kelmagan yangi imkoniyatlarning paydo bo’lishidir. Ammo asosiy 
muammo bunda ham emas, muammo inson bilan bog’liq – inson ham bunday 
global o’zgarishlarga tayyormi? Ilg’or texnologiyalar katta siyosiy g’alayonlar, 
to’qnashuvlar, misli ko’rilmagan tabaqalanishlar, millatchilik, tushunmovchiliklar 
va inqiloblarga olib kelmaydimi? Robotlar va sun’iy intellect tizimlari insonlar 
o’rnini egallab olib, ularning raqobatchilariga aylanmaydimi? Chunki raqamli 
transformatsiya insoniyat evolyutsiyasining yana bir bosqichidir. Agar tarixga 
nazar solsak, bunday o’zgarishlar ko’p martalab sodir bo’lgan. Yangi 
texnologiyalar hosil bo’lib, ular odatiy mutaxassisliklarning o’rnini egallaganlar. 
Ammo bularning natijasida insonlar ko’pchilik xollarda manfaat ko’rganlar holos. 
Moslasha olmaydiganlar uchungina bunday jarayonlar yomon bo’lib chiqqan, 
albatta. Lekin, ko’pchilik insonlar moslasha oladilar va buning natijasida insoniyat 


41 
hayoti yanada farovon va yanada yaxshi bo’lib botraveradi. 
Raqamli axborot bozori asosiy hususiyatlaridan biri – qaror qabul qilishdagi 
tezkorlik va osonlikdir. Salmoqli ishlab chiqarish bazasi bu yerda oxirgi o‘rinda 
turadi. Abadiy bo‘lib ko‘ringan va tarmoq bozorlarida juda katta ulushlarga ega 
bo‘lgan ulkan korporatsiyalarsanoqli yillar ichida umuman tarixga ega bo‘lmagan 
kompaniyalarga o‘rnini bo‘shatib beradi.Shunday qilib,«raqamli» modasi o‘tib 
ketishini poylab o‘tirish mumkin emas. Bu evolyusiyaning tabiiy va shafqatsiz 
bosqichi bo‘lib, unda o‘tgan asr qoidalari va ko‘lamlari bilan yashayotganlar qolib 
ketadi. Bu yerda ularni dinozavrlarga o‘xshatish juda o‘rinli bo‘lar edi. 
Infonomika – nisbatan yangi bir fan bo‘lib,axborot qiymatini iqtisodiy aktiv 
sifatida asoslab beradi. Ushbu uslubiyat mualliflarima’lumotlarni alohida fayllar 
bilan emas, balki kompleks ravishda baholashni tavsiya qiladilar va axborot 
qiymatining asosiy mezonlaridan biri sifatida ochiqlikdan foydalanishga chaqiradi 
– axborot olish qanchalik qiyin bo‘lsa, u shunchalik qimmat bo‘ladi. Bunda aloqa 
kanallarini baholash – axborot qiymati muayyan kommunikatsiya sektori 
doirasidagi foydasi, ta’sir darajasi, miqdori va manfaatdor tomonlar uchun 
ochiqligi bilan belgilanadi.Algoritmlarni monetizatsiya qilish –ularning iqtisodiy 
salohiyati aniqlanadigan jarayon. Baholash algoritmi esa – muayyan, universal 
tovar bo‘lib, turli bozorlar va tarmoqlarda qo‘llanishi mumkin.Axborot tovar 
sifatida ushbu bosqichda jarayonlar, texnologiyalar va algoritmlarni iqtisodiy 
asoslab berish uchun javobgar bo‘lgan markazlashtirilgan organga ega emas. 
Shunday qilib,axborot aktivlarini baholashda aniq me’yorlar mavjud emas. Lekin 
aynan u uddaburon va tadbirkor kompaniyalar va shaxslar oldida ulkan foyda 
olamini ochib beradi. Kim birinchi bo‘lsa – u istaganini oladi, undan keyingilar esa 
faqat qolgan narsalarni olishlari mumkin bo‘ladi (ya’ni, barcha narsa g’olibga 
tegadi).Biznes yuritishning eski sxemalarini yuz foiz anaxronizm deb hisoblash 
uzoqni ko‘ra bilmaslik bo‘lar edi. Tarmoqlar o‘rtasidagi chegaralar yo‘q 
bo‘lmoqda, yangi imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda, lekin har qanday tijorat 
munosabatlarining asosida doimo bitta oddiy istak – tovar yoki hizmat sotish yoki 
sotib olish istagi yotadi.Mavjud aktivlarni o‘zgargan o‘yin qoidalariga ongli 


42 
ravishda moslashtirish bunday vaziyatda yagona to‘g‘ri va, asosiysi, samarali 
yechim bo’lib hisoblanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan xolda raqamli 
iqtisodiyotjarayoni quyida ko’rsatilganlarni o‘zgartirishdir deyishimiz mumkin: 
biznes yuritish modellari va mavjud hizmatlar portfelini; 
mijozlar va hamkorlar bilan munosabatlarda xulq-atvor standartlarini; 
shaxsiy tarkibni o‘qitish va motivatsiya qilishga alohida e’tibor qaratgan 
holdagi korporativ madaniyatni; 
virtuallashtirish, ya’ni, bulut texnologiyalarni joriy qilgan holda IT-bo‘limlar 
javobgarlik darajasi va reglamentni; 
yangi texnologiyalar, muhitning dasturiy-apparat talablari, mijozlar va 
hamkorlarning manfaatlarini hisobga olgan holda kompaniya infratuzilmasini 
tashkil qilishni. 
Yuqorida ko‘rsatilganlar yana shunisi bilan diqqatga sazovorki, ko‘rsatilgan 
bandlardan istalgan birini yaxshilash maqsadidagi o‘zgarishlarjarayonga passiv 
aktivlarni chetda qoldirgan holda kompaniya biznes-modellariniva u bilan 
ishlaydigan elementlarni jalb qilish mumkin. Faqat shu yerda va hozir ishlash 
uchun kerak bo‘lgan sektorgina o‘zgaradi. Shunday qilib, raqamli iqtisodiyot 
o‘zgaruvchan jismoniy aktivlarga nisbatan mobil bo‘ladi. Yangi texnologiyalarni 
tufayli mavjud fondlar va mexanizmlarni buzmaslik kerak.O‘z vaqtida 
o‘tkaziladigan audit va ro‘y berayotgan xodisalarni yaxshi tushunish – to‘g‘ri 
yo‘nalishda harakat boshlash uchun yetarli bo’lgan stimullardir. 

Bunda iqtisodiy faoliyat asosiy e’tiborni raqamli iqtisodiyot platformalariga 


qaratadi.
 
Raqamli 
iqtisodiyot 
platformasi 
– iste’molchilar va ishlab 
chiqaruvchilarning ehtiyojlarini ta’minlaydigan, shuningdek, ular o‘rtasida 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro aloqa qilish imkoniyatlarini amalga oshiradigan servis va 
funksiyalar to‘plamiga ega bo‘lgan raqamli muhitdir (

Yüklə 5,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   414




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin