Xamkorlik asosida tashkil etiladigan internet- magazinlarmodelida (
Affiliate Model ) da tadbirkor yaxshigina trafikka ega
bo’lgan saytga ega bo’ladi va u front-ofis xizmatini bajarib, xamkor-
kompaniyaning elektron mini vitrinasi vazifasini amalga oshiradi. Bunda
internet-magazin o’z mahsulotlariga ham, omborlariga ham, yetkasib berish
hizmatlriga ham ega bo’lmaydi. Ko’pincha kichik internet-magazinlar
kattalari bilan hamkorlik dasturini tuzib, konversiya uchun pul oladilar,
ya’ni, hamkorlik saytidan kelganlarning haridlaridan foyda oladilar. Bunda
komission to’lov ko’pincha 5-15% atrofida bo’ladi. Bunday model yirik
onlayn-riteylerlarga ham oydali, chunki bu ularga umumiy daromadning 10-
15% ni keltirishi mukin.
Dropshipping modeli – mahsulotlarni sotuvchidan haridorga to’g’ridan-
to’g’ri yetkazib berishga asoslangan. Bu model o’z omborlariga ega
bo’lmagan internet magazinlar uchun juda qulaydir. Hozirgi paytga yirik
riteylerlar (
masalan, OZON ga o’xshash ) shaxsiy infratuzilma sifatida
o’zlarining yagona logistik tarmoqlarini, yetkazib berish markazlarini va o’z
to’lov tizimlarini ham yaratmoqdalar. Masalan,
eBay tizimi
PayPal to’lov
tizimiga ega,
Alibaba kompaniyasi esa
Alipay to’lov tizimi va
B2B, C2C hamda
B2C bozorlarida ishlash uchun mo’ljallangan servislarga ega.
Kompaniya uchun qandaydir biznes-modelni tanlaganda uning samaradorligini
chamalash kerak hamda sotuvlar ko’payishi bilan uning mashtablashtirish
imkoniyatlarini borligini nazarda tutish lozim.
11.2. Elektron tijoratdagi muvaffaqiyat omillari Elektron tijoratda muvaffaqiyatga erishishning asosiy omillari jumlasiga
quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
1.