408
narx xosil qilish modellari bilan yaqindan tanishib chiqish foydadan xoli
bo‘lmaydi.
4. Kuchli va salohiyotli komanda hamda sifatli insoniy kapital
– bu omilni
muvaffaqiyat nuqtai-nazaridan eng asosiy omillardan biri deb hisoblash ham
mumkin. Bu guruhga mansub konkret omillar sifatida kompaniya faoliyatini o’z
xayotining mazmuni deb biladigan g’oyaviy asoschilarni, kuchli menejmentni,
ishga berilgan yollanma ishchi-xizmatchilarni kiritish mumkin. Google
kompaniyasini ishga qabul qilish kontseptsiyasi ham ishtiyoqli, iqtidorli, ko’zi
yonib turgan va ishiga berilgan fanatlarnigina kompaniyaga ishga olishdir.
5. Kuchli motivatsiya tizimi va KPI (
Key Performance Indicators
)
– Ishchi-
xizmatchilar qanchalik ishga berilgan va kompaniyaga sodiq bo’lishiga qaramay,
ular uchun juda kuchli motivatsiya tizimi ishlab chiqilgan bo’lishi lozim. Ayniqsa,
bu zakazlar yetkazib berish tezligini ta’minlab beradigan personalga tegishlidir.
Motivatsiya tizimini
KPI
ga, ya’ni, kompaniyaning boshqaruv samaradorligi eng
ko’p bog’liq bo’lgan xodimlarning ko’rsatgichlari bilan hamda ish haqlari kattaligi
bilan bog’lab qo’yish zarur.
Dostları ilə paylaş: