Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Analitik bo’limning tajribali va kuchli bo’lishi



Yüklə 5,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə291/414
tarix20.11.2023
ölçüsü5,77 Mb.
#163352
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   414
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

11. Analitik bo’limning tajribali va kuchli bo’lishi
– hech qanday kompaniya 
analitiklarsiz, bozor haqidagi ma’lumotlarni yig’masdan, qayta ishlamasdan va 
tahlil qilmasdan, mijozlarni o’rganmasdan va natijalarni har tomonlama tahlil 
qilmasdan muvaffaqiyatli ravishda ishlay olmaydi. Shuning uchun ham har bir 
katta kompaniya o’zining analitik bo’limiga ega, kichik kompaniyalar esa 
bunday ma‘lumotlarni kimlardandir oladilar va o’z kuchlari bilan ularni tahlil 
qiladilar. Statistika usullarini qo’llash foydalanuvchilar oqimi ko’payishi yoki 
kamayoshi hmda buning sabablarini o’rganishga imkon beradi. Ma‘lumotlarni 
yig’ish va tahlil qilishga mo’ljallangan servislar qatorida 
Spylog, Rambler, 
WebTrends.com, Omniture.com
larni kiritishimiz mumkin. Ommabop 
statistika servislariga esa 
Yandex.Metrika, Google Analitics, LiveInternet
va 
Rambler Top100
lar misol bo’la oladi. 
Kompaniyaning muvaffaqiyatga erishish omillarini tahlil qilish bo’yicha juda 
yaxshi bir misol 
Groupon
kompaniyasining tarixi va uning unikal biznes-
modelidir. 2008 yilda bozorga chiqqan bu kompaniyaning asosiy kontseptsiyasi 
foydalanuvchilarga chegirma kuponlarini taklif qilish bo’lgan. Atigi 18 oy ichida 
kompaniya bir necha yuz shtatga ega bo’lgan katta kompaniyaga aylandi va 2009 


411 
yilda AQSH ning 30 shtatida o’z filiallarini ochdi. Kompaniya asoschisi Endryu 
Meysonning aytishicha (
Cennet F.Groupon. Bizning qanday harid qilishimizni 
o’zgartirib yuborgan biznes-model. M.: Al’pina Publisher, 2013
), 
Groupon
kompaniyasining muvaffaqiyati quyidagilarga asoslangan ekan: 

Insonlarni baxtli qilish va ularni qoyil qoldirish; 

Qilingan ishlar bilan hech qachon qoniqmaslik; 

Zerikarli bo‘lmaslik; 

Mijozlarga eng yuqori darajada xizmat ko’rstish. 
Bu loyihaning mohiyati yangiligi nimada bo’lgan? Istalgan inson bu resurs 
yordamida qandaydir yangi tadbirni boshlashi mumkin. Masalan, biror bir 
investitsiyon loyihani boshlash va unga mablag‘ yig’ish uchun quyidagi prinstip 
tanlandi deylik: „
G’oyani amalga oshirish uchun yetarli bo’lgan ishtirokchilar 
yig’ilmaguncha, ularning schetlaridan pullar olinmaydi
“, yoki tadbirkorlarga 
bunday ko’rinishda murojaat qilinadi: „
Agar biq sizga yuzta mijoz topsak, siz bizga 
50% chegirma qilib bera olasizmi?
“ Bunday yondoshuv iste’molchlar uchun 
moliyaviy foyda olish va tadbirkorlar uchun kutilgan natijalarga erishish borasida 
faol aloqa o’rnatishga imkon beradi. Bunday kontseptsiya tadbirkorlar orasida 
tarqatilib, mahsulot va hizmatlarga ma’lum darajadagi chegirma berish evaziga 
ularga kafolatlangan sondagi mijozlar topib berilgan. Haqiqatan ham har kuni 
tadbirkorlardan sotilmagan tovarlar, tez orada muddati o’tib buzilib ketadigan 
oziq-ovqat mahsulotlari, turli xildagi tadbirlarga biletlar ortib qoladi. Tadbirkorlar 
esa zarar ko’rmaslik uchun kerakli sondagi mijozlar topilgan taqdirda, o’z tovar va 
xizmatlariga yaxshigina chegirmalar berishga ham rozi bo’ladilar.
Groupon
kompaniyasi tadbirkorlarga xuddi shu muammolarni hal qilish uchun yordam 
bergan va katta muvaffaqiyatga erishgan. 2010 yilning kuzida Google bu 
kompaniyani $5,75 milliard dollarga sotib oldi. 

Yüklə 5,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   414




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin