411
yilda AQSH ning 30 shtatida o’z filiallarini ochdi. Kompaniya asoschisi Endryu
Meysonning aytishicha (
Cennet F.Groupon. Bizning qanday harid qilishimizni
o’zgartirib yuborgan biznes-model. M.: Al’pina Publisher, 2013
),
Groupon
kompaniyasining muvaffaqiyati quyidagilarga asoslangan ekan:
Insonlarni baxtli qilish va ularni qoyil qoldirish;
Qilingan ishlar bilan hech qachon qoniqmaslik;
Zerikarli bo‘lmaslik;
Mijozlarga eng yuqori darajada xizmat ko’rstish.
Bu loyihaning mohiyati yangiligi nimada bo’lgan? Istalgan inson bu resurs
yordamida qandaydir yangi tadbirni boshlashi mumkin. Masalan, biror bir
investitsiyon loyihani boshlash va unga mablag‘ yig’ish uchun quyidagi prinstip
tanlandi deylik: „
G’oyani amalga oshirish uchun yetarli bo’lgan ishtirokchilar
yig’ilmaguncha, ularning schetlaridan pullar olinmaydi
“, yoki tadbirkorlarga
bunday ko’rinishda murojaat qilinadi: „
Agar biq sizga yuzta mijoz topsak, siz bizga
50% chegirma qilib bera olasizmi?
“ Bunday yondoshuv iste’molchlar uchun
moliyaviy foyda olish va tadbirkorlar uchun kutilgan natijalarga erishish borasida
faol aloqa o’rnatishga imkon beradi. Bunday kontseptsiya tadbirkorlar orasida
tarqatilib, mahsulot va hizmatlarga ma’lum darajadagi chegirma berish evaziga
ularga kafolatlangan sondagi mijozlar topib berilgan. Haqiqatan ham har kuni
tadbirkorlardan sotilmagan tovarlar, tez orada muddati o’tib buzilib ketadigan
oziq-ovqat mahsulotlari, turli xildagi tadbirlarga biletlar ortib qoladi. Tadbirkorlar
esa zarar ko’rmaslik uchun kerakli sondagi mijozlar topilgan taqdirda, o’z tovar va
xizmatlariga yaxshigina chegirmalar berishga ham rozi bo’ladilar.
Groupon
kompaniyasi tadbirkorlarga xuddi shu muammolarni hal qilish uchun yordam
bergan va katta muvaffaqiyatga erishgan. 2010 yilning kuzida Google bu
kompaniyani $5,75 milliard dollarga sotib oldi.
Dostları ilə paylaş: