Coursea va
Udacity deb nomlangan
MOOC (
massive open online courses ) lar bilan xamkorlik qiladilar. Masalan,
Google kompaniyasi o’zining 80
ming xizmatchilarini
Udacity ta’lim platformasining
HTML5 kurslariga yozdirdi.
Bozorning
B2B segmentida elektron kurslar yaratishga
Oracle, IBM, Prometey, Websoft va
Amplua-Broker kabi kompaniyalar taklif qilmoqdalar.
Korporativ ta’limda ham zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan keng
miqyosda foydalanilmoqda, shu jumladan,
soial networks, m-learning (mobile- learning), e-coaching, korporativa blog, korporativa onlayn kutubxonalar (wikis ).
Forrester Research ma’lumotlariga ko’ra, bir qancha xorijiy firmalar o’z
xodimlarining malakalarini oshrish uchun video o’yinlar ham yaratmoqdalar
(
Johnson&Johnson, Volvo, Hilton Hotels ). O’zbekistonda ham onlayn ta’limni
rivojlantirish juda ham muhim yo’nalishlardan biri hisoblanadi, chunki bu
birinchidan, o’qishga jalb etilganlar sonini ancha ko‘paytirishga imkon bersa,
ikkinchidan, oliy ta’lim muassasalari uchun katta daromad manbai bo’lishi
mumkin.
Komp’yuter o‘yinlari Endi raqamli kontentlar bozorining komp‘yuter o’yinlari segmentini ko’rib
chiqamiz. Deyarli barcha ijtimoiy saytlar va messenjerlar foydalanuvchilarga turli
xil o’yinlar taklif qiladilar va bu o’yinlarning ichiga reklamalarni joylashtirib foyda
olishga harakat qiladilar. O’yin portallariga
Microsoft MSN Games, Zone.com, Station.com (Sony), Real Arcade (RealNetworks va Elektronic Arts), Wargaming, Entertainment Software Assosiation larni kiritish mumkin. Bu segmentdagi
monetizatsya modellari